Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kluni «Derbi Kaunti»ga xayrixoh-mi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Gollivudning eng sara yulduzlaridan biri Jorj Kluni katta muammolar girdobida qolgan «Derbi Kaunti» klubi aksiyalarini sotib olmoqchi, chog‘i.

Aytishlaricha, mashhur kinoaktyor 2 yilcha avval «Malaga»ga jiddiy qiziqib qolgan, biroq «Moliya monstri» filmida afsonaviy Bobbi Charlton rolini ijro etgan kasbdoshi Jek O~Konnellning «Derbi» haqidagi hikoyasidan keyin aynan Angliya klubini qo‘llab-quvvatlashni lozim topgan ko‘rinadi. Vaqtida tumanli o‘lkaning o‘rtamiyona klublari safida yurgan «Derbi» yakuniga yetgan mavsum moliyaviy inqirozga yuz tutdi va hattoki, Chempionshipda ham o‘z o‘rnini saqlab qololmadi. Xullas, «SE» ma’lumoti asosida tayyorlangan maqola kino yulduzining futbolga qay tariqa mehr qo‘ygani va loyihani moliyalashtirish imkoniyatlari xususida.


SURATGA OLISH JARAYONI TA’SIRI

Jorj Kluni oxirgi vaqtlar rafiqasi Amal bilan aynan Angliyada istiqomat qilmoqda. U Derbyshire Life jurnali muxbiri bilan suhbat davomida futbolga qay tariqa oshno tutingani va hozirda «Derbi Kaunti»ga muxlislik qilishini oshkor etdi: «Avvallari futbol uchrashuvlarini asosan TV orqali kuzatardim. Vaqt o‘tishi bilan futbolni teranroq tushuna boshladim va ayniqsa, «Derbi» o‘yinlariyu, uning natijalariga qiziqib qoldim. Buyuk tarixga ega klub! «Derbi»ni oldinda porloq kelajak kutayotganiga aminman. Bilaman, jamoa ayni payt muammolar girdobida». Jorj shuningdek, «Derbi» haqida «Moliya monstri» kartinasida suratga tushgan Jek O~Konnelldan eshitganini qo‘shimcha qildi. Derbi shahrida tavallud topgan Jek mashhurlikka «Engilmas» hamda «MYU»ning 1958 yilgi aviahalokatiga bag‘ishlangan «Yunayted, Myunxen fojiasi» filmlari orqali erishgan. U klub haqidagi hujjatli kartinada afsonaviy Bobbi Charlton rolini ijro etgan. «O~Konnell shu jamoa shaydosi! «Derbi Kaunti»ni shunchalik sevib qolganki, butun hayo­ti davomida undan ko‘zini uzmagan. Suratga olish jarayonida jamoa xususida 1-2ta savol berib, baloga qoldim - uni to‘xtatishning iloji bo‘lmay qoldi! Qisqasi, Jek «Derbi»ning chinakam oshig‘i va klubga oid ma’lumotlari ham behisob», - deya xotirladi Kluni.

Britaniya OAVda Jorjning ushbu samimiy e’tirofini aktyorda «Derbi»ga nisbatan muhabbat nish urganiga yo‘yishdi. Yana Kluni klubni o‘z otalig‘iga olib, uni moliyaviy tanazzuldan olib chiqishni xohlayotgani ta’kidlandi. Bunda ajablanadigan tomoni yo‘q. Binobarin, kino yulduzi 2 yil avval amerikalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda «Malaga»ni xarid qilishga uringandi. Lekin o‘shanda Ispaniya klubi sohibi - shayx Abdulla al Tani 100 mln. yevro so‘ragach, kelishuv amalga oshmay qolgandi.


«DERBI» MURAKKAB VAZIYATDA

«Derbi Kaunti» ayni payt potensial xaridorlarni yuqori narx bilan cho‘chitadigan holatda emas: jamoa tash­qi boshqaruv tizimi tasarrufida, boz ustiga, yakunlangan mavsum Ueyn Runining kuchli sa’y-harakatiga qaramay, Chempionshipdan ham «quladi». Qisqasi, jamoa chinakam tanazzul yoqasida turibdi. Klubning moliyaviy inqiroz ta’sirida qarzga botib qolgani va qo‘shimcha sarmoya manbalarga muhtojligi savdoning qizg‘in tus olishiga imkon bermaydi. Bordiyu, yangi homiy topilmasa, «Derbi» bankrot holatini tan olishga majbur bo‘ladi. Bunday muammolar 2021 yili ochiq-oydin oshkor etildi: klubning sobiq sohibi Mel Morris bayonotiga ko‘ra, qarz miqdori 60 mln. funtdan oshib ketgan. Kamiga pandemiya ta’sirida daromad 20 mln. yevroga kamaygan. Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, muammoning asosiy sababi - samarasiz menejment tizimi. Masalan, klub 2020 yili bosh murabbiy Filip Kokuni muddatidan avval iste’foga chiqargani oqibatida 8 mln. funt miqdorida tovon puli to‘ladi. Shunga o‘xshash omadsizliklar transferlarda ham kuzatildi, oxir-oqibat, barchasi inqirozga olib keldi. «Klub o‘zining kundalik moliyaviy majburiyatlarini bajarolmaydigan holatga tushib qoldi. Direktorlar kengashi uni himoya qilish uchun so‘nggi chorani ko‘rishga majbur», - de­yilgandi «Derbi» rasmiy bayo­notida. Gap klubni to‘liq tashqi boshqaruv tizimi tasarrufiga o‘tkazish haqida ketmoqda. Yangi boshqaruv ma’muriyati homiylar topib, moliyaviy balansni tiklaguniga qadar klub bankrot holatini tan olmasligi mumkin. Biroq «Derbi» o‘tgan mavsum 21 ochkodan mahrum etildi - boshqaruv tizimini o‘zgartirgani va moliya­viy «feyr-pley» qoidalariga amal qilmagani uchun. Buning ortidan jamoa afsonaviy Ueyn Runi boshqaruvida Chempionshipda o‘z o‘rnini saqlab qololmadi. Yanvar oyida klub rahbariyatidan mavsum yakuniga qadar moliyaviy imkoniyatlar kafolati talab qilingan va bunga 4 hafta muhlat berilgandi. Shuningdek, savdo ishtirokchilari ro‘yxatini taqdim etish so‘ralgandi. «Derbi» rahbariyati hozircha bu talablarni qondirolmadi.

VVS ma’lumotiga ko‘ra, «Derbi»ni xarid qilish borasida hozircha faqat AQSHlik biznesmen Vilyam Xarrison Binni rasman murojaat qilgan. 2010 yili AQSH senati saylovlarida ishtirok etgan Binni bir nechta telekanallar va radiostansiyalar sohibidir. Shotlandiyada tavallud topgan funksioner 5 yoshida ota-onasi bilan ummon ortiga yo‘l olgan, hozir esa Britaniya bilan doimiy aloqada. Jumladan, Manchesterdagi tarixiy inshootlarni ta’mirlash ishlari uning sarmoyalari hisobidan amalga oshirilmoqda. Biznesmen klub uchun 28 mln. funt sarflashga tayyor. «Derbi»ni sotib olish xususida boshqa rasmiy taklif yo‘q, jumladan, Jorj Kluni vakillari ham hozircha sukut saqlashmoqda.


GOLLIVUD VA FUTBOL MUNOSABATI

Oskar mukofotining yana bir sovrindori Mettyu Makkonaxi taniqli aktyor qay yo‘sinda futbol klubiga sarmoya kiritishi mumkinligini amalda namoyish etgan. U MLS ishtirokchisi «Ostin» (Texas) sohiblarining biri hisoblanadi. Makkonaxi jamoa mash­g‘ulotlariga tez-tez tashrif buyuradi, o‘yin kunlari muxlislar o‘rtasida qiziqarli tadbirlarni tashkillashtiradi. Rob Makelxenni va Rayan Reynolds juftligi esa o‘tgan yili Angliya chempionati 5-divizioni vakili «Reksxem» aksiyalarini to‘liq sotib oldi. Bungacha klub muxlislar tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus jamg‘arma tasarrufida edi. Endi «Dedpul» superyulduzi muntazam ravishda jamoa bilan hamnafas hayot kechirmoqda.

Natali Portman, Yeva Longoriya va Jessika Cheys­ten kabi aktrisalar Los-Anjelesda eng ommaviy ayollar klubiga asos solganlar - Angel City. Bu jamoa shu yil debyutini nishonladi. Aniqrog‘i, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotiga ixtisoslashgan kompaniya bilan AQSH ayollar futbolidagi eng yirik homiylik shartnomasiga imzo chekkan klub joriy mavsum Milliy ayollar ligasida maydonga tushmoqda. Gollivudning hurliqo yulduzlari esa media va ijtimoiy tarmoqlar orqali Angel City klubini faol ovoza qilmoqdalar.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 19.07.2022. O'qildi: 1665 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик