Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Termadagi debyut, qozoqlarga qarshi bahs — muvaffaqiyat startidagi Ronaldu

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Krishtianu Ronaldu ayni dam 37 yoshda. Tan olish juda achinarli, lekin tez orada portugaliyalik super-sportchi endi muxlislarni avvalgidek xursand qila olmaydi. Hatto u kabi sportchilar ham abadiy o‘ynay olmasligi achchiq haqiqat.

Hozirda Ronaldu ko‘plab yutuqlarni o‘z ichiga olgan ulkan biografiyaga ega. Bu yigit taqdirida Qozog‘iston ham muhim rol o‘ynagan. 18 yil avval Krish maydonga ilk bor Portugaliya terma jamoasi a’zosi sifatida ko‘rinish bergan edi. Bu qozoqlarga qarshi uy o‘yinida sodir bo‘ldi.

2003 yilda Ronaldu birinchi to‘liq mavsumini "Sporting" bazasida o‘tkazdi va keyinchalik "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. Bu yerdagi ajoyib debyutdan so‘ng, Krish terma jamoaga qo‘ng‘iroq oldi. Ochig‘ini aytganda, bu o‘n sakkiz yoshli bolani raqiblar asosiy xavf deb hisoblashmagan ham. Bu tarkibda juda ko‘p yulduzlar bor edi - Deku, Figu, Maniche, Rui Koshta, Simau Sabrosa va boshqalar.

Yoshlar ichida ham, bu yerda mashhurroq nomlar bor edi - Premyer-ligada o‘ynovchi Elder Poshtiga va Ugo Viana, "Barsa"dan Kuarejma. Umuman olganda, Luis Felipe Skolari murabbiylik qilgan juda kuchli jamoa o‘sha paytda shakllangan.

O‘yinga to‘xtalsak, Qozog‘iston birinchi bo‘limni munosib o‘tkazdi. Portugallar vaziyatlar yaratishdi, ammo himoyachilar buning uddasidan chiqishdi. Mehmonlar ham o‘zini ko‘rsatishga urinib ko‘rishdi. Jumladan, Alibek Buleshevda bir nechta imkoniyat bo‘ldi.

Ronaldu tanaffusdan keyin maydonga tushdi. Debyutiga qaramay, Krish o‘yinni o‘z zimmasiga olishdan tortinmadi.

Ronaldu o‘zining hisobiga samarali harakatlarni yozib qo‘yolmadi, lekin portugallar baribir gol urishdi. Simau Sabrosaning zarbasi darvozadan joy oldi.

“Bu mening hayotimdagi ajoyib lahza edi. Bularning barchasi men bilan sodir bo‘ldi. Men xursand bo‘ldim va g‘ururlandim, shuningdek, terma jamoa murabbiyiga minnatdorchilik bildirdim”, — deydi Ronaldu terma jamoadagi ilk o‘yin haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan.

Oradan bir yil o‘tib Ronaldu haqiqiy yulduzga aylandi. Portugaliya terma jamoasi YEVRO finaliga yo‘l oldi, u yerda greklar sensasion tarzda chempion bo‘lishdi, kumush medallarni qabul qilgan Krishning o‘zi esa muhim gollarni urdi.

Keyinroq qozog‘istonliklar Krishtianu bilan yana ikki marta to‘qnash kelishdi. Ikkala holatda ham portugallar g‘alaba qozonishdi, Ronaldu esa maydonni golsiz tark etmadi.

Umuman olganda, Ronaldu terma jamoa safida 189 ta o‘yin o‘tkazib, 117 ta gol urgan, Yevropa chempionati va Millatlar ligasida g‘olib chiqqan. U bu katta muvaffaqiyat yo‘lini Qozog‘istonga qarshi o‘yindan boshlagani ham qiziq albatta.

Kiritildi: 11:39, 21.08.2022. O'qildi: 6082 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик