Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL tarixidagi goleador darvozabonlar. Ular kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolda, istalgan jamoada gol urish vazifasini hujumchilar bajaradi. Shunga qaramay, boshqa pozisiyada harakat qiladigan futbolchilarning ham tablodagi nomlariga ko‘p guvoh bo‘lamiz. Ammo darvozabonlarning gol urishi o‘ta kamyob hodisa sanaladi. Chunki maydonda kiperlar o‘z darvozalarining dahlsiz saqlanishiga mas’ul hisoblanishadi. Biroq, gol urish ham ularga nasib etishi mumkin. Nafaqat penaltidan, balki o‘yindan ham. Quyida APL tarixida gol urishga erishgan sanoqli darvozabonlar haqida so‘z boradi.

Piter Shmeyxel – 2001 yil, oktyabr

"Manchester Yunayted"ning barcha davrlardagi eng yaxshi darvozaboni sifatida qaraladigan posbon, APL davrining (1992 yildan keyin) ilk goliga mualliflik qilgan darvoza vakili edi. U "Aston Villa"ning "Everton"ga 3-2 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinida golga mualliflik qiladi. O‘sha payt katta Shmeyxel Birmingem klubi sharafini himoya qilgan.

Bred Fridel – 2004 yil, fevral

O‘zining 450 o‘yinini o‘tkazayotgan futbolchi, gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Uning jamoasi bo‘lmish "Blekbern" "Charlton" bilan bahs boylayotgan edi. U esa gol urib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shadi.

Pol Robinson – 2007 yil, mart

Robinson 2007 yilning mart oyida APLda gol urishga erishgan tarixdagi uchinchi darvozabonga aylanadi. Ammo uning golida o‘ziga xoslik bor edi. Chunki Robinson o‘z golini jarima zarbasidan kiritadi. O‘shanda "Tottenxem" "Uotford"ga qarshi harakat qilayotgan bo‘lgan. Pol esa hozir ham o‘z goli bilan ko‘p eslanadi.

Tim Xovard – 2012 yil, yanvar

Xovard APL tarixiga ko‘pgina harakatlari sabab kira olgan. Ammo ulardan biri o‘ta ajoyib edi. Sobiq AQSH terma jamoasi a’zosi "Everton"ning "Bolton"ga qarshi bahsida uzoq masofadan gol urishga erishadi. Bunda shamol harakati katta ahamiyatga ega edi.

Asmir Begovich – 2013 yil, noyabr

Begovichning goli Angliya Premyer-ligasida darvozabonlar tomonidan kiritilgan eng chiroyli gol sifatida tan olingan. U "Stok Siti" tarkibida "Sautgempton" darvozasini ishg‘ol etadi. Begovichning goli futbol tarixida eng uzoq masofadan urilgan gol sifatida Ginnesning Rekordlar kitobidan ham joy olgan. Yana bir narsa, ushbu gol o‘yin boshlanganidan atigi 13 soniya o‘tib, kiritilgandi.

Alisson Beker – 2021 yil, may

APL tarixida darvozabon urgan golning so‘ngisi 2021 yilning mayiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda "Vest Brom" bilan durang qayd etilayotgan bo‘ladi. Bu esa "Liverpul"ning YECHL yo‘llanmasini olishini xavf ostiga qo‘yardi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Klopp shogirdlari burchak to‘pi tepadi. Beker ham raqib jarima maydonchasi ichiga kelgandi. Uzatilgan to‘p uchun Allison eng baland sakraydi va to‘pni darvoza tomon aniq yo‘llaydi. Aynan mana shu gol orqali g‘alabaga erishgan "Liverpul", keyinchalik YECHL yo‘llanmasi masalasini ijobiy hal qilgandi.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:41, 24.06.2022. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик