Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: “Qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi”.

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (0:1) bahsidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi. 

- Fikrimcha, qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi. “Navbahor” muxlislarini keyingi bosqich yo‘llanmasi bilan tabriklayman! Yigitlarga xarakter namoyish etishgani uchun rahmat aytaman, oson bo‘lmadi. “Olimpik”ni alohida e’tirof etish lozim. O‘zbek futbolining kelajagi bo‘lmish yosh va iqtidorli futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Shubhasiz, “Olimpik” barcha jamoalarga qiyinchilik tug‘diradi. Bugungi raqibimiz tarkibida o‘z yosh toifasining eng kuchli vakillari jam bo‘lishgan.
Emosiyalarga boy uchrashuv bo‘ldi, hali ko‘rib chiqamiz. Umuman, vaziyatlar yaratdik, lekin yakun yetishmadi. Buning ustida ishlaymiz. Rohatlanish uchun hammasi bor edi: muhit, muxlislar, stadion.

- “Paxtakor” bilan o‘yinga oz muddat qoldi. Bugun “Navbahor” ko‘p kuch sarfladi. Bu poytaxtliklarga qarshi kechadigan bahsda jismoniy tarafdan muammo tug‘dirmaydimi?

- Biz turli holatdamiz. Qur’a natijasiga ko‘ra, “Paxtakor”ga Pro liganing “Sho‘rtan” jamoasi, bizga esa yetakchi jamoalar kushandasi “Olimpik” tushgandi. Jamoa yuqori pressing qo‘llaydi, juda faol o‘ynaydi.

- Mavsum boshidan buyon “Navbahor” asosiy tarkibining deyarli 70 foizini rotasiyasiz o‘ynatyapsiz. Vaholanki, zaxira juda keng. Hal qiluvchi o‘yinlarga kelganda jamoangiz jismonan toliqib qolishidan qo‘rqmaysizmi?

- Rotasiyaga kelsak, u sun’iy bo‘lmasligi kerak. Rotasiya qilish uchun maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishlari lozim.
Boshqa tarafdan olsak, jamoamizning tarkibi 90 foizga yangilangan. Hatto bu yerda juda ko‘p o‘ynagan futbolchilar ham maydonga tushish uchun o‘z vaqtlarini kutishlari kerak.

- “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o‘yinda namanganlik muxlislardan nimani kutyapsiz? Ular stadionni to‘ldirishadimi?

- Shubhasiz, eng yaxshi muxlislarga egamiz. Buni statistika orqali ham bilish mumkin. Jamoamiz ko‘rsatayotgan natija ham ularda qiziqish uyg‘otmoqda. “Paxtakor” bilan bahsda stadion to‘lishiga ishonaman.

 

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:12, 24.08.2022. O'qildi: 1315 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.