Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qirollik klubi» nishonidagi «asr iqtidori»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2020 yilning noyabr oyi oxirida Dortmund «Borussiya»si tarkibida kelib chiqishi kamerunlik nemis, 16 yoshli Yussufa Mukoko maydonga tushib, Bundesliga tarixidagi eng yosh debyutant bo‘lgandi.

Shuningdek, u professional futbolga yetib kelishidan ancha avval mavjud bo‘lgan barcha maqtovlarga loyiq topilgandi. Mukokoni «asr iqtidori», «fenomen», «vunderkind», «jahon futbolining eng noyob iqtidori» kabi yuksak unvonlar bilan siylashgan va betakror faoliyat yo‘lini bashorat qilishgandi.

Bolalarga xos bo‘lmagan ko‘rsatkichlar

2014 yilda nemis tilidan butunlay bexabar bolakayni Kamerundan «Sankt-Pauli» akademiyasiga olib kelishdi. Ilk marta sinov mashg‘ulotiga kelgan Yussufa odatiy libosda va butsasiz edi. Klub uni futbolka bilan ta’minladi, tengdoshlaridan biri butsasini berib turgandi.

«Qaroqchilar» tizimidagi ikki yil ichida Mukoko bor saviyasini namoyish etib, Dortmundga taklif etildi. 2017 yilda 12 yoshli bolakay 17 yoshlilar jamoasidagi 2 mavsumda 56 marta maydonga tushib, 90ta (!) gol urdi. 2019 yilda 19 yoshlilar safiga o‘tib, 32 uchrashuvda 51ta gol urdi.

Futbolchidagi tengi yo‘q mahorat mashg‘ulotlardagi tinimsiz ter to‘kishlar hisobiga mustahkamlanib bordi. Murabbiylar e’tiroficha, Yussufa o‘sha davrda katta futbolchilarga xos ish hajmini bajarar va barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tengdoshlaridan o‘zib ketgandi. 15 yoshida u «Borussiya»ning asosiy tarkibida shug‘ullana boshladi. Murabbiylardan biri yosh iqtidorga quyidagicha baho bergandi: «O‘z kamchiliklari ustida shunchalik ko‘p ishlaydigan, o‘ta intizomli, ishtiyoqli va professinal o‘yinchini ko‘rgan emasman».

O‘ta qisqa vaqt ichida navqiron markaziy hujumchi bir qator yuksak natijalarni qayd etdi:

.  Bundesliga tarixidagi eng yosh debyutant;

.  Bundesliga o‘yinini boshlang‘ich tarkibda boshlagan eng yosh o‘yinchi;

.  YECHL tarixidagi eng yosh futbolchi;

.  Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchi.

Jarohat ortidan jarohat

Atigi bir necha hafta davomida Yussufaning yuksak o‘yin saviyasi butun dunyoga ovoza bo‘ldi. Aynan shu muvaffaqiyatdan keyin akalari bilan tengma-teng to‘p suradigan, mashg‘ulotlarda ikki baravar ko‘proq ter to‘kadigan navqiron iqtidorni tanganing orqa tomoni - jarohatlar balosi quvib yetdi. Kattalar maqomidagi deyutidan bir oy o‘tgach, Mukokoning tizzasida muammolar paydo bo‘ldi va u 17 kun ichida 2 uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. 

Ogohlik qo‘ng‘irog‘i aftidan, fizioterapevtlarga yetib bormadi. Muki (Yussufaning jamoadoshlari o‘rtasidagi nomi) yanvarda safga qaytib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘la boshladi. To‘g‘ri, uni o‘yinlarni to‘liq o‘tkazishga majburlashmadi. Lekin muntazam ravishda 30-45 daqiqadan to‘p surishni davom ettirdi. Oradan 2,5 oy o‘tgach, Germaniya yoshlar terma jamoasidagi mashg‘ulotda navbatdagi shikastlanishga yo‘liqdi va mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi.

Yangi mavsumda Yussufaga ozroq o‘yin amaliyoti bera boshladilar. Sentyabr oyi­da u 21 yoshlilar terma jamoasida eng yosh debyutant va gol muallifi bo‘ldi. Biroq lazaretdan chiqqanidan keyin 2,5 oy o‘tgach, yana jarohatga yo‘liqdi va 21 kun maydonga tusholmadi. Shu bois, 4ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. «Leypsig»ga qarshi atigi 19 daqiqa to‘p surgan bo‘lsada, ertasiga shifokorlar ko‘zining yallig‘lanib qolganini aniqladilar. Bu safar 14 kunlik «hordiq» va ikki o‘yinda tomoshabinlik. Shundan keyin futbolchi «Volfs-burg»ga qarshi bahsda qaydnomadan joy olishi kerak edi, ammo ro‘yxatdan chetda qoldi. Sabab - mushaklaridagi muammolar va 38 kunlik majburiy ta’til.

«O‘tgan yilning ikkinchi yarmi men uchun og‘ir kechdi. Endi safga qaytganimda, yana jarohat oldim. Keyin ko‘zimda muammo paydo bo‘ldi. Lekin yanvarda o‘zimni yaxshi his eta boshladim, noyabr va dekabrdagi holatimga nisbatan ancha yengil harakat qilyapman», - degandi Mukoko.

Dastlabki ikki uchrashuvni zaxirada o‘tkazgan Yussufa keyin 5ta o‘yinda umumiy hisobda 71 daqiqa to‘p surdi. Ammo fevral oxirida mushaklaridagi og‘riqlar takrorlanib, 31 kun davolanishga majbur bo‘ldi. Yana 3ta bahs uning ishtirokisiz o‘tdi.

Tabiiyki, davomli jarohatlar hammaning kayfiyatini tushirib yubordi. Bir tomondan, Mukokoni debyutdan ke-yinoq charchatib qo‘yishdi, de-yishga asos yo‘q. U maydonga tushgan uchrashuvlarda uzog‘i bilan 57 daqiqa o‘ynagan, xolos. Ya’ni, o‘tgan mavsumda o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan 18 yoshli Pedridek to‘p surgan emas. Balki bu Yussufaga mashg‘ulotlarda berilgan qo‘shimcha yuklamalar ta’siridir. Ehtimol, yigitcha «Abadiy yorqin billur» rolini mashq qilayotgandir, buni hech kim hech qaysi futbolchiga ravo ko‘rmasligiga shubha yo‘q. Ayniqsa, Mukining ajo-yib o‘yinlarini inobatga olganda.

Aprel oyi o‘rtalaridan Yussufa yana maydonga tusha boshladi, 14 may oqshomida esa «Gerta»ga qarshi so‘nggi tur bellashuvida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, bir daqiqadan keyin g‘alaba golini urdi.

Ispaniyadan qiziqish

O‘tgan yil fevralida OAV Mukokoga «Barselona»dan qiziqish borligini ma’lum qilgandi. Endi Yussufa «Borussiya Dortmund» bilan shartnoma muddatini uzaytirishni istamagani va ketmoqchi ekanligi, jamoa esa uni sotib yuborishga tayyorligi haqidagi xabarni Bild chop etdi.

Oradan bir hafta o‘tgach, Ekrem Konur «Real» Mukoko uchun 10 mln. yevroli taklif tayyorlaganligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, «qirollik klubi» Yussufa bilan 2026 yilga qadar hamkorlik qilish niyatida. Ochig‘i, hozirgi vaziyatda Mukokoni nafaqat top-klub, balki o‘rtamiyona jamoa ham qo‘lga kiritishi mumkin. Muhimi - tengi yo‘q «asr iqtidori»ning og‘riqlardan forig‘ bo‘lishi. Faqat shundagina undagi iqtidor va tirishqoqlik o‘z samarasini berib, maqtovlar asossiz emasligi o‘z isbotini topadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:13, 18.07.2022. O'qildi: 7286 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.