Pedri, Kamavinga, Bellingem, Fati, Musiala, Gavi va Gravenberx "Golden Boy" mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi
Tuttosport 2022 yilgi "Golden Boy" mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatida 60 nafar futbolchi saqlanib qoldi.
Nomzodlar qatorida Karim Adeyemi, Jud Bellingem (ikkalasi - Dortmund), Eduardo Kamavinga (Real Madrid), Pedri, Ansu Fati, Gavi (barchasi Barselona), Karni Chukvuemeka (Chelsi), Xarvi Elliott (Liverpul), Ugo Ekitike, Nuno Mendesh ( ikkalasi ham PSJ), Entoni Elanga (Manchester Yunayted), Rayan Gravenberx, Jamal Musiala (ikkalasi ham Bavariya) ham bor.
Sovringa 21 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar da’vo qilishlari mumkin.
2021-yilda bu sovrinni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri olgan edi.