Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Everton - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jamshid Boltaboyev: «Namanganliklar kabi fidoyi muxlislarni hech qayerda ko‘rmaganman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

Mavsum avvalida yuqori natijani ko‘zlagan holda, tarkib shakllantirgan «Navbahor» tobora dalillashmoqda.

Jamoaning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shayotganlar qatorida tajribali Jamshid Boltaboyev alohida ajralib turibdi. U «Navbahor»ning ko‘plab uchrashuvlarida eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilmoqda, yana turli nashr­lar tomonidan turning ramziy terma jamoasiga kiritilmoqda. Xo‘sh, Jamshid Namanganda o‘zini qanday his qilmoqda?

- Joriy yilgi Superliga «Navbahor» singari o‘zingiz uchun ham ko‘ngildagidek davom etmoqda. Mavsumning ortda qolgan qismidan olgan taassurotlaringiz qanday?

- Hamma ko‘rib-bilib turibdi, Superligada raqobat keskin oshdi, kurash juda qizg‘in. Har holda, har bir jamoa ijobiy natija uchun borini bermoqda. Yengil o‘yinning o‘zi yo‘q. Jamoamiz ishtirokiga kelsak, birinchi davrada 1-2ta o‘yinni hisobga olmasak, butun masofani yaxshi bosib o‘tdik. Mana, hozir 1-o‘rindamiz va Xudo xohlasa, chempionatni shu joyda yakunlaymiz. Buning uchun bor kuchimizni ishga solishimiz tayin.

- Namanganda har qanday kuchli ijrochi ham muxlislar bosimidan ancha qiynalishi turgan gap. Siz esa qisqa fursat ichida jamoa yetakchilari qatoriga kirdingiz. Aytingchi, sizda muxlislar bosimi nechog‘li sezildi?

- Ha, Namanganda muxlislar har doim yuqori natija talab qilishadi  - bu tabiiy holat. Umuman, futbolda hamma o‘z ishini qilgani yaxshi. Agar muxlislar chinakamiga qo‘llab-quvvatlashsa, futbolchilar shunga yarasha, ikki chandon harakat qilishadi. Muxlislar bosimi tufayli o‘yin chiqmaganini aytish esa o‘rinsiz. Zero, namanganliklar kabi fidoiy muxlislarni oldin hech qayerda ko‘rmaganman. Ular - toza, haqqoniy futbol tarafdorlari. Shu jonkuyar Namangan aholisi uchun ham bu yil yaxshi natijaga erishishimiz shart. Muxlislarimiz chempionlikni tantana qilishga to‘la  haqlilar.

- «So‘g‘diyona»da ham faoliyatingiz bir tekis davom etayotgandi. Qolaversa, yil boshida bu jamoaning OFK kubogida ishtirok etishi ehtimoli katta edi. Shunday holatda «Navbahor»ni tanladingiz. Bunga «Paxta­kor»da Samvel Babayan bilan birga ishlaganingiz turtki berdimi yoki boshqa faktorlar ham bor?

- Ha, «So‘g‘diyona»da hammasi yaxshi ketayotgandi. Ammo negadir ich-ichimdan jamoani o‘zgartirishga ehtiyoj sezdim. Shu o‘rinda «So‘g‘diyona» rahbarlariga minnatdorchilik bildirishim joiz. Chunonchi, ular 2 yilcha futboldan chetda qolganimga qaramay, jamoaga chaqirishdi va ishonch bildirishdi. «Navbahor»ni tanlaganimga kelsak, asosiy sababchi Samvel Babayan, albatta. Vyacheslavovichni 8-9 yoshligimdan bilan. U o‘zbek futboliga qanchadan-qancha iqtidorlarni yetkazib bergan chin professional, yana hamisha o‘z oldiga eng yuqori marralarni qo‘yadi.

- Lekin ayrimlarda Samvel Babayanning «Paxtakor» hamda terma jamoamizdagi faoliyati bilan bog‘liq salbiy fikrlar shakllangan...

- Samvel Babayanni yaqindan taniydigan insonlar u haqda faqat iliq fikrlar aytishadi. Ha, hamma «Paxtakor» yoki milliy jamoamizdagi faoliyatini tushunib-tushunmay gapirishi mumkin. Lekin JCH yo‘llanmasini yutishga eng yaqin kelgan murabbiy aynan Babayan ekanligini unutmaslik kerak. Ehtimol, murabbiy hamma qatori qaysidir joyda xato qilgandir, ammo nima uchun ko‘pchilik faqat Babayanga yopishib olmoqda? Keyingi murabbiylar natijasiga qarang. Ismini aytish shart emas, ammo JCH saralashi yakuniy bos­qichiga chiqolmagani ham bor-ku...

- «Navbahor» oxirgi 4-5 yildan buyon o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ymoqda. Ammo har safar yakunda nimadir o‘xshamay qolayotgandi.  Buni ayrimlar ichki muhit bilan ham bog‘lashdi. «Navba­hor»ning bugungi muvaffaqiyatlarida asosiy omil nima, sizningcha?

- «Navbahor»ning avvalgi yillardagi natijasi va ichki muhiti haqida gapirolmayman, chunki jamoa ichida emasdim. Hozir esa aynan ajoyib ichki muhit muvaffaqiyatga zamin yaratmoqda. Yashirmayman, mavsum boshida muhit hozirgidek emasdi va bu natijalarga ham qaysidir ma’noda ta’sir qildi. Vaqt o‘tishi bilan hamma bir maqsad yo‘lida yanada jipslashdi.

- Oldingi chiziqda kuchli ijrochilar borligini his qilib o‘ynash yarim himoyachiga katta ishtiyoq bag‘ishlashi tayin. «Navbahor» davralar oralig‘ida hujumga yangi ijrochilarni jalb etdi. Yangilar haqida nima deya olasiz?

- Ko‘rinib turibdi, tarkibga kuchli futbolchilar qo‘shilishdi. Faqat ularning jamoa o‘yi­niga moslashishlari uchun ma’lum vaqt kerak. Davralar oralig‘ida asosan hujum chizig‘iga e’tibor qaratilgani rost. Chunki birinchi davrada bizga gollar kamlik qildi. Buyog‘iga hech qanday bahona ketmaydi. 

- Namangan - o‘zbek futboliga kuchli ijrochilarni yetkazib bergan hudud. Agar hozirda boshqa jamoalarda o‘ynayotgan namanganlik yigitlar «Navbahor»da bo‘lishganida, umumiy holat qanchalik o‘zgarardi, sizningcha?

- Shaxsiy fikrimcha, qiyin bo‘lardi. Chunki Namanganda oldinroq akademiyalar uncha yaxshi ishlamagan va buning oqibatida ko‘plab yoshlar oiladan uzoqda shug‘ullanib, katta futbolga qadam qo‘yishgan. Agar akademiyalarni rivojlantirib, zarur sharoitlar yaratib berilsa, nafaqat Namangan, balki barcha viloyatlar ham o‘z jamoasini futbolchilar bilan bemalol ta’minlay oladi. Har holda, bizda iqtidorlar ko‘p.

- Har mavsum avvalidagi yuqori maqsad va yakuniy natija namanganlik muxlislar hafsalasini biroz pir qilgan. Shuni nazarda tutsak, ular bu yil o‘z suyuklilaridan eng yuqori natija kutishga haqlilar. Faqat turnir jadvalidagi zichlik muxlislarni biroz xavotirga solayotgani ham bor gap...

- Ha, turnir jadvaliga qarasak, 5-6ta jamoada chempionlik uchun kurashish imkoniyati bor. Asosiysi, bizda Namangan ahlini quvontirishga qo-dir jamoa bor. Muxlislar bizni doimgidek faol qo‘llab turishsa, bas.

- Sobiq ustozingiz Ulug‘bek Baqoyev Jizzaxda katta nomlarsiz ham raqobatbardosh ja-moa tuzdi. Uning muvaffaqiyati sirini bilasizmi?

- Ulug‘ akaning asosiy siri - futbolchilardan nima xohlashini aniq tushuntirib beradi. U qattiqqo‘llikni o‘z o‘rniga qo‘yadi, lekin joyida siz bilan do‘stday munosabatda bo‘ladi. Deylik, maydondan tashqarida qandaydir muammoga uchrasangiz, befarq qaramaydi. Maydonda esa bor kuchingiz bilan ishlashingizni talab qiladi. Menimcha, Ulug‘bek aka bilan ishlagan har bir futbolchi uning haqida ijobiy fikr bildiradi. 

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 19.08.2022. O'qildi: 2416 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик