Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Maradona mening hayotimni barbod qildi”. Jahon chempionatidagi eng shov-shuvli gol ishtirokchilari taqdiri qanday kechgan?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

36 yil oldin butun dunyo Maradonaning qo‘l bilan urgan antiqa, shuningdek, raqibning barcha futbolchisini dog‘da qoldirib kiritgan “asr goli”ga guvoh bo‘ldi.

Argentina 1986 yildan beri jahon chempionligini qo‘lga kiritmagan. Turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan Diyego Maradona esa o‘sha yilgi Jahon chempionatida porladi. Uning inglizlar bilan nimchorak finaldagi o‘yini esa haligacha butun dunyo yodida saqlanib qolgan.

Argentinaliklar birorta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramasdan chorak finalga yo‘l oldi. Bo‘lajak jahon chempionlari guruh bosqichida Janubiy Koreya va Bolgariyani mag‘lub etdi, shuningdek, italiyaliklar bilan durang natija qayd etdi. Pley-offning birinchi bosqichida ular Urugvayni minimal hisobda mag‘lub etishdi. Sardorlik bog‘ichida o‘ynagan Maradona dastlabki to‘rtta o‘yinda atigi bitta gol urgandi.

Ammo angliyaliklar musobaqani qiyinchilik bilan boshlagan – ular Portugaliyaga mag‘lub bo‘lishdi va Marokash bilan murosaga ko‘chasini tanladi. So‘nggi turda Bobbi Robson shogirdlari Gari Linekerning xet-triki (barcha gollarni birinchi bo‘limda urgan) evaziga polshaliklarni mag‘lub etishdi. Hujumchi bu bilan to‘xtab qolmay, Paragvayga qarshi kechgan 1/8 finalda (3:0) ikkita gol urdi.

22 iyun kuni Angliya va Argentina terma jamoalari Mexiko shahridagi “Asteka” stadioni maydoniga saf tortdi. Qanchalik arzimas tuyulmasin, lekin o‘yin unchalik muhim emasdi. Bu Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasidagi Folklend urushidan to‘rt yil o‘tgach sodir bo‘lgan va mana shu voqelik asosiy xususiyatga ega edi. Maradona jangovar ruh bilan maydonga chiqdi va faoliyatidagi eng yaxshi uchrashuvlardan birini o‘tkazdi. Birinchi bo‘lim golsiz o‘tdi, tanaffusdan so‘ng Diyego ingliz darvozaboni Piter Shiltonni ikki bor dog‘da qoldirdi. Birinchi gol haqli ravishda Jahon chempionati tarixidagi eng shov-shuvli gollardan biri hisoblanadi.

Xorxe Valdano va Stiv Xoj o‘rtasidagi dueldan so‘ng, to‘p angliyalik futbolchining oyog‘iga tegib, jarima maydoni markaziga yo‘naldi. Maradona va Shilton to‘p uchun kurashdi. Argentinaliklar sardori darvozabondan ustun keldi va hisobni ochdi. To‘g‘ri, 10-raqam egasi buni qoidaga zid ravishda amalga oshirib, to‘pni mushti bilan darvozaga yo‘lladi. Bosh hakam Ali Bin Nosir butun dunyoni hayratda qoldirib, qoidabuzarlikni sezmay golni hisobladi. Hatto inglizlarning jiddiy e’tirozlari ham ularga yordam bermadi.

Argentina terma jamoasi futbolchilari dastlab hakam golni hisobga olishiga ishonmagan, shu bois jamoadoshini tabriklashga shoshilmagan. “Inglizlar sarosimaga tushib qolishdi. Jamoadoshlarimga meni quchoqlashlarini aytdim, aks holda hakam fikrini o‘zgartirardi. Kimdir inglizlarni talon-taroj qilyapmizmi, dedi. Men esa o‘g‘rini o‘margan odam to‘liq kechirimga ishonishi mumkin, deb javob berdim”, – deya ushbu voqeani eslagan Maradona.

Biroz vaqt o‘tgach, Diyego “asr goli”, deb tan olingan asarni “yozdi”. U to‘p bilan maydonning yarmini bosib o‘tdi, yo‘lida uchragan har qaysi futbolchi, hatto darvozabonni ham aldab o‘tib, to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘lladi.

Keyinchalik ushbu vaziyatni Linekerning o‘zi: “Maradona – futbol dahosi. Ajoyib individual harakatlar”, – deya eslagan. Gari uchrashuv oxirida bitta gol kiritadi, ammo uning jamoasi mag‘lubiyatdan qutulib qola olmagan. Argentina chempionlik sari yana bir qadam tashlaydi, Angliya esa uyiga ketadi.

Uchrashuv ishtirokchilari shov-shuvli gol haqida qanday fikrda bo‘lgan?

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Diyego birinchi golni qisman “Xudoning qo‘li” bilan, qisman Maradonaning boshi bilan urganini aytadi. Ko‘p yillar o‘tgach, Diyego o‘z kitobida voqealarni shunday tasvirlaydi:

“Men inglizlarni talon-taroj qilgandek edim. Qanday qilib bunchalik balandga sakrab, yana yerga qaytib tushganimni bilmayman. Men golni nishonladim, hakamlarga hayron bo‘lib qaradim, chunki ular nimadandir gumon qilishlaridan qo‘rqardim. Yaxshiyamki, bu sodir bo‘lmadi. Men o‘zimni ahmoq qilib ko‘rsatdim – boshqa qiladigan ishim yo‘q edi. Bu gol britaniyaliklarning ko‘z yoshlari to‘kilishiga sabab bo‘ldi. Keyin britaniyalik jurnalistga bu toza gol bo‘lganini aytdim. Chunki hakam uni hisoblagan edi.

Angliyalik darvozabon Piter Shiltonning fikricha, Maradona butun dunyoni aldagani uchun uzr so‘rashi kerak edi:

“O‘yindan so‘ng Stiv Xoj Maradona bilan forma almashdi. Agar biz Diyegoning libosi Angliyaning kiyinish xonasida ekanligini bilganimizda, uni shunchaki bir necha bo‘laklarga bo‘lib tashlardik. Men uni ro‘molcha sifatida ham ishlatmagan bo‘lardim. Diyegoning birinchi maqsadi aniq – firibgarlik. U golni nishonlash uchun yugurib, ikki marta orqasiga qaradi va hakam golni bekor qilishini kutdi. Diyego nima qilganini bilardi. Uning xiyla-nayrangini ikki hakamdan boshqa hamma ko‘rdi. Ikkinchi gol ajoyib, ammo ishonchimiz komilki, birinchisi bo‘lmaganida bu amalga oshmasdi. Biz bir necha daqiqa oldingi shokdan hali qutulmagan edik.

Maradona hech qachon bu epizod uchun kechirim so‘ramagan, bu meni juda g‘azablantiradi. U aldaganini hech kimga aytmagan. Buning o‘rniga Diyego “Xudoning qo‘li” haqida gapirdi. Bu to‘g‘ri emas. Maradona ajoyib futbolchi, ammo shaxsiyati bilan hech kimga namuna bo‘la olmaydi. U nafaqat meni, balki butun jamoamizni aldadi. Ba’zilar uning mendan balandroq sakragani haqida gapiradi. Bu bema’nilik. U mendan baland sakramadi, u shunchaki firibgar. Bir necha yil o‘tgach, xuddi o‘sha tunislik hakam Diyegoni quchoqlagan tasvirlari paydo bo‘ldi. Qanday qilib, yana shu epizoddan keyin-a? Ammo, umid qilamanki, qo‘l to‘pi Maradona obro‘siga dog‘ tushirmaydi. U ajoyib futbolchi edi”.

Gari Linekerning fikricha, hakam Maradonaning ikkinchi golini ham hisoblamasligi kerak edi:

“Darvozabon Shilton Maradonani hech qachon kechirmaydi, men Piterni tushunaman. Diyego birinchi golni qo‘li bilan kiritgan bo‘lsa, ikkinchi gol oldidan futbolchimizga nisbatan qoida buzilishi kuzatildi. Hujjatli filmni tomosha qilib, bunga ishonchim yanada ortdi. Ma’lum bo‘lishicha, argentinaliklar ikki marta qoidani buzgan holda gol urishgan va mening golim g‘alaba goli bo‘lishi kerak edi. Har bir inson “Xudoning qo‘li”ni eslaydi, lekin ikkinchi to‘p haqida nima deyish mumkin? Bu past bo‘yli yigit bir nechta raqiblarni ko‘rmagandek maydonda aylanib chiqdi. Umrimda birinchi marta darvozamizga to‘p kiritgan futbolchini olqishlamoqchi bo‘ldim. Bu aql bovar qilmaydigan ish edi”.

O‘sha uchrashuv bosh hakami keyinchalik barcha aybni yon hakam – bolgariyalik Bogdan Dochevga ag‘dargan: “Agar lahzani qayta ko‘rib chiqsangiz, mening chiziqdagi yordamchim yaxshiroq holatda ekanini tushunasiz. O‘yin oldidan FIFA bizga aniq ko‘rsatma berdi. Agar laynsmen asosiy hakamdan yaxshiroq pozisiyaga ega bo‘lsa, uning qarori ustuvor bo‘lishi kerak. Yon hakam esa bayroqni ko‘tarmadi”, – degan edi Bin Nosir.

Dochev esa, albatta, bosh hakam aybdor, deb hisoblaydi: “O‘shanda FIFA yordamchilarga bosh hakamlar qarorlarini muhokama qilishga ruxsat bermagan. Agar tashkilot mana shunday muhim o‘yinga Yevropadan hakam tayinlaganida, Maradonaning goli bekor qilingan bo‘lardi. Diyego mening hayotimni buzdi. U ajoyib o‘yinchi, lekin yomon odam”, – dkydi Dochev.

Ushbu hakam argentinalikning fotosuratlaridan birining ostiga hatto: “Maradona – mening qabr qazuvchim”, deb yozib qo‘ygan.

Dochevaning rafiqasi esa bosh hakam va Maradonani hech qachon kechirmasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, Jahon chempionatidan keyin ularning hayoti barbod bo‘lgan, do‘stlari esa ular bilan salomlashishni ham to‘xtatgan.

Afsonaviy epizod ishtirokchilarining taqdiri qanday kechdi?

Maradona keyinchalik “Napoli” bilan bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritdi va yana ikki marta Jahon chempionatida ishtirok etdi. 1990 yilda Argentina to‘rt yil oldingi muvaffaqiyatni takrorlashdan bir qadam avval to‘xtadi va 1994 yilgi jahon chempionatida afsonaviy argentinalik guruhdagi ikkinchi o‘yindan so‘ng diskvalifikasiya qilindi. Doping tekshiruv uning qonida taqiqlangan dorilar mavjudligini ko‘rsatdi. Garchi Diyego terma jamoani 2010 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan bo‘lsa ham uning murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatsiz kechdi. O‘shanda Argentina chorak finalda “nemis mashinasi” tomonidan yo‘q qilindi. Maradona 2020 yilning noyabr oyida vafot etdi.

O‘sha uchrashuvning bosh hakami Ali Bin Nosir 1986 yilgi jahon chempionatidan so‘ng FIFA bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan barcha turnirlardan chetlashtirilgan edi. 2015 yilda Maradona shov-shuvli golni hisoblagan tunislik hakamning yoniga tashrif buyurdi. Diyego hakamga o‘z imzosi tushirilgan Argentina terma jamosi futbolkasini topshirdi va unga “Ali uchun, mening azaliy do‘stim”, – deya yozib berdi. Bin Nosir Maradonaga hakam, Diyego va Shiltonning afsonaviy o‘yin boshlanishidan oldin tushirilgan hoshiyali suratini sovg‘a qildi. Laynsmen Dochev esa shov-shuvli goldan so‘ng darhol faoliyatini yakunladi, 2017 yilda esa vafot etdi.

Angliya terma jamoasi darvozaboni Piter Shilton 1990 yilda uchinchi va oxirgi jahon chempionatiga yo‘l oldi. U terma jamoada yuzdan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi uni XX asrning eng yaxshi 10 nafar darvozaboni ro‘yxatiga kiritdi. Shilton rasmiy o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan (1390 ta rasmiy o‘yin). U bu natijaga 30 yillik faoliyati davomida erishgan. Piter Jahon chempionatlarining final bosqichidagi “quruq” o‘yinlar soni bo‘yicha fransiyalik Fabian Bartez bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi (10 ta “quruq” bahs). Shilton terma jamoadagi so‘nggi o‘yinini 40 yoshida o‘tkazgan, o‘shanda Angliya 1990 yilgi JCH bronza medali uchun o‘tgan bellashuvda Italiyaga mag‘lub bo‘lgan (1:2).

Shilton 2013 yilda mast holda mashina haydagani uchun qo‘lga olingan. U 20 oyga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilingan va 1000 funt sterlingdan ko‘proq jarimaga tortilgan. Bir necha yildan so‘ng Piter hatto qimor o‘yinlariga qaramlikni yengib o‘tganini tan oldi.

Diyego Maradonaning shaxsiy hayoti uning maydondagi harakatlari kabi go‘zal bo‘lmagan. Biroq, butun dunyo uning Angliya bilan o‘yinda kiritgan ikki golini yodda saqlab kelmoqda. O‘sha musobaqa to‘purari bo‘lgan Gari Lineker esa Maradonani qanchalik alqamasin, o‘tgan yillar davomida alamzada holatda yashab keladi. Garchi maydonda g‘aroyib o‘yin sodir bo‘lganiga qaramasdan, uchrashuv Folklend orolining haqiqiy egasi kim ekanini isbotlagan. U Maradona edi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 22:00, 23.06.2022. O'qildi: 2827 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.