Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tarkibda hamma uchun joy yetarli emas: mavsum oralig‘ida yana kimlar "Real"ni tark etishi mumkin?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Real Madrid" transfer bozorida unchalik faol emas. Yarim himoyachi Reyner, qanot himoyachisi Takefuso Kubo, himoyachi Alvaro Odriosola va hujumchi Borxa Mayoral "Qirollik klubi"ga ijaradan qaytishdi. Shu bilan birga, “qaymoqranglilar” “Monako”dan yarim himoyachi Aureliyen Tchuameni va himoyachi Antonio Ryudigerni 80 million yevroga sotib olishdi. Nemis Ispaniya chempioniga tekinga o‘tdi. "Blancos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti boshqa transferlar rejalashtirilmaganini aytdi.

Ayni vaqtda “Qirollik klubi”ni hujumchi Luka Yovich, vinger Garet Beyl, yarim himoyachi Isko va himoyachi Marselolar tark etishdi. Ularning hammasi tekinga ketishdi. Hatto 3 yil oldin "Real Madrid" "Ayntraxt"ga 63 million yevro to‘lagan serb ham. “Qaymoqranglilar”dan ketadigan transferlar ro‘yxati shu bilan tugamasligi ehtimoli katta. "Blankos"da hali ham ketishi mumkin bo‘lgan va ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar bor.

Andrey Lunin

Luninning "qirollik klubi"dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Uning o‘zi ham Tibo Kurtuaning o‘rniga maydonga tushish imkoniyati kamligini tushunadi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli darvozabon bor yo‘g‘i 4ta o‘yin o‘tkazdi. Qolaversa, La Ligada bu janglar “Real” uchun turnirlar nuqtai nazaridan muhim emas edi.

Anchelotti ukrainalikka keyingi mavsumda ko‘proq o‘ynashni va’da qilmoqda, ammo sog‘lom Kurtua bilan bu qanchalik ko‘p bo‘ladi? Shubhasiz, oddiyroq klubda Andrey asosiy darvozabonga aylanishi mumkin edi. Qolaversa, Yevropada unga qiziqish bor. Albatta, buni o‘yinchi hal qiladi, ammo "Real Madrid"da bo‘lsa-da, faoliyatidagi eng yaxshi yillarini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazish - shubhali istiqbol qaror.

Xesus Valyexo

2015 yilning yozida "Real"ga o‘tganidan beri Valyexo faoliyatining katta qismini ijarada o‘tkazdi. O‘tgan yozda Serxio Ramos va Rafael Varan ketganidan so‘ng himoyachi nihoyat "qirollik klubi"da imkoniyatlarga ega bo‘lib qolgandek edi. Lekin unday bo‘lmadi.

La Ligada beshta o‘yin va Chempionlar Ligasida jami 8 daqiqa - 25 yoshli markaziy himoyachi umid qilayotgan narsa emasligi aniq. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi yana 3 yilga mo‘ljallangan, ammo bunchalik uzoq muddat qolishdan foyda yo‘q. Antonio Ryudiger, David Alaba, Eder Militao va Nacho mavjud bo‘lsa, ispaniyalik kamdan-kam hollarda himoyada to‘rtinchi tanlov bo‘ladi.

Alvaro Odriosola

Odriosola so‘nggi paytlarda ijarada o‘ynayapti. Qolaversa, uning yaxshi variantlari bor edi - "Bavariya" va "Fiorentina". “Binafsharanglar” futbolchini sotib olishga tayyor edi, biroq u “Real”ga qaytishni xohlardi. Ispaniyalik futbolchining "qirollik klubi"da o‘ynash istagi tahsinga sazovor.

Asosiy o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasini Dani Karvaxal mustahkam egalladi. Ispaniyalik futbolchining sog‘lig‘ida muammolar bor, ammo bu holatda uning o‘rnini Lukas Vaskes egallashi mumkin. 26 yoshli himoyachi “qaymoqranglilar”ni tark etgani ma’qulroq bo‘lsa kerak. Qolaversa, unga o‘yin vaqtini berishga tayyor klublar ham bor.

Dani Sebalyos

Sebalyos ham xuddi Odriosola singari "Real"da o‘ynash istagida. “Qirollik klubi”da markaziy yarim himoyachi pozisiyasida Eduardo Kamavinga, Toni Kroos, Federiko Valverde va Luka Modrich o‘ynashi mumkin. Ispaniyalik o‘tgan mavsumda yaqqol ko‘zga tashlanayotgan to‘rt futbolchiga ham raqobatni boy bermoqda.

Yarim himoyachilar “Blankos”da ko‘payib bormoqda va Sebalos ketishga birinchi nomzod. Uning “Betis”ga qaytishi mumkinligi hozirda faol muhokama qilinmoqda. 25 yoshli ispaniyalik uchun bu yaxshi variant bo‘lardi. "Verdiblankos" Manuel Pellegrini qo‘l ostida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda va Yevropa musobaqalarida qatnashmoqda. Sebalyos o‘z klubiga qaytish haqida o‘ylashi kerak.

Reyner

Reynerda Isko ketganidan so‘ng "Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi vazifasini bajarish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi ikki yil davomida Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijara asosida o‘ynadi. Uning keyingi mavsumni “qirollik klubi” tarkibida o‘tkazishi dargumon.

"Qaymoqranglilar" 20 yoshli futbolchini sotmasliklari mumkin, ammo uni yana ijaraga yuborishlari mumkin. Futbolchiga "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Reyner 2020 yilning qishida "Flamengo"dan 30 million yevro evaziga "Real Madrid"ga o‘tgandi, ammo hali “Blankos”ning asosiy jamoasida o‘ynamagan.

Marko Asensio

O‘tgan mavsumdan kelib chiqib, Rodrigo "Real Madrid"da asosiy o‘ng qanot yarim himoyachisi bo‘ladi, deb taxmin qilish mumkin. Ammo Takefusa Kubo va Marko Asensio ham bu pozisiyaga da’vo qilmoqda. "Qaymoqranglilar" yaponni "Real Sosyedad"ga sotishni rejalashtirmoqda, ammo ispaniyalik haqida savollar bor.

O‘tgan mavsum Asensio uchun faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi (La Ligada 10 ta gol). Ammo Marko beqaror, bu uning “qirollik klubi”dagi kelajagini noaniq qiladi. 26 yoshli vingerning "blankos" bilan shartnomasi yana 1 yilga mo‘ljallangan. Futbolchi ko‘proq o‘yin vaqtini olishni xohlaydi, Anchelotti bunga kafolat bera olmaydi. Ispaniyalik futbolchini yaqin haftalarda o‘ylaydigan narsadi bo‘ladi.

Mayoral yoki Dias

Karim Benzema "Real Madrid"ning asosiy hujumchi kuchi bo‘lib qolishiga shubha yo‘q. Ammo "qirollik klubi"da yana 2 ta markaziy hujumchi bor - Borxa Mayoral va Mariano Dias.

Balki Mayoralning qolish imkoniyati biroz yuqoriroqdir. Shunday bo‘lsa-da, u "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi, "Roma"da esa bir muddat ijarada yaxshi o‘ynadi, "qaymoqranglilar" esa anchadan beri Diasni sotishga harakat qilishdi. "Blankos"ning barcha hujum chizig‘i so‘roq ostida.

Kiritildi: 17:24, 16.07.2022. O'qildi: 8071 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик