Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Salfetka”dagi taklif, 100 kunlik kuzatuv va Materatsining haqorati. Zidan o‘zi haqida bayonot berdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zinedin Zidan 50 yillik yubileyi arafasida omma oldida chiqish qildi va katta intervyu bilan muxlislarni xursand qildi. Zizu Fransiyaning L’Equipe nashriga “Real Madrid”dagi faoliyati, 2006 yilgi jahon chempionati va kelajak rejalari haqida gapirib berdi.

Qanday qilib u “Yuve”dan “Real”ga o‘tdi: Peresning salfetka taklifi va jurnalistlarning 100 kunlik kuzatuvi

Zidanning Madridga o‘tishi uning 29 yoshida faoliyatini yuqoriga ko‘tarishning bir usuli: “Menda boshqa tanlov yo‘q edi. Men 29 yoshga to‘lgan edim, allaqachon tajribam bor edi. Lekin men “Real”da o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan boy berayotganimni bilardim. Qaysidir paytlarda karyeramni yuksaltirish uchun menga bu sinov kerak edi”.

“Real Madrid” prezidenti uni qog‘oz salfetkaga yozilgan murojaat bilan klubga taklif qildi. “Florentino Peres hazil qilmaydigan odam. U bir ishni amalga oshirish uchun hamma narsa qiladi. Hatto bir hikoyam borki, men uni aytib, haligacha kulgudan o‘zimni to‘xtata olmayman. Biz u bilan Monakodagi katta stolda tantanali kechki ovqatga o‘tirdik. Menga mukofot puli olish taklif qilinganida Peres qo‘limga salfetka tutqazdi. Uning ichida “Real Madrid”da o‘ynashni xohlaysizmi?”, deb yozilgan edi.

Men u yerda Florentinoga ijobiy javob berdim: “Ha”. Nega ingliz tilida yozganimga hali ham hayronman. Hammasi shunday boshlandi”.

Dastlabki bir necha oy davomida Zidanni ispan jurnalistlari tinimsiz kuzatib borishdi: “2001 yilda Madridga kelganimda matbuot vakillari va odamlar 100 kun meni kuzatishdi. Keyin jurnalistlar tinch qo‘yishdi, chunki men ularga keraksiz edim. Ular mening kamtarona hayotimni ko‘rdilar, unda hech qanday istisno yo‘q edi”.

Hozir Zizu Madridni unutmaydi va ba’zida jamoaning uy uchrashuvlariga tashrif buyuradi: “Klub bilan hali ham munosabatim bor. Madridda bo‘lganimda “Santyago Bernabeu”ga boraman. Farzandlarim va do‘stlarim ham bundan zavqlanishadi. “Stad de Frans”da “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida ham ishtirok etganman.

JCH-2006: Ispaniyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan va Materassi bilan yuz bergan buyuk voqeadan faxrlanmaydi

Zizu 2006 yilgi jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi 1/8 finalda olgan jarohati haqida ilk bor ma’lum qildi:

“Ispaniyaga qarshi o‘yin oxirida – uchinchi golni urganimda jarohat oldim. Bu haqda deyarli hech kim bilmas edi. Tekshiruvga bordim – uning natijasiga ko‘ra, Braziliyaga qarshi o‘ynay olmasligimni aytishdi. Men esa: “Nima? Men bu o‘yinda o‘ynamasligim mumkin emas”, – dedim. Tibbiyot xodimlari meni davolash uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishdi. Har bir o‘yin men uchun oxirgisi bo‘lishi mumkin edi, ammo Braziliyaga qarshi o‘ynamaslikning iloji yo‘q edi”.

Materassi bilan bo‘lgan ajoyib sahna ham yodimga tushdi: “O‘sha kuni onam juda charchagan edi. Opam bilan bir necha marta telefonda gaplashdim va onamning ahvoli yaxshi emasligini bilardim. Bu jiddiy tuyulmadi, lekin u hali ham tashvishga solardi.

O‘shanda Materasi onamni tilga olmadi. U tez-tez ularni haqorat qilmaganini aytdi va bu haqiqatan edi. Ammo u o‘sha paytda onamning yonida bo‘lgan – opam Lila haqida gapirdi. Bu meni g‘azablantirdi. Men bu harakat bilan faxrlanmayman, lekin u tarjimayi holimning bir qismidir. O‘shanda men ruhiy jihatdan kuchsizroq edim”.

Chempionlar ligasida ketma-ket uch karra g‘oliblik tasodif emas, mehmonxonaning beshinchi qavati – g‘alabalar ramzi

Zidan Chempionlar ligasidagi ketma-ket uchta g‘alaba haqida so‘zlashdan o‘zini tiya olmadi – u “Real” bilan 2016, 2017 va 2018 yillarda chempion bo‘lgan.

“Bosh murabbiy etib tayinlanganimdan so‘ng, Chempionlar ligasida bunchalik tez g‘alaba qozonganimiz meni ajablantirmadi, chunki men nimadir qilsam, buni faqat g‘alaba qozonish uchun qilaman. Men g‘alaba qozonish uchun yashayman. Men buni har doim ham qila olmayman, lekin doimo bu maqsadni amalga oshirishga urinib ko‘raman.

Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish hech qachon omadga bog‘liq bo‘lmaydi. Ayniqsa, ketma-ket uch marta bo‘lsa. Bu qiyin ish. Uyda bo‘lganimda ham miyam stadionda qolib, keyingi mashg‘ulotlar haqida o‘ylardi”.

Zizuni ikki marta – 2017 va 2020 yilda Ispaniya chempionatida murabbiy sifatida g‘alaba qozondi. Fransiyalik mutaxassis bu sovrinlarni juda qadrlaydi: “Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish – fantastika, ammo butun mavsumdan keyin eng qiyin va eng yaxshi jihat bu La Liga kubogini qo‘lga kiritish”.

Zidan uchun ko‘plab g‘alabalar ramzi – beshinchi raqam

“Agar bir kuni kimdir mening hayotimda 5 raqamining o‘rni haqida so‘rasa, bilib olstnkt, ushbu raqamda aql bovar qilmaydigan narsalar bor. Misol uchun, men “Real Madrid” bilan birga besh marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganman: birida futbolchi (2002), yana birida Karlo Anchelottining yordamchisi (2014 yilda) va uch marta bosh murabbiy sifatida (2016, 2017 va 2018 yil). Agar mehmonxonalarning beshinchi qavatida tunab qolsam, albatta, 99 foiz o‘yinda g‘alaba qozonaman”.

Kelajakdagi rejalari: Fransiya terma jamoasini boshqarishni xohlaydi, “PSJ” variantni rad etmaydi

Zidan hali ham terma jamoa bilan ishlash imkoniyatini kutmoqda: “Men murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchiman. Umid qilamanki, bir kun kelib Fransiya terma jamoasiga murabbiy bo‘laman. Qachon? Bu menga bog‘liq emas. Lekin terma jamoa bilan to‘liq sikl ishlamoqchiman. Men terma jamoada o‘ynaganman va bu men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi voqea!

Bu sodir bo‘lishi kerak, lekin qanchalik tez sodir bo‘lishini bilmayman. Endi o‘z maqsadlariga ega bo‘lgan jamoa bor. Ammo imkoniyat tug‘ilsa, men tayyorman. Qachondir ulkan loyoihalarni boshqarishim mumkin. Masalan, klub prezidenti yoki menejeri bo‘lish fikri ham yo‘q emas”.

Ammo Zidan “PSJ” variantini ham inkor etmaydi – jamoada hech bo‘lmaganda ona tilida gaplashiladi, bu Zizu uchun juda muhim.

“Hech qachon hech qachon, demang. Ayniqsa siz murabbiy bo‘lganingizda. Futbolchi bo‘lganimda menda tanlov bor edi – deyarli har qanday klubga o‘tishim mumkin edi. Murabbiy sifatida ishlashim mumkin bo‘lgan 50 ta jamoa ro‘yxati yo‘q. Ikki yoki uchta variant mavjud. Agar klubga kelsam, bu faqat g‘alabalar uchun bo‘ladi. Men buni butun kamtarlik bilan aytaman. Shu bois har qanday klubga bora olmayman.

Meni cheklab turuvchi omillar bor. Masalan, til. Ba’zi shartlar vaziyatni murakkablashtiradi. Kimdir menga: “Manchesterga borishni xohlaysanmi?”, – deydi. Men ingliz tilini tushunaman, lekin uni mukammal bilmayman. Til bilmasdan klublar bilan ishlayotgan murabbiylar borligini bilaman. Lekin mening uslubim boshqacha.

G‘alaba qozonish uchun siz juda jamoaga har jihatdan mos bo‘lishingiz kerak. Bu global kontekst. Shaxsan men buning uchun nima kerakligini bilaman”, – dedi Zidan.

Bolaligi qiyinchilik, og‘ir sinovlar bilan o‘tgan va jinoyatchi to‘dalar havfi ostida yashagan o‘rtahol oila farzandi bo‘lmish Zinedin Zidan dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida gavdalanmoqda. Uning o‘tmishi buyuk voqeliklarga qanchalik boy bo‘lsa, kelajakda ham, albatta, o‘z so‘zini aytishga tayyor ekani aniq. Uning keyingi manzili qayer bo‘lar ekan, kuzatamiz...

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 15:16, 25.06.2022. O'qildi: 3818 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик