Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Nyukasl" "yangi Zlatan" uchun 80 millionning bahridan kechdi, bir paytlar u Tuxelga kerak bo‘lmagan

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Nyukasl"ning muhim xaridi: klub "Real Sosyedad"dan hujumchi Aleksandr Isakni 70 million yevroga transfer qildi, yana 10 million San-Sebastyanga bonuslar ko‘rinishida ketishi mumkin. Ingliz klubi uchun bu rekordga aylandi.

22 yoshli shvesiyalik hujumchi haftasiga taxminan 120 ming funt maosh oladi.

Bitim haqida nimani bilish mumkin? Hamma shayxlarning pulni sochib yuborishini kutayotgan edi, ammo hozircha "Nyukasl" kamtarona yo‘ldan ketmoqda.

Ha, “Nyukasl” yozni xotirjam o‘tkazmoqda: Saudiya shayxlari kelganidan keyin katta hajmdagi mablag‘lar kutilgandi, biroq yangi xo‘jayinlar o‘zlarini ehtiyotkorona tutishmoqda.

"Nyukasl" Isakni hisobga olmaganda atigi uchta transferni amalga oshirdi:

• «Aston Villa»dan chap qanot himoyachisi Mett Targettni ijaraga oldi. Ular 17,5 million yevro sarflashdi.

• «Byornli»da ko‘p yillarni o‘tkazgan Angliya terma jamoasi posboni Nik Poup hozirda «Nyukasl» darvozasida to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsum oxirida Nikning sobiq jamoasi chempionshipga yo‘l oldi va darvozabonning o‘zi haqli ravishda Premyer-ligada qoldi - u shayxlarga 11,5 million yevroga tushdi.

• Eng mashhur xarid gollandiyalik himoyachi Sven Botman bo‘ldi, u "Lill"dan 37 million yevroga olingan.

Boshqa tomondan, Eddi Xau mavjud kompozisiyaga juda mos keladi. "Nyukasl" yangi yildan buyon ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, jamoa yanvardan maygacha bo‘lgan jadvalda "Liverpul" va "Manchester Siti"dan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bu mavsum ham ligani mag‘lubiyatsiz boshlandi: “Nottingem”ni yutishdi (2:0), keyin “Brayton” (0:0) va “Manchester Siti” (3:3) bilan durang natijalar!

Shunga qaramay, "Nyukasl" hujumda muammolarga duch kelmoqda: Kallum Uilson ko‘p gol uradi, lekin tez-tez jarohat olib turadi - va "Siti"ga qarshi o‘yinda u yana tizzasidan jarohat oldi. Klub uni almashtirishga qaror qildi va Isak bilan shartnoma imzoladi.

Isakni "yangi Zlatan" deb atashmoqda, ammo u "Borussiya"da Tuxelga foydasi tegmagan. Lekin Ispaniyada ochildi. Shved haqida besh yil avval gapira boshlandi: 2017 yilda Dortmundning «Borussiya» klubi 18 yoshli forvard uchun 8,6 million yevro to‘lagandi. Ushbu transfer uchun Aleksandr hatto "Real Madrid"ga rad javobini bergan.

Isakni allaqachon Zlatan bilan solishtirishyapti. Zlatan va Isak tana o‘lchamlari jihatidan farq qiladi (Aleksandrning bo‘yi 192 sm), shu bilan birga texnik tomonlama ham. Isakda katta tezlik bor, shu tufayli u hatto qanotlarga ham chiqib ketadi.

“Men sizlarga yangi Zlatan topdim! Bilasizmi, seni yoqtirish men uchun qiyin. Men Aleksni anchadan beri kuzatib kelaman va u hali ham meni xafa qilgani yo‘q. U iqtidorli yigit. Agar kimdir Zlatanga o‘xshagan futbolchi sotib olmoqchi bo‘lsa, sizga Isak kerak", - degan edi Ibrahimovich 2016 yilda.

Ammo "Borussiya"da o‘ynash unga qiyin bo‘ldi: Tomas Tuxel shvedni kelishilmagan holda sotib olinganini tan oldi, Isakka hatto olti oydan keyin Obameyangning jamoadan ketishi ham yordam berolmadi. Ikkinchi mavsumda Aleksandr avval dublga yuborildi, keyin esa «Villem II» ga ijaraga berildi. U yerda Isak olti oyni ajoyib o‘tkazdi: 16 o‘yinda 13 gol va 7 golli uzatma, Erediviziyada gol+pas tizimida 16-o‘rinni egalladi. Reytingning kuchli yigirmataligiga kiruvchi boshqa hech kim maydonda 20 dan kam o‘yin o‘tkazmagan – va Aleksandr top-klubga nomzodini qo‘ymaganini yodda tutish kerak.

Isak tezda e’tiborga tushdi: ijaradan qaytgan shved darhol "Real Sosyedad"ga 15 million yevroga sotib yuborildi. Birinchi mavsumda u 9 ta gol urdi: "Barselona" darvozasini ishg‘ol qildi, shuningdek, Ispaniya kubogida "Real"ni "Santyago Bernabeu"da ikkita gol bilan jazoladi va Mishel Merinoning g‘alaba goliga assistentlik qildi. “Sosyedad” 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va kubokni qo‘lga kiritdi.

Isak uchun haqiqiy yutuq 2020/21 yilgi mavsum bo‘ldi. Shvesiyalik futbolchiga qiziqqan top-klublar "Arsenal", "Barselona", "Liverpul" va hatto "Borussiya" bo‘lishdi. Yevro-2020dagi muvaffaqiyatli o‘yin uning narxini oshirdi.

"Isak ko‘plab Yevropa klublarining e’tiborini tortganiga hech kim shubha qilmaydi. Ajoyib iste’dodli futbolchi!", - deydi o‘sha paytda Gari Lineker. Qiziq, lekin Isakning o‘zi Linekerning kimligini bilmasligini aytdi.

Katta takliflarga qaramay, Aleksandr "Real Sosyedad"da qoldi. Klub uni qo‘yib yuborishni istamadi va Isak Ispaniyadagi eng zaif mavsumini o‘tkazdi - La Ligada atigi 6 ta, Yevropa Ligasida esa 3 ta gol. Uni sotib olish uchun top klublar saf tortmadi.

San-Sebastyan klubi “Nyukasl” uchun chegirmalarga bemalol rozi bo‘ldi – yaqin orada hech kim Isak uchun shunday summani to‘lashi dargumon edi. Bundan tashqari, "Sosyedad" shvedning kelajakdagi sotuvidan 10%ini oladi.

Klub allaqachon uning o‘rniga futbolchi tayyorlamoqda: katta ehtimol bilan "Almeriya"dan Umar Sodiq bilan shartnoma imzolanadi. 25 yoshli nigeriyalik Italiya jamoalari ("Roma", "Bolonya", "Torino", "Spesiya") safida o‘ynagan va o‘tgan mavsumni Segundada yondirdi: 36 o‘yinda 18 + 12 .

Boshlangan mavsumda Sodiq “Elche” darvozasiga gol urdi. Yozda unga "Sevilya", "Vilyarreal" va "Xetafe" qiziqqan edi, lekin ko‘pchilik 30 million yevrolik narxdan qo‘rqdi.

Endi "Sosyedad"da shunday pul mavjud.

Kiritildi: 07:07, 27.08.2022. O'qildi: 6987 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик