Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Dinamo” Zagreb “Bunyodkor”ning yosh futbolchilariga qiziqib qoldi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Bunyodkor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avval xabar berib o‘tganimizdek, 10-19 avgust kunlari oralig‘ida “Bunyodkor” futbol akademiyasining 5 nafar iste’dodli yosh futbolchilari ko‘rikka, 5 nafar murabbiylari esa amaliyot o‘tashga Xorvatiyaga safar uyushtirishgan edi.

Zagrebdagi voqealarni yetkazishga o‘tishdan oldin “Dinamo” FKga yo‘l olgan futbolchi va murabbiylar tarkibini muxlislarga yana bir bor eslatib o‘tsak.

Futbolchilar:

1. Ollabergan Karimov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.

2. Abdulhamid Ikromov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.

3. Zikrilloxon Muxtorov, 2006 yil, o‘ng/chap qanot yarim himoyachisi.

4. Shohruhxon Qahhorov, 2006 yil, chap qanot himoyachisi.

5. Azizbek To‘lqinbekov, 2007 yil, tayanch yarim himoyachisi.

Murabbiylar:

1. Jamoliddin Rahmatullayev, “Bunyodkor” U-19 jamoasi hamda O‘zbekiston U-16o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

2. Ulug‘bek Boqiyev, akademiya 2006 yillar jamoasi murabbiyi.

3. Mirkamol Qosimov, “Bunyodkor-2” jamoasi yordamchi murabbiyi.

4. Aziz Hoshimov, akademiyaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi.

5. Aleksey Roshin, akademiya darvozabonlar bo‘yicha murabbiylarining katta murabbiyi.

Dastlab, murabbiylarning stajirovkasiga oid mavzuga to‘xtalsak. Barcha murabbiylarimiz 11 avgustdan boshlab, bir hafta davomida “Dinamo” klubi akademiyasi, uning tuzilmasi, infrastrukturasi, faoliyati, strategiya va taktikasi, moddiy-texnika bazasi, mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Ular har kuni “Dinamo” Zagreb akademiyasining turli yosh toifalaridagi (U-9, U-11, U-12, U-13, U-14, U-15, U-16, U-17, U-18, U-19) jamoalari mashg‘ulotlarini ketma-ket kuzatib borishdi. Shuningdek, “Dinamo”ning U-12, U-15, U-17 va U-19 jamoalari o‘tkazgan o‘rtoqlik o‘yinlari guvohi bo‘lishdi. Misol uchun, U-19 jamoasi shu yoshdagi Xitoy terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Xitoyliklar uzoq vaqtdan buyon Zagrebda istiqomat qilib, shu yerda o‘z tayyorgarliklarini olib borishayotgani ma’lum bo‘ldi. “Bunyodkor” delegasiyasi safar mobaynida aynan xitoyliklar bilan bitta mehmonxonada – 4 yulduzli Garden Hill Hotelda yashadi.

Murabbiylarimiz “dinamo”chilarning yoshlar jamoalari o‘yinlari modelini nazorat bellashuvlarida ko‘rishgan bo‘lsa, 13 avgust kuni “ko‘k ranglilar” asosiy tarkibining haqiqiy o‘yin uslubini bevosita stadiondan kuzatishdi. Shu kuni butun delegasiyamiz “Maksimir” stadionida Xorvatiya oliy divizionidagi eng tarixiy va eng keskin qarama-qarshilikka shohid bo‘ldi. “Dinamo” mehmonlarni ayab o‘tirmadi. Azaliy va prinsipial raqib “Xayduk” Split yirik – 4:1 hisobida tor-mor etildi.

Shubhasiz, bu stajirovkadan murabbiylarimiz o‘zlariga katta tajriba olishdi. Ham nazariy, ham amaliy jihatdan.

- “Dinamo” akademiyasi, undagi sharoitlar bilan tanishdik. Turli yoshlardagi jamoalar mashg‘ulotlarini kuzatdik. Nazariy seminar ham tashkil etildi. Dunyoda futbol akademiyalari ichida oltinchi, Yevropada bejizga uchinchi o‘rinda emasligiga amin bo‘ldik. “Dinamo”ning barcha jamoalarida asosiy urg‘u jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan ekan. Berilayotgan mashqlar ham shunga yarasha. Texnika, ya’ni to‘pni qabul qilish, uzatish bo‘yicha ishlash ham a’lo darajada. Mashg‘ulotlardagi tezlik yuqori, mashqlarni tezlik bilan bajarish qat’iy talab qilinadi. Diqqat-e’tiborimni o‘ziga tortgan xususiyatlardan biri – ular mashg‘ulotlar vaqtida huddi o‘yindagi kabi vaziyatlarga tenglashtirilgan holatlar ustida juda ko‘p ishlashar ekan, - deydi “Bunyodkor” akademiyasining darvozabonlar murabbiyi Aleksey Roshin.

Ko‘rikka borgan yosh iqtidorlarga keladigan bo‘lsak, ular “Dinamo” U-17 jamoasi tarkibida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda qatnashishdi. Hozirda yoshlar uchun Xorvatiyada yangi chempionat hali boshlanmagan. Mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inlari o‘tmoqda.

13 avgust kuni beshovlonni mezbonlar skautlari va murabbiylari “Dinamo” U-17 - “Xrvatski Dragovolyas” U-19 o‘rtoqlik uchrashuvida tekshiruvdan o‘tkazishdi. Ollabergan Karimovdan boshqa barcha o‘yinchilar o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlashdi. Ollabergan bahsga ikkinchi bo‘limdan qo‘shildi. Bellashuvda ikki yosh katta bo‘lgan mehmonlar minimal hisobda zafar quchishdi (1:0).

Futbolchilardanularning safardan olgan taassurotlari qandayligi bo‘yicha qiziqdik.

Abdulhamid Ikromov:

- “Dinamo” jamoasi bizni juda yaxshi kutib oldi. Bu yerda futbol atmosferasi judayam yuqori darajada ekan. Mashg‘ulotlarda ishtirok etdik. 13 avgust kuni o‘rtoqlik uchrashuvida to‘p surdik. Men ikki taym o‘ynadim. O‘yin juda tez va baland tempda o‘tdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratgan bo‘lsakda, bizga gol urish nasib etmadi. Umuman aytganda, Zagreb akademiyasi menga rosa yoqdi. Xudo xohlasa, men kelgusida shu yerda to‘p surishga harakat qilaman.

Azizbek To‘lqinbekov:

- Avvalambor, bizga Yevropa futboli bilan nafas olish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan “Bunyodkor” FK rahbariyatiga, shaxsan, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, klubimiz prezidenti Mehriddin Abdullayevga o‘zimning nomimdan, do‘stlarim, murabbiylarim, ota-onalarimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Men bu yerga kelganimdan xursandman. Mashg‘ulotlar g‘oyatda qiziqarli, sur’at esa anchayin yuqori. Murabbiylarning talablari juda ham baland. O‘zim uchun ko‘p yangiliklarni o‘rgandim.

Xorvatiya milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni, JCH-2002 va 2006, YECH-2004 ishtirokchisi, “Dinamo” safida Xorvatiya chempionatlarida 100dan ortiq o‘yinlar o‘tkazgan, bugungi kunda klub akademiyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Tomislav Butina yosh futbolchilarimizga yaxshi baho berdi: “Texnik tarafdan yigitlaringiz saviyasi yetarlicha ekan. Beshala futbolchi o‘zlarini yaxshi tomondan namoyon etishdi. Tahlilchilarimiz fikrlariga tayanib gapiradigan bo‘lsam, ikki futbolchi bizga ko‘proq ma’qul bo‘ldi. Ammo ulardan bittasi bizga judayam yoqib turibdi. Aynan u va uning harakatlari “Dinamo”ning taktikasiga rosayam mos tusharkan.

Futbolchilar hali yosh. Ular endi 16 yoshda. FIFA qoidalariga ko‘ra, xalqaro o‘tishlarga futbolchi 18ga kirganidan so‘ng ruxsat beriladi. Bizga manzur bo‘lgan futbolchi borasida biz “Bunyodkor” rahbariyatiga albatta aloqaga chiqamiz. Yosh futbolchilar o‘tishida hujjatlashtirish ishlari ham ko‘p vaqt oladi. Biz bu jarayonni “Bunyodkor” bilan qachon va qay tarzda boshlaymiz, buni yaqin vaqt ichidagi rejalarimiz orqali bilib olamiz”.

Aytgancha, “Dinamo” U-21 jamoasi safida ikki nafar saudiyalik futbolchilar bor ekan. Himoyachilar Mane Al-Muayyad va Basil Al-Xedaif. Ular Xorvatiyaga maxsus loyiha orqali borishgan. Ya’ni Saudiya Arabistoni sport vazirligi mamlakatning iqtidorli futbolchilarini Yevropaning kuchli bir qator akademiyalariga o‘z hisobidan yuborgan. Ya’ni barcha xarajatlar arablarning o‘zlaridan ketadi. Maqsad – o‘z futbolchilarini Yevropa muhiti orqali imkon qadar tez vaqt ichida yuqori saviyaga olib chiqish. Shunday loyiha bo‘yicha Ko‘hna qit’ada to‘p surayotgan saudiyalik o‘yinchilar Chexiya, Ispaniya kabi yurtlarda ham bor.

...“Bunyodkor” a’zolarining Xorvatiyaga navbatdagi safari mana shunday voqeliklar bilan muhrlandi. Buyog‘iga voqealar rivoji qanday kechishini, birgalikda kuzatamiz.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 01:51, 19.08.2022. O'qildi: 2554 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик