Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu o‘zining xudbinligi bilan "Yuventus" va "Manchester Yunayted"ni g‘arq qildi". "Real Madrid" muxlislari Ronalduni tanlaganidan norozi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2022 yil yozining eng qiziqarli transfer seriyalaridan biri davom etmoqda. Bosh rolda beshta "Oltin to‘p" sohibi, 37 yoshli, ammo bozorda hali ham talab qilinadigan Krishtianu Ronaldu. "Barselona"ga potensial ajoyib o‘tish muvaffaqiyasiz tugadi, ammo "Real Madrid" muxlislari erta xursand bo‘lishdi. Endi Krish "Blankos"ning yana bir ashaddiy dushmani - "Atletiko"ga yo‘l olmoqchi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, tomonlar transfer borasida prinsipial kelishuvga erishgan. Rasmiylikka rioya qilish va hujjatlarni imzolash qoldi.

Ispaniya poytaxtining “qaymoqrangli” kontingenti bu xabarni qanday qabul qilganini taxmin qilish qiyin emas. U g‘azablangan. "Santyago Bernabeu"ning sevimli futbolchisidan Ronaldu bir zumda antiqahramonga aylanish xavfi ostida. Biroq, uning potensial nafratlari unchalik tashvishlantirmaydi. Krishtianu Chempionlar ligasida o‘ynash uchun "Atletiko"da o‘ynashga tayyor.

Hozirda transfer uchun faqat bitta jiddiy to‘siq bor. Krishtianuga uning maqomi va kutganiga mos maosh berish uchun "Atletiko" yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biridan qutulishi kerak. OAVda jamoani tark etish uchun birinchi nomzod - Antuan Grizmann. 2019 yilda “Atletiko” fransiyalik hujumchini “Barselona”ga 120 million yevroga sotib, ikki yildan so‘ng bir mavsumga ijaraga oldi. Grizmann biroz o‘ynadi, ozgina gol urdi, ammo Diyego Simeone jahon chempioniga yana bir imkoniyat berishga tayyor edi. "Barsa" ijara muddatini uzaytirishga ye’tiroz bildirmadi. Ronaldu bilan variant paydo bo‘lgandan so‘ng, "Atletiko"ning rejalari keskin o‘zgarishi mumkin edi.

Krishtianuning Grizmann kabi yoshlar klubiga ikkinchi marta kirishi ham natija bermadi, shuning uchun ikkala holatda ham ajralish ko‘z yoshlari va nolalarsiz o‘tadi. "Manchester Yunayted" Ronalduni yo‘qotishning muqarrarligidan voz kechganga o‘xshaydi va uning narxini oshirishi dargumon. Nima bo‘lganda ham, shartnomasi bir yildan keyin tugaydigan keksa futbolchini katta narxda sota olmaysiz, buni "Old Trafford" yaxshi biladi. Hatto Transfermarktdan 30 million yevro ham “Manchester Yunayted” uchun potensial bitimdan tushgan daromadlar uchun haddan tashqari optimistik ko‘rinadi. Shubhasiz, Krishtianuning real sotish narxi portal tahlilchilari tomonidan chizilgan virtual narxdan sezilarli darajada farq qiladi.

Ammo Manchester xo‘jayinlari bunday aktivni arzimagan pul evaziga yo‘qotib qo‘yishmasa kerak. Mirror xabariga ko‘ra, futbolchiga murosa taklif qilingan: u shartnomani bir yilga, 2024 yilning yoziga qadar uzaytirish variantini faollashtiradi va bir mavsum uchun ijaraga beriladi. Chempionlar ligasi uchun. Klub “Manchester Yunayted”ni bir yildan keyin u yerda bo‘lishini kutmoqda, bu esa Krishning Angliyaga qaytishi uchun qo‘shimcha rag‘batga ega bo‘lishini anglatadi.

Ronalduning Ispaniyaga qytishiga “Real Madrid”lar muxlislari qanday nazar bilan qaramoqda. Marcada e’lon qilingan izohlar bilan tanioshing:

“Krishtianu o‘z statistikasini oshirish uchun jamoalardan foydalanadigan alpinistdir".

“Zamon hammani o‘z o‘rniga qo‘yadi, deyishsa, sizda shunday misol bor. Hayotda siz qayerda ekanligingizni bilishingiz kerak va qayerdan kelganingizni hech qachon unutmasligingiz kerak. Bu o‘yinchi uni bugungi kundagidek bo‘lishiga yordam bergan klub Chempionlar ligasiga qaytishi uchun uning yordamiga muhtojligini eslamasa kerak. Menimcha, janob Pulning prinsiplari yo‘q”.

“Aniqlanadigan hech narsa yo‘q. Krishtianu ajoyib gol muallifi edi va juda katta maosh oldi. Bugun u yaxshi to‘purar, lekin undan ham zo‘rroqlar bor, ular olgan narsasini ololmaydi. Shuningdek, transfer jamoaga foyda keltiradimi yoki yo‘qmi, chunki ayni damda faqat uning uchun o‘ynaydigan jamoa tuzib bo‘lmaydi.

Uning yagona orzusi - Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha rekordini oshirishda davom etish”.

Krishtianu jamoa uchun o‘zini qurbon qilish o‘rniga gol urishga bo‘lgan xudbin istagi bilan "Yuve" va "Manchester Yunayted"ni cho‘ktirdi".

“Madridist sifatida hayrat va minnatdorchilik, lekin futbol muxlisi sifatida aytishim kerakki, u doim Messidan bir necha pog‘ona past bo‘lgan”.

Sizlar ham izohlarda Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat yuzadisan fikrlaringiz bilan bemalol o‘rtoqlashishingiz mumkin.

Kiritildi: 18:45, 24.07.2022. O'qildi: 13843 marta. Fikrlar: 79 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик