Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Al-Haydos, Al-Faraj, Ronaldu, Messi va Levandovski: JCH-2022ning barcha sardorlari (birinchi qism)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu yil bizni Qatardagi mundial kutib turibdi. Bu jahon chempionati odatdagilaridan farq qiladi. Boisi, oldin qish oyi hech qachon bu musobaqa o‘tkazilmagan. Biroq bu mavsum chempionat 21 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. O‘tgan haftada jahon chempionatining so‘nggi ishtirokchilari aniqlandi, Kosta-Rika Qatar chiptasini qo‘lga kiritgan so‘nggi terma jamoa bo‘ldi. Ayni paytda, 2022 yilgi jahon chempionatining barcha ishtirokchilarini ma’lum. Ammo, ko‘pchilik har bir jamoa sardorini bilmasligi mumkin. Ulardan biri 18 dekabr kuni jahon chempionati bosh sovrini boshi uzra ko‘taradi. Tasavvur qiling, o‘sha omadli futbolchi kim? Shu uchun bugun biz har bir terma jamoa sardorlari haqida batafsil to‘xtalmoqchimiz.

Qatar terma jamoasi sardori. Hasan Xolid Al-Haydos (“As-Sadd”)

Hasan faoliyati davomida bitta klub sharafini himoya qilgan. U sakkiz yoshidan “As-Sadd” akademiyasiga qabul qilingan va hozirgacha Doha klubi safida o‘ynaydi. Al-Haydos terma jamoada 17 yoshida debyut qilgan (hozirda 31 yoshda). Uning hisobida Qatar safidagi 158 uchrashuv va 34 gol bor. Mezbon jamoa JCH-2022da eng tajribali sardorlardan biriga ega.

Niderlandiya terma jamoasi sardori. Virjil van Deyk (“Liverpul”)

Tabiiyki, van Deyk yetakchi va sayyoramizning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lib, Gollandiya terma jamoasi sardori ham hisoblanadi. Virjil "Liverpul"da Xendersondan keyingi vise-sardor hisoblanishini ham unutmaslik kerak. Gollandiyaliklarga ko‘pincha jahon chempionatlarida omad kulib boqmaydi. Sababi “lolalar yurti” vakillari o‘zlari ishtirok etgan uchala finalda ham mag‘lub bo‘lgan. Balki Virjil van Deykka omad kulib boqar?!

Senegal terma jamoasi sardori. Kalidu Kulibali (“Napoli”)

Ehtimol, bu futbolchi jahon chempionatida “Napoli” nomidan qatnashmasligi mumkin?! Sababi, OAV xabariga ko‘ra, Kalidu katta ehtimol bilan Neapolni tark etishga qaror qilgan. Albatta, uning ketishi Italiya klubida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, Senegalning vise-sardorini ham esdan chiqarmaylik — Sadio Mane.

Ekvador terma jamoasi sardori. Enner Valensiya (“Fenerbaxche”)

32 yoshli hujumchi jahon chempionatlarining o‘ynash bo‘yicha katta tajribaga ega: 2014 yilda u 3 ta o‘yinda 3 ta gol urgan. Futbolchi Braziliyadagi Mundialda Shveysariya va Gonduras kiperlarini xafa qilishni uddalagan.

Angliya terma jamoasi sardori. Xarri Keyn (“Tottenxem”)

Xarri iyul oyida 29 yoshga to‘ladi. Ammo, u hali ham professional faoliyatida birorta sovrinni qo‘lga kiritmagan. Ehtimol, Keynning dastlabki sovrini JCH kubogi bo‘lar?! Nima deb o‘ylaysiz, Xarri bunga arziydimi?

Eron terma jamoasi sardori. Ehsan Hajsafi (AEK)

Hajsafi Eron terma jamoasi safida 114 ta o‘yin o‘tkazgan va Yevropada o‘ynash tajribasiga ega. U ikkinchi Bundesligada o‘ynagan, shuningdek bir qancha Gresiya klublari sharafini ham himoya qilgan. Qit’amizning eng yaxshi terma jamoasining ikkinchi sardori esa Serdar Azmun hisoblanadi.

AQSH terma jamoasi sardori. Kristian Pulishich (“Chelsi”)

AQSH terma jamoasining sardorlik bog‘ichini sentyabrda 24 yoshga to‘ladigan "Chelsi" vingeri Kristian Pulishich taqib yuradi. Hali yosh, ammo u yetarlicha tajribali futbolchi hisoblanadi: Kristian AQSH terma jamoasi safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan. Yaxshi statistika.

Uels sardori. Garet Beyl (hozircha klubsiz)

Uels terma jamoasi 64 yil ichida ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etadi. Qatar Mundialida ushbu jamoani Uels tarixidagi eng titulli futbolchi maydonga olib tushadi. Beyl "Real Madrid"ni tark etdi va hali yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagani yo‘q. Ammo, nima bo‘lganda ham biz Garetning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz.

Argentina sardori. Lionel Messi (“PSJ”)

Messi jahon chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi. Endi esa u oltin medalni qo‘lga kiritmoqchi. Leo uchun o‘zining buyuk futbolchilardan biri ekanligini amalda isbotlash uchun JCH bosh sovrini ham qo‘lga kiritishi talab etiladi. Bu u uchun so‘nggi imkoniyat ekanligi ham unutmaslik kerak. Ha, Messi futbolchi qo‘lga kiritish kerak bo‘lgan barcha musobaqada g‘alaba qozongan, ammo unda Mundial oltin medali yo‘q. 

Polsha sardori. Robert Levandovski (“Bavariya”)

"S" guruhidagi kuchli "sardorlar raqobati"ni kuzatishimiz mumkin: Messi va Levandovski. Ha, Leo hamkasbidan har jabhada ustun bo‘lishi mumkin, ammo so‘nggi bir necha mavsum davomida Robert undan kuchli o‘ynadi. Shuningdek, Polsha terma jamoasi sardorining “Oltin to‘pi”ni ham aynan Messi “o‘g‘irlaganini” unutmaslik kerak. Asosiy intriga Robertning jahon chempionati paytida qaysi klub vakili bo‘lishidir. Sababi, uning "Bavariya"da qolish ehtimoli juda past.

Meksika sardori. Andres Guardado (“Betis”)

Qatardagi jahon chempionati Meksika terma jamoasi safida 174 ta o‘yin o‘tkazgan Andres Guardado uchun beshinchi bo‘ladi. Katta ehtimol bilan bu “Betis” futbolchisi uchun so‘nggi Mundial. Vaqt o‘tmoqda.

Saudiya Arabistoni sardori. Salmon al-Faraj (“Al-Hilol”)

Al-Farajning butun faoliyati davomida “Al-Hilol” sharafini himoya qilib kelgan. U faqat bir marta, Rossiyadagi jahon chempionatida qatnashgan. Bungacha, u boshchiligidagi “sahro burgutlari” hech qachon bu kabi musobaqada qatnashmagan. U Rossiyadagi turnirning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarida almashtirilmasdan o‘ynadi va hatto Misr terma jamoasi darvozasiga gol ham urishni uddalagandi. 

Fransiya terma jamoasi sardori. Ugo Lyoris (“Tottenxem”)

To‘rt yil oldin Lyoris "Lujniki" stadionida kechgan JCH-2018 final uchrashuvida Xorvatiyani mag‘lubiyatga uchratib, Jahon kubogini boshi uzra ko‘targan edi. Endi esa buni Osiyo qit’asida yana bir bor takrorlashga harakat qilib ko‘radi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Ugo 11 yildan beri Fransiya terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Daniya sardori. Simon Kyer (“Milan”)

Simon muxlislar uchun haqiqiy qahramon. Yevro-2020 vaqtida, Kristian Eriksenni hayotini saqlab qolgani va uning oilasini tinchlantirgani uchun muxlislar uni juda ham yaxshi ko‘rishadi. Daniya terma jamoasi hozirda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Ehtimol, ular Qatarda ham o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilar?! Kuzatamiz.

Avstraliya sardori. Mettyu Rayan (“Real Sosyedad”)

Mettyu "Real Sosyedad"da Aleks Remiroga raqobatda mag‘lub bo‘ladi, lekin u “kengrular”ning haqiqiy yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Avstraliya Peruni mag‘lub etib, JCHning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi. Bu esa ularni naqadar irodali jamoa ekanligini isbotlaydi.

Tunis terma jamoasi sardori. Yusuf Msakni (“Al-Duhail”)

Msakni 2013 yildan buyon Qatar chempionatida o‘ynab keladi, shuning uchun 2022 yilgi jahon chempionatida u o‘zini uyidagidek his qilsa kerak.

Birinchi qism yakunlandi.

Kiritildi: 08:00, 24.06.2022. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик