Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kigan, Raul, Robben, Papin va boshqalar. Bundesliga klubi bilan shartnoma imzolagan yulduzlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mane “Bavariya”ga o‘tganidan so‘ng, Germaniyaning DW Sports portali o‘z obunachilari orasida Sadio Bundesliga klubiga qo‘shilgan eng katta yulduz futbolchimi yoki yo‘qligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. “Shalke” klubi futbolchilik faoliyati yakunida ushbu jamoa safida o‘ynagan Raul Gonsales variantini ilgari surgach, muhokamalar yakunladi.

Nemislar o‘z yulduzlarini mahalliy futbolchilardan ham, yoshligida shartnoma imzolangan iqtidorli xorijliklardan ham afzal ko‘radilar – Levandovski, Xoland va boshqalar. Jahon futboli yulduzlarining Germaniya klublariga transferi kamdan-kam uchraydi, shuning uchun Sadio Manening maqomi masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Senegallik vinger Bundesligaga yangi kelgan taniqli futbolchilar ro‘yxatida o‘zining munosib o‘rnini egallaydi, ammo birinchi bo‘lishi dargumon. Keling, ular bilan tanishamiz.

Kevin Kigan (Angliya)
Transfer: 1977 yilda “Liverpul”dan “Gamburg”ga

Kigan Germaniyaga hayotining eng yaxshi chog‘ida – 26 yoshida ko‘chib o‘tdi. Faoliyatidagi ushbu paytga qadar Kevin “Enfild”da besh mavsum o‘tkazdi va “Liverpul” uchun yuzga yaqin gol urdi. U “qizillar” bilan Angliyaning uch karra chempioni bo‘ldi, o‘z mamlakatida yilning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olindi va Germaniyaga ketish arafasida UEFA Chempionlar kubogini qo‘lga kiritdi. Bu qaror ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.

Gamburg Kigan uchun 500 ming funt to‘lagan va 1978-1979 yillarda ketma-ket ikki marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgan. Angliyalik hujumchi klubning Bundesliga va Germaniya kubogidagi g‘alabalariga ulkan hissa qo‘shdi, lekin uni Chempionlar kubogi g‘olibligiga qadar boshlab bora olmadi: “Gamburg” 1980 yilgi finalda Brayan Klofning “Nottingem” jamoasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi. “Dinozavrlar” Yevropa cho‘qqisini uch yil o‘tib, Kevin Kigansiz zabt etishdi.

Jan-Pyer Papin (Fransiya)
Transfer: 1994 yilda “Milan”dan “Bavariya”ga

Papin “Bavariya”ga o‘tganida 30 yoshda edi. Jan-Pyer “Marsel” va “Milan” bilan bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, 1994 yilgi Chempionlar ligasi finalida Kroyf murabbiyligidagi “Barselona” ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa unvonlaridan tashqari, Papin 1991 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi, ketma-ket besh yil davomida Fransiya chempionatining to‘purari bo‘ldi va uch marta yevrokubokda eng yaxshi strayker bo‘ldi.

Afsuski, Papin Myunxenda o‘zining yulduz maqomini oqlay olmadi. “Bavariya” safida o‘ynagan birinchi fransiyalik futbolchi faoliyati muvaffaqiyasizlikka uchradi. Jan-Pyer ikki mavsumda 40 ta o‘yin o‘tkazdi va ularda atigi 6 ta gol urdi, garchi yakunda u Myunxenga UEFA kubogini yutishda yordam bergan bo‘lsa-da, uning yorqin davrlari Italiya va Fransiya yashil maydonlarida qolib ketgan edi.

Aryen Robben (Gollandiya)
Transfer: 2009 yilda “Real Madrid”dan “Bavariya”ga

Frank Riberi “Bavariya”ga o‘tganda uni yulduz, deb hisoblash qiyin edi, Frank o‘z maqomiga Myunxenda ega bo‘lgan, ammo Aryen Robben Germaniyaga ko‘chib o‘tgunga qadar “Chelsi” va “Real”da o‘ynagan, uch mamlakat chempioni bo‘lgan, shuning uchun 25 yoshli gollandiyalikning transferi Bundesliga uchun katta voqelik bo‘ldi. Keyingi o‘n yil ichida Robben “Bavariya” va Germaniya chempionati afsonasiga aylandi, 21 ta sovrin, jumladan, 2012/13 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi kubogi qo‘lga kiritildi.

Rud van Nistelroy (Niderlandiya)
Transfer: 2010 yilda “Real Madrid”dan “Gamburg”ga

2009/10 yilgi mavsum o‘rtalarida yana bir gollandiyalik futbolchi Madriddan Germaniyaga yo‘l oldi. Van Nistelroy o‘n yil davomida “PSV”, “Manchester Yunayted” va “Real Madrid”da faoliyat olib bordi. U Gollandiya, Angliya va Ispaniyada chempion bo‘lib, uchta chempionat va Chempionlar ligasida to‘purar bo‘ldi. “Gamburg”da keksa golland u qadar yorqin o‘yin ko‘rsatmadi, lekin Rud bir yarim mavsumda 44 uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.

Raul Gonsales (Ispaniya)
Transfer: 2010 yilda “Real Madrid”dan “Shalke”ga

Nistelroy transferidan olti oy o‘tib, “Real Madrid” yana bir superyulduz va haqiqiy klub afsonasini Germaniyaga qo‘yib yubordi. Joze Mourinyo Madridni boshqarib, afsonaviy Raulga ochiqchasiga uni o‘z jamoasida ko‘rmayotganini aytdi. Gonsales 16 mavsum davomida “Real” tarkibida 360 gol urib, 3 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng, “Santyago Bernabeu”ni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘shanda Raul “Real Madrid” tarixidagi eng yaxshi to‘purar edi.

Ispaniyalik futbolchi faoliyatini Germaniyada davom ettirishga qaror qildi va muvaffaqiyasizlikka uchramadi, chunki u “Shalke”da ikki mavsum o‘tkazdi. Raul jamoa bilan Germaniya kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi, yangi jamoani Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetaklab bordi, har bir mavsumda 20 tadan ko‘proq gol urdi. U “MYU” sobiq murabbiyi Ralf Rangnik bilan ishlagan. Raul Bundesligaga faoliyati yakunlanayotgan bir paytda keldi, biroq u o‘zining yulduzlik maqomini to‘liq tasdiqladi.

Luka Toni (Italiya)
Transfer: 2007 yilda “Fiorentina”dan “Bavariya”ga

2006 yilda Luka Toni Germaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqdi, bir yildan so‘ng u Italiya g‘alaba qozongan mamlakatga ko‘chib o‘tdi va unga besh yillik shartnoma taklif qilgan “Bavariya”da o‘ynadi. Myunxenga ko‘chib o‘tish vaqtida Toni amaldagi Jahon chempioni bo‘lgan, Yevropa ichki chempionatilari to‘purari uchun beriladigan “Oltin butsa” ni qo‘lga kiritgan va eng yaxshi hujumchi hisoblangan edi. “Bavariya”dagi birinchi mavsumida Luka 39 ta gol urdi, ammo keyin Lui van Gal jamoa boshqaruviga keldi va italiyalik hujumchi o‘yin amaliyotida muammolarga duch keldi, bu esa uning Italiyaga muddatidan oldin qaytishiga sabab bo‘ldi.

Xabi Alonso (Ispaniya)
Transfer: 2014 yilda “Real Madrid”dan “Bavariya”ga

Xabi Alonso Bundesliga klubi tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra eng ko‘p maosh olgan futbolchi hisoblanadi – 7,5 million yevro. “Bavariya”ga o‘tish vaqtida yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi bilan bir marta Jahon chempionati, ikki marta Yevropa chempinati bosh soqrinini qo‘lga kiritgan, “Liverpul” va “Real Madrid” bilan Chempionlar ligasida zafar quchgan futbolchi edi. Bask futbolchisining transferi “Real Madrid”ning Toni Kroosni sotib olishga qarshi javob bo‘ldi. Madridliklar ikki yarim himoyachining yoshidagi farq tufayli strategik jihatdan g‘olib edi, ammo tajribali Xabi “Bavariya”da uch mavsumni ishonchli tarzda o‘tkazdi – 117 o‘yin, 9 gol, 5 sovrin.

Germaniya chempionatida jahon futboli yulduzlari istagancha topiladi, biroq Bundesliga jamoalariga yulduz futbolchilarning kelishi kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Aksariyat taniqli futbolchilar, o‘smirlik va yoshlik chog‘larida klublar bilan shartnoma imzolab, keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga yo‘l olishadi. Shuning uchun Sadio Mane transferi kutilmagan va shov-shuvli voqelik sifatida qayd etilmoqda. Har bir futbolchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va tanlagan yo‘li bor ekanini inobatga olsak, Mane ham o‘zining nimalarga qodir ekanini butun dunyoga isbotlashga qaror qilganini tushunib yetamiz.

Kiritildi: 13:32, 24.06.2022. O'qildi: 1798 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик