Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Duel. Benzema Levandovskiga qarshi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 Hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchilari Karim Benzema va Robert Levandovski hisoblanadi. “Duel” loyihamizning bugungi sonida aynan o‘sha ikki futbolchini solishtirishga qaror qildik. Ho‘sh ikki futbolchidan qay biri ko‘proq ochko jamg‘arar ekan ko‘ramiz.

 Gol+pas

 Futbolning asosi goldan iboratligini hisobga olib birinchi bosqichni futbolchilar quvonchi bilan bog‘lashga qaror qildik. Hujumchi uchun eng asosiy ish gol kiritish. Karim Benzema 753 o‘yinda 53628 daqiqani maydonda o‘tkazgan. Shu vaqt ichida u 389 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, 186 golga assistentlik qilishga ulgurgan. Karim faoliyati davomida bor-yo‘g‘i 16 bor sariq kartochka bilan jazolangan va umuman maydondan chetlatilmagan.

 Polshalik hujumchi esa, 676 o‘yinda 55628 daqiqa vaqtni maydonda o‘tkazgan. Shu vaqtgacha Leva 676 o‘yinda 509 gol va 135 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan. Shuningdek, Leva 69ta sariq va 2 bor qizil kartochka bilan jazolanishga ham ulgurgan.

 Birinchi turdagi natijalar faqat klubdagi statistikadir. Terma jamoadagi o‘yinga esa alohida to‘xtalamiz. Karim Benzema o‘rtacha har 137 daqiqada bittadan gol uradi. Har 93 daqiqada esa bitta gol yarata olar ekan. Robert esa, har 109 daqiqada bitta gol uradi va har 86 daqiqada bitta gol yarata oladi. Ko‘rinib turiptiki, birinchi turda Leva raqibidan ustunroq kelgan holda 5 ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Karimga esa 3 ochko berishga majburmiz.

Sovrinlar

Ikkini turda nimani solishtirishmizni biladigan ishqibozlar bu safar Benzema 5 ochkoga ega chiqishini tahmin qilgan bo‘lsalar kerak. Karim Benzema faoliyati davomida 30 bor jamoaviy sovrinlar yutishga erishgan. Jumladan, 5 karra UYEFA Chempionlar ligasi va 4 karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligi bor. Shuningdek,  Karim 86ta individual sovrinlar egasi hisoblanadi.  Uning “Oltin to‘p”i hozircha yo‘q. Yarim yildan so‘ng bo‘lib qolsa ajab emas.

Levandovski esa faoliyati davomida 28ta jamoaviy sovrinlar yutgan. Shular orasida 1 marta Chempionlar ligasi g‘olibligi va 1 marta klublar mundiali chempionligi bor. Shuningdek, Robert 127ta individual sovrinlar yutgan. Ularning asosiy qismi Bundesligada oyning eng yaxshisi va yil ramziy jamoasiga kiritilganligidir.

Bundesliga va La Liga darajasi tufayli individual sovrinlar bu yerda katta rol o‘ynamaydi va jamoaviy sovrinlarning sifati borasida Karim raqibidan ustunroq. 5 karra Chempionlar ligasi g‘olibi bu turda mag‘lub bo‘lishi aslida mumkin emas edi. Levaga 3 ochko, Karimga esa 5.

Terma jamoadagi o‘yin

Karim Benzema Fransiya termasi safida 97 o‘yin o‘tkazib 37 gol va 20ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning termadagi debyuti 2007 yil 19 yoshligida amalga oshirilgan. Karimning natijalari bundan bir qancha yaxshi bo‘lishi mumkin edi. Ammo Valbuena bilan bo‘lgan muammodan keyin u bir muddat termadan haydalgan. Karim Fransiya bilan bitta sovrin yutgan. 2021 yildagi Millatlar ligasi chempionligi Benzema uchun termadagi yagona sovrindir.

Robert Levandovski esa Polsha libosida 132 o‘yinda ishtirok etib, 76 gol va 28 golli uzatmani amalga oshirgan. Uning termadagi debyuti 2008 yil 20 yoshida bo‘lgan. Polshaning tarkibi nisbatan kuchsizligi tufayli Robert hali birorta sovrinni yurti bilan birgalikda yutmagan.

Karim Benzema Fransiya libosida har 166 daqiqada gol urgan va  har 108 daqiqada golda ishtirok etgan.  Levandovski esa har 134 daqiqada 1ta gol va har 98 daqiqada golda ishtirok etgan. Bu safar polyak o‘z hisobiga 5 ochkoni qo‘shtirib qo‘ydi. Benzemada esa 3 ochko.

Transfer narxi

Benzema Levandovskidan deyarli 1 yoshga katta. Ammo Transfer narxi 30 million yevroga baholangan. Polshalikning narxi esa 45 million yevroga teng. Leva bu safar ham 5 ochko Karim esa 3 ochkoga loyiq ko‘rildi.

So‘nggi mavsumdagi o‘yin

Bu yo‘nalish bo‘yicha Karim istalgan futbolchidan ustun bo‘lsa kerak. 2021-2022 yilgi mavsum Benzema uchun eng yaxshilaridan bo‘ldi. Shu o‘rinda, biz uchun ham Benzema hammadan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Karim mavsum davomida 46 o‘yinda 44 gol kiritib 15 golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘rtacha 66 daqiqada 1 golda ishtirok etdi.

 Levandovski ham aslida zo‘r mavsum o‘tkazdi. Ammo Chempionlar ligasida u Karim singari jamoasini ortidan torta olmadi. Levaning statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u mavsum davomida 46 o‘yinda 50 gol iritib, 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Leva har 70 daqiqada bir golda ishtirok etgan.

Ko‘rinib turganidek, bu yo‘nalishda Karim har jabhada Levadan ustun keldi. Faqat undan 6ta kamroq gol urgan bo‘lishi mumkin. Ammo pas berishda ham Benzema o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Shu sabab u foydali ish koeffisiyentida ham ustunroq.

Umumiy natija

Agar faqat so‘nggi masumdagi o‘yinlar solishtirilganda Karim so‘zsiz g‘olib bo‘lar edi. O‘sha Levaning “Oltin to‘pi” berilmagan yili esa Robert hammadan ustunroq edi. Umumiy statistika esa Robertda 21 ochko, Karimda 19 ochko bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Robert haqiqatdan “gol mashinasi”. Balki, Benzema katta vaqt davomida Ronalduning soyasida qolgani sabab bugun imkoniyatni boy bergandir. Ammo uning o‘yiniga qoyil qolmay iloj yo‘q. Faoliyati davomida birorta qizil kartochka olmagani esa tahsinga sazavor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:53, 12.07.2022. O'qildi: 6067 marta. Fikrlar: 46 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.