Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • 0:3
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • 0:0
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8843 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2945 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zidanning hayot yo‘liga nazar: og‘ir o‘tgan bolalik, tamakilar va ota-onasining tasodifiy uchrashuvi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Afsonaviy Zinedin Zidan bugun 50 yoshga to‘ldi. Zizu “Real”ga emas aynan “Barselona”ga o‘tishga yaqin kelgani haqida eshitganmisiz, yoki uning Fransiyadagi eng “kriminal” hududda katta bo‘lgani-yu, ota-onasi tasodifiy uchrashuv sabab Marsel shahrida yashab qolganini bilasizmi? Keling, uning qiyin o‘tgan bolaligi va buyuk faoliyatiga nazar tashlaymiz.

1953 yilning qishida 17 yoshli cho‘pon Ismoil Zidan o‘zining vatani Jazoirni tark etib, yaxshiroq hayot izlab, Fransiyaga jo‘nadi. Bu vaqtga kelib, uning mamlakati 1954 yilning noyabr oyida boshlanadigan urush yoqasida edi: jazoirliklar fransuz armiyasi bilan mustaqillik uchun kurashni boshladilar.

Ismoil Parij chekkasidagi kichik qishloqdan qo‘nim topdi va qurilish maydonchasiga ishga kirdi – u yerda tunab qoldi, chunki uning doimiy yashash joyi yo‘q edi. Vaqtinchalik boshpana yupqa materiallardan qurilar, shuning uchun u tez-tez muzlab turardi. Bu holat Ismoil va uning uchta do‘sti Sen-Denidagi kichkina kvartirani ijaraga olguncha davom etdi.

Jazoirdagi urush tugagach, Zidan vataniga qaytishga qaror qildi. Kema Marseldan jo‘nab ketishi kerak edi, shuning uchun u Parijning chekkasidan Fransiyaning janubiga yo‘l oldi. Ammo Ismoil bortga chiqa olmadi. U odamlar orasida Malika ismli bir qizni uchratdi va Marselda qolishga qaror qildi. Ko‘p o‘tmay ular turmush qurishdi va 1963 yilda ularning birinchi farzandi – Majid, keyinchalik esa Farid, Nordin, Lila va Zinedin Yazid dunyoga keldi.

Bolalik yillari

Oila to‘rt xonali uyda yashadi va ularning ijara haqini to‘lashiga davlat yordam berdi. Oshxonalari shu qadar tor ediki, u butun Zidan oilasini sig‘dira olmasdi. Oila navbatma-navbat ovqatlanishi kerak edi. Ismoil oilasini boqish uchun ikkita ishda ishlagan: kunduzi supermarketda ta’minot bo‘limi boshlig‘i, kechasi esa yuk tashish bilan shug‘ullanardi. U har doim o‘g‘illariga muhojirlar ko‘proq ishlashlari kerakligini, shuningdek, Oilani sharmanda qilmaslik uchun hamma narsani qilishlarini ta’kidlardi.

Malika uy yumushlari bilan shug‘ullanib, bolalarga g‘amxo‘rlik qildi, ularni bezorilar to‘dasiga qo‘shilib qolishdan ogohlantirishga harakat qildi. Ko‘chada xavf katta edi: Zidanlar yashaydigan hudud Marseldagi eng notinch hudud bo‘lgan. Kastelyanda asosan muhojirlar va kambag‘al fransuzlar yashagan, shuning uchun yangi qurilgan oq-qora panelli uylar ko‘p bo‘lishiga qaramay, hudud yomon obro‘ga ega edi. U yerda jinoiy to‘qnashuvlar shunchalik tez-tez sodir bo‘lardiki, mahalliy aholi derazalar ostidagi otishmalarga o‘rganib qolgan va giyohvand moddalar biznesi gullab-yashnardi. Jinoiy to‘dalar tobora ko‘proq o‘smirlarni o‘z domiga tortdi.

O‘sha kunlarni: “Men notinch hududda yashadim, lekin asosiysi qayerda emas, kim bilan yashashingizdir. 20 nafar do‘stim orasida ichuvchi yoki chekuvchilar yo‘q edi. Axir, sizning oilangiz va do‘stlaringiz ishonadigan qadriyatlar hayotda ahmoqona ishlarni qilish yoki qilmasligingizni aniqlab beradi”, – deya eslaydi kichik Zidan.

Do‘stlari to‘siqlar bilan o‘ralgan bog‘larda o‘sgan olxo‘ri o‘g‘irlaganida Zinedin qo‘riqchining birdan paydo bo‘lib qolmasligini nazorat qilib turardi. Kastelyanda o‘tgan butun bolaligida u faqat bir marta bezorilik qilgan. O‘shanda u onasiga onalar kuni uchun sovg‘a bermoqchi bo‘lib, ochiq holda turgan derazalardan biridan gul idishini o‘g‘irlagan.

Zizu ko‘p vaqtini ko‘chada – Zidanlar uyi derazalaridan yaqqol ko‘rinib turadigan Tartan maydonida o‘tkazdi. “Men maktabdan keldim, o‘zim bilan kraker, bir parcha shokolad oldim va futbol o‘ynashga ketdim. Bizning guruhimiz 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar yigitdan iborat edi va biz ko‘rgan eng g‘ayrioddiy fintlarimizni takrorlashga harakat qilganmiz. Biz musobaqaga o‘xshash narsani tashkil qildik, bu harakatlarning barchasini xato qilmagunimizcha takrorladik. Mening butun vaqtim va e’tiborim ko‘chaga singib ketdi”, – deydi Zizu.

Yazid futboldan tashqari dzyudo bilan ham shug‘ullangan, velosiped va skeytbordda uchgan. Ammo u eng muhimi to‘p bilan band edi: bo‘lajak yulduz bo‘sh vaqtining ko‘p qismini Tartanda o‘tkazdi. Aynan o‘sha yerda futbolga mehr qo‘ygan 11 yoshli bolakayni yarim havaskor “Sen-Anri” klubi skautlari payqab qolishdi. Ikki yil o‘tgach, Yazid tashabbuskor biznesmen Robert Santeneroga tegishli bo‘lgan “Setem le-Vallon” jamoasiga qabul qilindi.

Bu vaqtga kelib Zizuga irsiy qon kasalligi – talassemiya tashxisi qo‘yilgan edi. U bilan organizmda yetarli bo‘lmagan miqdorda gemoglobin hosil bo‘ladi. Uning vazifasi kislorodni ushlab turishdan iborat bo‘lgan oqsil bo‘lib, gemoglobinning past darajasi bilan kislorod yetishmasligi kuzatiladi, buning natijasida odam tez charchaydi va o‘zini letargik holatda his qiladi. Bu Zinedinga xalaqit berdi, lekin u kasallik bilan kurashishga harakat qildi, doim yerta yotdi va dam olishga ko‘proq vaqt ajratdi.

14 yoshida Zizu Fransiya futbol federasiyasi shafeligida o‘tgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashdi, u yerda mintaqaning eng yaxshi o‘smirlari yig‘ildi. Murabbiylar uch kun davomida yosh iqtidorlarni kuzatib, 30 nafar eng yaxshi bolalarni tanlab oldi. Yig‘ilganlardan atigi 18 nafari akademiyaga taklifnoma oldi. Ular orasida Zidan yo‘q edi. Biroq, “Kann” klubi skauti yigitchada qolganlar ko‘ra olmagan narsani payqadi.

“Kann” yillari

Zizuga “Kann”ga o‘tishni taklif qilishdi. Ismoilga maktab-internati yo‘qligiga qaramay, o‘g‘liga yaxshi sharoitlar yaratib berilishi va doimiy nazorat qilinishi va’da qilingan hamda yosh futbolchiga ma’lum muddat boshpana berishga rozi bo‘lgan oila ham topib berishgan. Jan-Klod va Nikol Elinolar o‘g‘lini endigina armiyaga jo‘natgan edi, shuning uchun ular Zinedinni mamnuniyat bilan qabul qilishdi.

Yazid kamtarin va uyatchan o‘smir edi. U diskotekaga bormasdi, do‘stlari bilan yig‘ilib, spirtli ichimlik ichmasdi, faqat mashg‘ulotlarga va kasbiy rivojlanishiga e’tibor qaratardi. “Kann”dagi dastlabki kunlarning birida murabbiylar shtabi yig‘ilgan futbolchilarning shaxsiyatini sinab ko‘rishga qaror qildi. Anketa 240 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning javoblari har bir o‘smirning portretini chizishga yordam berdi. Zizuning natijalari shuni ko‘rsatdiki, u motivasiyaga boy, shuningdek, o‘zini past baholaydigan va xudbinlikdan butunlay mahrum ekani oydinlashdi. Uning uchun shaxsiy manfaatlar birinchi o‘rinda emas edi.

Zidanda motivasiya borligiga qaramay, murabbiylar uni yanada rag‘batlantirishga harakat qilishdi. Ular Zinedinga agar keyingi o‘yinda gol ursa, “Kann”dagi eng yaxshi kiyim do‘koniga borishiga va o‘ziga yoqqan libosni tanlashiga ruxsat berishni va’da qilishgan.

“Ular menga yoqimli taklif berishdi, lekin bu motivasiya usuli menga biroz g‘alati tuyuldi. Keyinchalik, 1991 yilda “Kann” prezidenti Alen Pedretti gol uchun mashina va’da qildi va buni amalga oshirdi”, – degan edi Zizu.

Ammo murabbiylarda Zidanning maydondagi qo‘polligiga qarshi kurashish jarayoni qiyin kechdi. Marselda yozilmagan qoida bor edi: “agar o‘zingni kaltaklashga yo‘l qo‘ysang, sen erkak emassan”. Garchi Zizu ko‘cha janglarida qatnashmagan bo‘lsa-da, u bu munosabatni o‘rgandi va uni maydonga ko‘chirdi: himoyachilarning qo‘polliklariga tajovuzkorlik bilan javob berdi. Bir marta u qattiq zarba uchun uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan va har o‘yindan so‘ng kiyinish xonasi pollarini yuvgan.

“Marsel” yillari

Mabodo Zidan o‘z faoliyatidan afsuslansa ham, buning sababi vatani “Marsel”da o‘ynamaganidan bo‘lardi. Zizu bolaligidan bu klubga intilardi, shuning uchun u, ayniqsa, bir kun kelib, “Olimpik” tarkibida “Velodrom” maydoniga kirish imkoniyatini kutib yashadi. Bir paytlar u o‘z orzusini amalga oshirishga yaqin qolgandi: “Marsel” va “Kann” rahbarlari Alen Boksichni Zidanga almashtirishga kelishib olishdi. Shuningdek, “Marsel” klubi “Kann”ning asosiy iqtidori hisoblangan Zizuni sotib olish uchun ustuvor huquqqa ham ega bo‘ldi.

Boksich ko‘chib o‘tdi, ammo oxir-oqibat ijara bekor qilindi: xorvatiyalik futbolchi Fransiya ligasida ilk mavsumini o‘tkazayotganidan xabar topgach, “Lion” bunga norozilik bildirdi. Bu holatda uning ijara asosida biron joyga ko‘chib o‘tishga haqqi yo‘q edi. Shu sababli Zidan bo‘yicha kelishuv ham buzildi. Klub xo‘jayini Zizuni juda sust va jamoaga mos kelmasligini iddao qildi. “Kann” “Monako”ga iqtidorli yarim himoyachini taklif qilmoqchi bo‘ldi, biroq u yerdan rad javobi keldi. O‘sha vaqtlar klub murabbiyi bo‘lgan Arsen Venger Zidanning o‘yinidan qoyil qolmagan edi.

Natijada, Zizu “Bordo”ga yo‘l oldi.

“Barselona”ga o‘tish ehtimoli

Kann rahbariyati Zidanni taklif qilganlar jamoalar orasida “Barselona” ham bor edi. Bu Zizuni o‘ziga tortgan ikkinchi klub bo‘lgan. U yaqinda Ispaniyada “Barsa” safida o‘ynash istagi bo‘lganini tan oldi. O‘shanda klubni Yoxan Kroyf boshqargan va dastlab Zizu unda yaxshi taassurot qoldirmadi hamda sokin va uyatchandek tuyuldi.

“Ispaniyada har bir futbolchi o‘ynashni hohlaydigan ikkita jamoa bor: “Barselona” va “Real”. Bu ikki jamoadan men “Barselona”ni afzal ko‘rardim. Turmush o‘rtog‘imning uyida doim “Barsa” haqida ko‘p gaplar bo‘lardi, kichkinaligimda menga ikkita jamoa “Yuventus” va “Barselona” juda yoqardi”, – degan edi Zidan.

1996 yilda yangi jamoa yig‘ayotgan Kroyf Ispaniya radiosiga bergan intervyusida Zidan borasida o‘z fikrlarini bildirgan:

“Men shartnoma haqidagi so‘zlarim odatda hamma uchun yetarli ekanligidan faxrlanaman. Biz Zidan borasida “Bordo” bilan bog‘landik – futbolchini 3,1 million dollarga sotib olishimiz mumkin edi. Men yanvar-fevral oylarida futbolchilar bilan og‘zaki shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib borganman, chunki direktorlar kengashi kelishuv haqida bilib qolsa, u barcha gazetalarda e’lon qilinardi. Men Romario bilan kelishib oldim, Loran Blan va Zidan bilan shartnoma imzolashga umid qilgandim, shuning uchun hammasini ogohlantirdim: agar OAV buni bilib qolsa, biz shartnoma imzolamaymiz”.

Oxir-oqibat Kroyff rahbariyatga Zidanni sotib olish niyati haqida ma’lum qildi, ammo “Barselona” prezidenti Xosep Luis Nunyes bu fikrdan mamnun emasdi. O‘shanda Zidanni hech narsaga erishmagani, maydonda ham, ruhiy jihatdan ham beqarorligi va shartnoma uchun shunchalik ko‘p pul so‘rayotganliklari sabab transfer bekor qilindi. Kroyf Zizuda ajoyib iste’dodni ko‘rib, xaridni amalga oshirmoqchi edi, ammo o‘z kelajagi haqidagi noaniqlik uni futbolchi uchun kurashishga to‘sqinlik qildi.

“Men Zidan va Aaron Vinter bilan yana bog‘lanib, ularga biz bilan bog‘lanib qolmasliklarini aytishim kerak edi, chunki “Barselona” meni ishdan bo‘shatmasligiga ishonchim komil emasdi”, – degan edi Yoxan Kroyf.

Shunga qaramay, u mavsum tugashiga ikki tur qolganda ishdan bo‘shatildi. Nunyes Kroyfni sovrinlar yo‘qligi va o‘rtamiyona transferlar uchun ayblab, uning direktorlar kengashidagi obro‘siga putur yetkazish uchun butun boshli kampaniyani boshlab yubordi. Gollandiyalik afsona jamoadan ketdi, “Barsa” rahbariyati shunga qaramay, uning navbatdagi “o‘rtacha transferlar”dagi kelishuvlaridan foydalanib, Blan va Luis Enrikeni sotib oldi.

Kroyff ketganidan so‘ng, darhol futbolchiga qo‘ng‘iroq qildi va unga kelishuv bekor qilinganini tushuntirdi. Shunda Zidan unga tashakkur aytdi va suhbat yakunlandi.

Zidan oxir-oqibat “Yuventus”ga yo‘l oldi, ikki yildan so‘ng Fransiya jahon chempionatidagi g‘alabani baland ovozda nishonladi. Parij ko‘chalari “Zidan, Prezident!” degan hayqiriqlarga g‘arq bo‘ldi va uning ulkan suratiga “Merci, Zizu”, deb yozib qo‘yishdi. U milliy qahramon va dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ha, faoliyatining turli bosqichlarida sekin, beqaror, umidsiz va juda qimmat hisoblangan o‘sha Zidan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.

Tamakilar

Zizuning zaif tomonlaridan biri bu uning tamaki chekishidir. Aytishlaricha, u doim ham chekmagan, ammo jurnalistlar uni terma jamoada tamaki bilan “tutib olishgan”. Eng mashhur voqea 2006 yilgi Jahon chempionatida sodir bo‘lgan. Zidan so‘nggi turnirda chekishga qarshi kampaniyaning yuzi bo‘lgan, shuning uchun uning zavq bilan tamaki chekayotgan surati matbuotda shov-shuvga sabab bo‘lgan. Surat Yevropa gazetalarining muqovalarida tarqalib ketdi. Angliya, Italiya, Germaniya – hamma joyda Zidanning chekishi muhokama qilindi. Ammo katta summalar evaziga “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tayotganida, u poytaxtning asosiy ommaviy axborot vositalari egalari bilan o‘z roziligisiz shaxsiy hayotiga tegishli biron bir fotosurat matbuotda nashr etilishi mumkin emasligi haqida shartnoma imzoladi. Qiziq jarayon-a?!

O‘shandan buyon ko‘p vaqt o‘tdi, hozir Zidan 50 yoshga to‘ldt. Endi u ajoyib murabbiy va o‘z kelajagini o‘zi hal qiladi. “PSJ” variant allaqachon yo‘q bo‘ldi (rahbariyat umuman boshqa murabbiyni tanlaganini tasdiqladi), Zizu esa hali ham muhokamada. Uning o‘zi Fransiya terma jamoasi yoki APL klublarida ishlashni xohlaydi. Unga “Bavariya”, “Yuventus” kabi jamoalar qiziqish bildiradi.

Asosiysi, u qaytishga tayyor. “Futbol – bu menga yoqadigan eng asosiy narsa. Bu mening ishtiyoqim. Unga berishim kerak bo‘lgan narsalar hali juda ko‘p”, – dedi Zinedin intervyularining birida.

Zidanning murabbiy va futbolchi sifatida erishgan yutuqlari haqida haftalab gapirish mumkin. Biroq shunisi aniqki, u barchasiga o‘zining ulkan mehnati, shaxsiyati va ota-onasining o‘gitlari tufayli erishdi. Eslab ko‘ring, qaysi futbolchi Jahon chempionati finalida raqib futbolchisiga “kalla qo‘ygani” uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etayotganida oltin kubok yonidan mag‘rur o‘tib keta oladi. To‘g‘ri aytasiz, Zizudan boshqasi bunga qodir emas!

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 17:37, 23.06.2022. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.