Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor - Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘alati tandem yoxud «qor»dan qochib, «do‘l»gami?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Valensiya» rahbariyati iyun oyi avvalida navbatdagi murabbiyni ham iste’foga chiqardi. Ispaniyalik Xose Bordalasning klub bilan hamkorligi atigi 1 mavsumga cho‘zidi. Chunonchi, «ko‘rshapalaklar» uning rahbarligida xilma-xil natija qayd etishdi: La Ligada 9-o‘rin (uncha yaxshi emas) va Ispaniya kubogida final (juda yaxshi). Jamoa rahbarlari esa barchasini tarozuga solib ko‘rib, Bordalas ishiga ijobiy javob bermadilar, kubok turniri finalini muvaffaqiyat sifatida qabul qilmadilar. Shu tariqa nomdor murabbiyga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi. Keyinroq uning o‘rnini italiyalik «janjalkash» - Jennaro Gattuzo egalladi. Endi eskpertlar buni nomaqbul tanlov sifatida muhokama qilishmoqda.

Italiyalik sobiq futbolchi katta murabbiylik faoliyatini «Milan»ga qaytish bilan boshlangan edi. Jennaro yangi yo‘nalishdagi ishga ham borini bag‘ishladi, hattoki, klubdan ketish arafasida shartnomasida ko‘rsatilgan maoshidan ham voz kechdi. Bu shubhasiz - «Milan»ga nisbatan muhabbat va olijanoblik namunasi. Biroq asosiy masala shuki, Gattuzo amalda «rossonerlar»ni nurli cho‘qqi sari yetaklay olgani yo‘q, garchi yangi jamoa shakllantirishga o‘ta tirishqoqlik bilan yondashgan bo‘lsada. Jennaro keyinchalik «A» seriyaning bir qator o‘rtamiyona klublaridan tushgan takliflarni qabul qilmadi, «Fiorentina» bosh murabbiy maqomida ish boshlagach esa, transferlar masalasidagi rahbarlar bilan kelisholmay, atigi 3 haftadan so‘ng jamoani boshqarishdan voz kechdi.

Umuman, Rino ishdan bo‘shagach, tajriba to‘plash ilinjida duch kelgan ishga burnini suqavermadi, sabr-toqat bilan izzattalab klublar chorlovini kutdi. Keyin navbat «Napoli»ga keldi. Ehtimol, uning malakasi bunday jamoani boshqarish uchun yetarli bo‘lmagandir. Xullas, yosh murabbiy 2020|2021 yillar mavsumida neapolliklar bilan Italiya kubogi turnirida zafar quchdi, ammo asosiy vazifa bajarilmadi - jamoa CHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadi. Oqibatda «adzurra» sohibi Aurelio de Laurentis murabbiyga yangi shartnoma taklif qilmadi. Boz ustiga, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarga oldinroq darz yetgan va hamkorlikning davom etishiga umid qolmagandi hisob...

Xullas, Gattuzoning murabbiylik faoliyatiga nazar solib, xulosa chiqarilsa, «Valensiya» rahbariyatining tanlovi chindan ham, anchayin g‘alatidek tuyuladi. Shuningdek, italiyalik murabbiyning qarori ham. Binobarin, Rino bir avtoritar sohib bilan ishlab ko‘rdi va endi undan qolishmaydigan funksioner oldiga bordi. Boz ustiga, de Laurentisga nisbatan Piter Lim bilan hamkorlik qilish yanada qiyinroq. Har holda, «Valensiya»ning asli singapurlik xo‘jayini uchun murabbiy almashtirish qo‘lqopni yangilashdan ham osonroq. Deylik, u Ispaniya kubogidagi zafardan keyin Marselinoni ishdan haydadi va o‘zini hech narsa bo‘lmagandek xotirjam tutdi. Darvoqe, shundan keyin biror murabbiyga «Valensiya»ni 1 yildan ko‘proq vaqt boshqarish nasib etgani yo‘q. Albert Selades, Xavi Grasiya va Xose Bordalas bir mavsumga zo‘rg‘a chidadilar.

Yana bir tomoni, klubning ichki muhitida muammolar yetarli. Grasiya vaqtida mutasaddilar tarkibni shakllantirish masalasida bergan va’dalarini bajarishmaganidan noligandi. U darhaqiqat, asosan klub ixtiyoridagi futbolchilar bilan ishlashga majbur bo‘ldi. Yaqinda esa ijtimoiy tarmoqlarda «Valensiya»ning sobiq prezidenti Anil Murti va yarim himoyachi Karlos Soler o‘rtasidagi muloqot audioyozuvi tarqaldi. Unda funksioner amaldagi shartnomasi muddatini uzaytirishdan bosh tortgan futbolchini «tinchitish» yo‘lini bilishi, buning uchun 100000 yevro sarflashga ham tayyorligini aytgan. Oshkora tahdid... Bunisiga nima deysiz?! Ha, Murtini iste’foga chiqarishdi, albatta. Ammo klub nufuziga katta dog‘ tushdi. Bunaqasi har qanday jamoa uchun kuchli zarba! Shunday vaziyatda o‘ta ehtiyotkor va izzattalab Gattuzoning taklifga rozilik bergani yanada ajablanarli...

Ichki muammolarni qo‘ya turaylik, murabbiy uchun muhimi - jamoa. Oddiy misol, yetakchi himoyachi Xose Gayya va xavbek Karlos Soler shartnomasi yana 1 yildan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi. Portugaliya­lik vinger Gonsalu Guedesh yana 2 yil o‘ynashi mumkin, lekin u ham «ko‘rshapalaklar» bilan xayrlashish niyatida. Qisqasi, bugungi «Valensiya»ning yetakchi triosi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Mana, barcha jamoalar mavsumoldi tayyorgarligini birin-ketin boshlab yubordi, xususan, transferlar masalasida ham. Biroq «Valensiya» hozircha futbol bozorida sukut saqlamoqda. Bir tomonda esa moliyaviy muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Yangi futbolchilar xaridi uchun yetakchi ijrochilarni sotishga to‘g‘ri keladi. Lekin faqat Soler, Guedesh va Gayya transferidan durustroq mablag‘ olish mumkin, xolos. Boshqa futbolchilarga jiddiy talabgorlar yo‘q, hisobi. Bordiyu, yetakchi uchlik vakillari shartnoma muddatini uzaytirishga ko‘nmasalar, ularni qishdayoq pullashga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, shunday holatda yangi bosh murabbiyda jamoani qaytadan shakllantirish imkoni tug‘ilar...

Bunday muammolar va bosh og‘rig‘ining Gattuzoga keragi bor-yo‘qligi - boshqa masala. Italiyalik mutaxassisga qayta qurish emas, jangovar jamoa tuzish borasida va’da berishgan. Biroq amalda «Fiorentina»da kuzatilgan holat takrorlanmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, jamoa rahbariyatining transferlarga loqayd qarayotgani Gattuzoga sira yoqmayapti, u tobora qahr-g‘azabga to‘lmoqda. Zero, Rino Valensiyaga jamoada ko‘rishni istagan bir qator futbolchilar ro‘yxati bilan tashrif buyurgan. Lekin klubda yangi o‘yinchilar xaridi uchun mablag‘ yo‘q. Yana «Valensiya»da maosh me’yori ham buzilgan. Oddiy aytganda, yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzish va ularni La Liga ro‘yxatidan o‘tkazish uchun umumiy maosh varaqasini ancha ixchamlashtirish|engillatish kerak. Gattuzo ro‘yxatida esa jiddiy ijrochilar bor. Jumladan, urugvaylik golea­dor Edinson Kavani. Tabiiyki, ular kamroq ish haqiga ko‘nmaydilar. Xullas, hozirgi holatda «Valensiya» va italiyalik murabbiy o‘rtasidagi hamkorlik, umuman, klubning yaqin kelajagi xususida qandaydir fikr bildirish qiyin. Ispaniyalik ekspertlar va mutaxassislar «ko‘rshapalaklar» yangi mavsumda elitada qolish uchun kurash olib borishlarini baralla taxmin qilmoqdalar. Tabiiyki, bu Rino xohlagan vazifa emas. Mavjud omillar tahlili italiyalik mutaxassisning 2 yillik shartnomani to‘liq ado etolmasligidan dalolat bermoqda. Mabodo, u Valensiya shahri jamoasi bilan muddatidan oldin xayrlashmasa, o‘ta murakkab vazifani uddalagan hisoblanadi, shubhasiz. Demak, kuzatamiz...

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 22:20, 28.07.2022. O'qildi: 2449 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик