«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte mavsumning yakuniy matbuot anjumanida klub prezidenti Aurelio De Laurentisning fikrlariga qo‘shilmasligini bildirdi. Avvalroq, A Seriyada 2-o‘rinni egallagan Konte neapolliklar lagerini tark etishi ma’lum bo‘lgandi. Skudettoni esa «Inter» qo‘lga kiritdi.
De Laurentis: «Agar jarohatlar bo‘lmaganida, siz chempionatda osonlik bilan g‘olib chiqqan bo‘lardingiz».
Konte: «Aslo unday emas».
De Laurentis: «Nima uchun? Men sizga aytyapman-ku».
Konte: «Men bunga mutlaqo qo‘shilmayman. «Inter»ga tan berish kerak, bu ajoyib jamoa. O‘tgan yili ular Chempionlar Ligasi finaligacha borishdi, bu yil esa yanada kuchayishdi. Ular g‘alabaga loyiq edilar».
De Laurentis: «Xo‘sh, «Inter» shu darajada kuchli ekan, nima uchun Yevropada o‘tgan yilgidek natija ko‘rsata olmadi?»
Konte: «Ular bizdan ko‘ra ko‘proq ish qilishdi. Ular oldinga qadam tashlashdi».
De Laurentis: «Yaxshi, lekin bu endi boshqa tarix».
Konte: «Uzr, lekin men bunaqa narsalarga yopishib olishni yoqtirmayman. Biz boshqalarning g‘alabasini tan olishimiz va hurmat ko‘rsatishimiz kerak. Agar o‘zimizga nisbatan hurmat istasak, avvalo o‘zimiz hurmat qilishni o‘rganishimiz lozim. Jarohatlar bo‘ladimi-yo‘qmi, «Inter» g‘alabaga haqli edi. Balki jarohatlar bo‘lmaganida, biz Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan bo‘larmidik».