Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muxlislar “ko‘zlari to‘rt” bo‘lib kutayotgan transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropaning top-ligalarida yozgi transfer oynasi ochildi. Uch hafta oldin ingliz klublari shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, 1 iyuldan esa Germaniya, Italiya, Ispaniya va Fransiya qo‘shilishdi. Biz intiqlik bilan kutayotgan katta tranferlar haqida eslatish vaqti keldi.

Neymar, “PSJ” →?

Ushbu ro‘yxatdagi eng yorqin yulduzlardan biri. Neymar avvaliga o‘zining komfort zonasini tark etishni istamadi, biroq so‘nggi xabarlarga qaraganda, u fikrini o‘zgartirdi. "PSJ" katta maosh va motivasiya bilan bog‘liq muammolarga ega braziliyalikdan qutulmoqchi. Bundan tashqari, 30 yoshli hujumchining klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan munosabatlari yomonlashgan.

Neymarning tanlov imkoniyatlari juda ko‘p:

Hozirdanoq “Yuventus” bilan muzokaralar olib borilmoqda. Massimiliano Allegri Neymar bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda;

"Barselona" Neymarni 50 million yevroga qaytarishni taklif qildi;

"Chelsi" braziliyalik futbolchini Lukaku o‘rniga olib kelmoqchi. Tomas Tuxel o‘tish tarafdori, ammo braziliyalik maoshini kamaytirishga majbur bo‘ladi;

“Milan” o‘z brendini jonlantirish uchun Neymar bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo “PSJ” braziliyalikning maoshining bir qismini to‘lashini kutmoqda;

Krishtianu Ronaldu ketsa, "Manchester Yunayted" Neymarni taklif qilishi mumkin;

Neymar hech qachon “PSJ”ni tark etishga bunchalik yaqin bo‘lmagan, degan fikr bor. Voqealar qanday rivojlanadi ekan sabrsizlik bilan kutamiz.

Robert Levandovski, "Bavariya" → "Barselona"

Bu yerda hamma narsa aniqroq. Levandovskining yangi klubi "Barselona" bo‘lishi kerak, ammo hozircha muzokaralar yaxshi ketayotgani yo‘q. Robert "Bavariya"ni tark etish istagida yondamoqda va Kataloniyaga borishni istamoqda. Asosiy muammo - "Barselona"ning moliyaviy ahvoli.

Klub Levandovskining transferi uchun pul izlashga shoshilmoqda va hujumchidan sabr-toqatli bo‘lishini so‘ramoqda. "Bavariya" esa 33 yoshli hujumchi uchun shartnomasi kelasi yozda tugasa-da, 60 million yevro talab qilmoqda. OAVning so‘nggi xabarlariga ko‘ra, Myunxen klubi "Barsa" sport direktori Mateu Alemanining qo‘ng‘iroqlariga e’tibor bermayapti.

Muzokaralardagi qiyinchiliklar va "Barsa"ning pul bilan bog‘liq muammolariga qaramay, Levandovski "Bavariya"ni tark etish uchun hamma narsani qilyapti. Transfer muqarrarmi nima deb o‘ylaysiz?

Pol Pogba, "Manchester Yunayted" → "Yuventus"

Uning shartnoma muddati tugadi "Manchester Yunayted"ni tark etdi. Nufuzli jurnalistlar bir ovozdan 29 yoshli yarim himoyachi Turin klubi bilan kelishuv shartlarini kelishib olgani va hatto Krishtianu Ronaldu ijaraga olgan uyga joylashib olganini bir ovozdan ta’kidlashdi.

Anxel Di Mariya, “PSJ” → “Yuventus”

Yana bir super yulduz erkin agent. Di Mariya “PSJ”da 7 yil o‘ynadi, ammo klub argentinalik futbolchi bilan shartnomani yangilash shart emas deb hisobladi. Ular 34 yoshli yarim himoyachi "Barselona"dan taklif kutayotgani, ammo hozir Kataloniyaga o‘tish haqida gap yo‘qligini yozishgan.

Ammo "Yuventus" haqida aniq ma’lumotlar bor. Di Mariya allaqachon Turin klubi bilan shartnoma bo‘yicha kelishib bo‘lgan va bir mavsum uchun 6 milliondan 7 million yevrogacha maosh oladi. Pogba bilan bo‘lgani kabi, kelishuv ortida Allegri turibdi. Ular kelasi hafta argentinalik futbolchining o‘tishini rasman e’lon qilishlari kerak.

Umuman olganda, bu yozni eski "Yuventus"ning qaytishi deb hisoblash mumkin. Bitta transfer oynasida ikkita yulduzni tekinga jamoaga qo‘shib olish, buni faqat Turin klubi amalga oshirishi mumkin.

Rafinya, “Lids” →?

Rafinyaga ham bir vaqtning o‘zida bir nechta klublar da’vogarlik qilmoqda. Avvalroq, "Liverpul" va "Bavariya" braziliyalik vingerni ta’qib qilishgan va qishda uning Myunxenga o‘tishi muqarrardek tuyulgandi.

Endi vaziyat boshqacha. "Barselona", "Chelsi" va "Arsenal" Rafinya uchun kurashmoqda. Muvaffaqiyatga eng yaqin jamoa bu Roman Abramovichning sobiq klubi. “Chelsi” “Lids”ning (70-75 million yevro) talablarini qanoatlantirmoqchi va braziliyalikning o‘zi bilan shartnoma bo‘yicha kelishib oldi. Lekin “Barsa” jim o‘tirmoqchi emas. Kataloniyaliklar bu ish bilan Dekuni bog‘lashdi va ispan OAVlari Rafinya “ko‘k-anorranglilar”ga qo‘shilish istagi borligini yozmoqda.

Frenki de Yong, “Barselona” → “Manchester Yunayted”

Bu yozning eng dramatik hikoyasi. Uch yil oldin de Yong “Barselona”ga o‘tib, orzusini amalga oshirdi. Endi esa klub undan qutulmoqchi. Va bu nafaqat o‘yin muammolari (Xavi boshqa yarim himoyachilarga tayanadi), balki pul muammosi tufayli.

"Barsa" zudlik bilan o‘yinchini sotishi kerak va tanlov Frenkiga tushdi. Va drama shundan iboratki, de Yongning o‘zi hech qayerga ketishni istamasligidadir. Ammo ko‘rinib turibdiki, oxiri shunday bo‘ladi.

De Yongning yangi jamoasi "Manchester Yunayted" bo‘lishi kerak. Klub "Barsa" bilan kelishuvga yaqin, transfer summasi esa 85 million yevroni tashkil qiladi.25 yoshli futbolchi ketishni istamasa-da, Frenki uchun bunday kelishuvning plyus tomonlari ham bor. Hech bo‘lmaganda u murabbiy Erik ten Xag bilan ishlay oladi, uning qo‘l ostida “Ayaks”da yaxshi futbol ko‘rsatgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" De Yongni yaqin kunlarda, 2 yoki 3 iyulda tanishtirmoqchi.

Paulo Dibala, "Yuventus" →?

Va yana bir erkin agent. Dibala "Yuventus"da yetti yil o‘ynadi va shartnomani yangilash haqida gap ketganda, klub uning talablarini qondirmoqchi emasligi ma’lum bo‘ldi. Shunday qilib, Paulo jamoasiz qoldi.

Dibalaga "Atletiko", "Tottenxem" va "Real" qiziqish bildirayotgan edi, ammo Paulo "Inter"ga o‘tmoqchi edi. iyun oyi o‘rtalarida argentinalik Milan klubi bilan to‘rt yillik shartnomaga kelishib olgani va bonuslar bilan birga mavsum uchun 8 million yevro olishi xabar qilingandi. Biroq, yaqinda boshqa ma’lumotlar paydo bo‘ldi: go‘yoki Dibala va "Inter" kelisha olishmayapti.

“Milan” chalkashlikdan unumli foydalanishi mumkin. Klub Dibalani hamshaharlaridan “o‘g‘irlamoqchi”, rahbariyat esa 28 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati yuqori deb hisoblamoqda. Yozning qaynoq kunlarida Yevropa futbolidagi qaynoq transferlarni kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 16:04, 02.07.2022. O'qildi: 9658 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик