Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real"ga mos vunderkind. Leyva Vinisiusdan iqtidorliroq-mi?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir necha kun oldin “Barselona”ning yangi haridi hisoblanmish, Pablo Torrening o‘yin uslubi, ustun jihatlari va Xavi ishonishi mumkin bo‘lganligi haqida yozgandim. Tahlil yakunida yana bir ism haqida gap boshlangan va u yigitcha katta ehtimol bilan “Real”da paydo bo‘lishi haqida aytgandim. To‘g‘ri hali Alvaro Leyva “qirollik klubi”da emas. Ammo biz bilgan “Galaktikos” o‘ziga bu darajada mos tushadigan futbolchini beetibor qoldirmasa kerak. Keling, quyida Alvaro Leyva ismli vunderkindning o‘yin uslubi va nima sababdan “Real”ga mos kelishi haqida gaplashamiz.

Alvaro Leyva (2004, “Algeciras”)

Alvaro Leyva - 17 yoshli ispaniyalik vinger, u o‘zining bolalikdan klubi "Algesiras"da RFEF Primerasining 2-guruhida o‘ynaydi. U o‘tgan mavsumda 16 yoshida debyut qilgan va o‘shandan beri u 27 o‘yin o‘tkazib, 3 gol urgan.

U 2022 yil boshida Ispaniya U-19 terma jamoasida debyut qilgan va yaqinda Ispaniya U-19 jamoasiga chaqirilgan va u yerda Pablo Torre bilan bir tarkibda maydonga tushgan.

Leyva odatda “Algeciras”ning 4-4-2 chap qanot yarim himoyasida o‘ynaydi, lekin hujumchining o‘ng tomoni yoki ortida ham o‘ynashi mumkin, bu uni turli taktikalarga moslasha oladigan futbolchiga aylantiradi.

Pablo Torre singari, Leyva ham 1,73 metrli jussaga ega, bu uni juda kichik prototip qanot hujumchisiga aylantiradi. Tabiiyki, o‘ng oyoqli, u ajoyib darajada tezlashuv, chaqqonlik va tezlikka ega, bu unga kichik va katta maydonlarda o‘yinchilarni osongina o‘tib ketishiga imkon beradi.

Uning tezligidan tashqari, Leyva yakkama-yakka kurashda raqibni dog‘da qoldirish uchun juda ko‘p qobiliyat va mahoratga ega va bu uning eng yaxshi xususiyati hamda uni boshqa yosh vingerlardan ajratib turadigan jihatidir.

Leyva eng ko‘p driblingga urinish (90 daqiqada o‘rtacha 9,01) va muvaffaqiyatli (90 daqiqaga o‘rtacha 4,96) vingerlar qatoriga kiradi. Uning driblingdagi muvaffaqiyati 55,03% o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori va shuncha ko‘p dribling qilishga uringan vinger uchun juda yaxshi. Uning to‘pni olib yurish qobiliyati ligadagi eng yaxshi progressiv yugurish ko‘rsatkichlaridan biriga ega bo‘lishiga olib keladi – 90 daqiqada o‘rtacha 3,31.

U to‘pni qabul qilishi bilanoq o‘girilib, juda tez dribling qilishga harakat qiladi. U driblinglarni yoqtiradi, u shunchaki bo‘sh joylarga yugurib, raqiblarini osonlik bilan ortda qoldiradi.

Leyva darvoza chizig‘iga juda oson etib boradi va u yerdan to‘pni yaxshi vaziyatdagi sheriklariga ko‘p yetkazadi. U buni deyarli avtomatik tarzda amalga oshiradi, shuning uchun ham jamoadoshlari uni tushunishlari ko‘p narsani hal qiladi. Ayni paytda u jamoasida munosib assistentlik qilmoqda, ammo zarbali uzatmalarda (90 daqiqaga o‘rtacha 0,43) yoki asosiy paslarda (90 daqiqaga o‘rtacha 0,21) ajralib turmaydi.

U tashqaridan dribling qilish va to‘pni ortdan uzatish o‘rniga chapdan jarima maydonchasiga yetkazganda, u paslar orqali o‘ynash uchun qandaydir sifat va qarashni namoyish etadi va bunda 90 daqiqaga o‘rtacha 0,85 uzatma bilan ajralib turadi.

Biroq, Leyvaning to‘p uzatishi, ayniqsa, driblingdan so‘ng to‘pni tez uzatganida, statistikalar unchalik yaxshi emas. Uning aniqlik ko‘rsatkichi 65,45 foizini tashkil qiladi. U kombinasiyalarda faol ishtirok eta olmaydi va ko‘pincha uzatmalariga aniqlik yetishmaydi.

Mayda to‘p uzatishning aniqligi yomon bo‘lmasa-da, Leyva misolida, agar u to‘pni uzatishdan oldin biroz sekinlasha olsa va har doim ham juda yuqori tezlikda o‘ynamasa, u sezilarli darajada oshadi. 17 yoshli vingerning juda tez o‘ynashi odatiy hol, shuning uchun vaqt o‘tishi bilan u tabiiy ravishda yaxshilanishi kerak.

O‘zi gol urish bo‘yicha Leyva juda yaxshi. U 90 daqiqada o‘rtacha 0,14 dan 0,15 ta gol uradi, bu yaxshi, ammo ajoyib emas. Uning zarba tanlashi ham, tugatish texnikasi ham yaxshilanishi kerak. U uzoqdan juda ko‘p spekulyativ zarbalarni yo‘llaydi. Bu zarbalar asosan noaniq yoki bloklangan (uning zarbalarining atigi 30% aniq chiqqan).

Leyva juda mehnatkash futbolchi sifatida ajralib turadi. Bunday yoshligida u mudofaa vazifalarini bajarishda juda faol va ularda juda samarali. U 90 daqiqada o‘rtacha 7,62 ta himoyaviy duelda qatnashadi va ularning 60,84 foizida g‘alaba qozonadi.

Statistik jihatdan "Barselona" yoki "Real Madrid"ning Leyvaga o‘xshash o‘yinchilari Ez Abde (79%) va Garet Beyl (78%). Quyidagi radarlar uning Barselonadagi Ez Abde bilan taqqoslanganini ko‘rsatadi. Ko‘ryapmizki, ikkalasi ham juda yaxshi driblingchilar va himoyada juda qattiq mehnat qilishadi, lekin Abde to‘pni tez-tez oldinga olib chiqmasa ham, Leyvadan ko‘ra ko‘proq va yaxshiroq imkoniyatlar yaratadi.

Agar Torre "Barselona"ning klassik o‘yin uslubiga moslashgan bo‘lsa, Leyva "Real Madrid"ga ko‘proq mos tushadi. Uning dribling qobiliyati va tezligi "Real Madrid" kabi tez-tez qarshi hujumga o‘tadigan jamoada katta boylik bo‘lardi. Qaysidir ma’noda, Leyva bizga Vinisius Juniorni eslatadi, u hali ham imkoniyatlar yaratish va gol urishda biroz oqsaydi.

Leyva o‘z o‘yinini yanada kuchaytirish ehtimoli yuqori. Negaki hali 17 yoshda. O‘zining tezligi, iqtidori va driblingi bilan ajralib turadigan 17 yoshidagi futbolchi kamdan-kam uchraydi. U qayerga bormasin, u “Algeciras”ning tarixidagi eng qimmat transferiga aylanadi.

Xulosa

B jamoalari ikkinchi diviziongacha kattalar futbolini o‘ynay olgani uchun Ispaniyada ko‘p iqtidorlarga ega bo‘lsa ham, ba’zi klublar borki, ular iqtidorlarni ishlab chiqarishga qodir va ularni asosiy jamoada maydonga tushmaguncha saqlab qolishadi.

Ayni damda Torre va Leyva bunga yaqqol misol bo‘la oladi, biroq, masalan, “Deportivo” ham yulduz o‘yinchilarni yetishtirishda ajoyib ish olib bormoqda, ularning U-19 jamoasi o‘tgan mavsumda ligada g‘olib chiqdi va bu mavsumda ham UYEFA Yoshlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu futbolchilarning ko‘pchiligi allaqachon asosiy jamoada o‘ynagan va Ispaniyaning turli yoshlar terma jamoalarida o‘ynashgan.

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:02, 25.06.2022. O'qildi: 7462 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.