Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nottingem Forest - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Klopp xatosini tan oldi va transfer bozoriga kirdi. “Liverpul” bir yarim kun ichida kimni xarid qila oladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Liverpul"da jarohatlar olganlar ko‘p: Nabi Keyta, Aleks Oksleyd-CHemberlen, Tiagu Alkantara va Kyortis Jons. Klopp yoz bo‘yi klub yangi yarim himoyachi sotib oladimi yoki yo‘qmi degan savollar bilan bezovta bo‘ldi, chunki sanab o‘tilgan o‘yinchilarning aksariyati maydonda emas.

Yurgen doimiy ravishda bir xil narsani takrorladi: tarkib to‘liq, hamma sog‘ bo‘lsa, biz muvozanatni o‘rnatamiz. Natijada - 36 yoshli Jeyms Milner va nominal vinger 19 yoshli Xarvi Elliott chempionlik da’vogarlari uchun maydon chiqishyapti.

“Bornmut”ga (9:0) qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida nemis murabbiyidan yana bir bor kadrlar ahvoli haqida so‘ralganda, murabbiy o‘z va’dasini buzdi: “Bizga yarim himoyachi kerak emas, deb xato gapirgan ekanman. Ammo bu bizning transfer bozoriga bo‘lgan yondashuvimiz mohiyatini o‘zgartirmaydi. Agar biz kimnidir olib kelmoqchi bo‘lsak, u o‘yinchi tarkibimizga mos bo‘lishi kerak”.

Transfer oynasi yopilishiga atigi bir yarim kun qoldi, “Liverpul” esa hech kim bilan shartnoma imzolagani yo‘q. Yangi futbolchi sotib olishga ham juda oz vaqt qoldi. Quyida keltirilgan nomzodlardan biri jamoaga kelib qo‘shilishi kerak.

Sander Berge, “Sheffild Yunayted” 24 yosh

Chempionship jamoasining o‘yinchisi eng yaxshi variant emas, ammo skandinaviyalik yarim himoyachining "Liverpul"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Berge Kloopning tavsifiga juda mos keladi. 195 santimetr bo‘yi bilan u hujumga mohirlik bilan bog‘langan zamonaviy yarim himoyachi sifatida shuhrat qozondi.

Moyses Kaysedo, “Brayton” 20 yosh

Kaysedoning "Liverpul"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar futbolchining vatani Ekvador matbuotida boshlangan bo‘lsa-da, tezda Angliyada ham paydo bo‘ldi. "Brayton" Moysesni 2021 yilda sotib oldi - "chayqalar" “Independiyente del Valle” futbolchisi uchun 5 million funt to‘lashdi.

Belgiyaning "Beersxote" jamoasida ijara asosida o‘tgan mavsumdan so‘ng, 20 yoshli yarim himoyachi Grem Potter jamoasidan joy oldi va joriy mavsumda Premyer-ligada to‘rtta to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Ruben Nevesh, “Vulverxempton” 25 yosh

Portugaliyalik yarim himoyachi uzoq vaqtdan buyon yuqori saviyada o‘ynaydi va "Liverpul"ga o‘tishi bilan bir necha transfer oynalari bo‘yicha qiziqish bildirishgan. Kuchli va texnik yarim himoyachi uzoq masofadan yaxshi zarba bera oladigan har qanday muxlisning orzusidir.

"Vulverxempton" bosh murabbiyi Bruno Laje Nevesh joriy mavsumda jamoada qolishiga "99 foiz" ishonchi komil ekanligini aytdi. Mish-mishlarga ko‘ra, "bo‘rilar" "Liverpul" bilan muzokaralarni umuman rad etishmagan, balki darhol futbolchiga narx belgilagan. Ruben faqatgina 100 million funt sterling evaziga transfer qilinadi.

Konrad Laymer, “RB Leypsig” 25 yosh

"Leypsig" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko "Bavariya" qiziqishlari tufayli Laymerni shu yozda ketishini allaqachon rad etgan, ammo rahbariyat bu fikrni qo‘llab-quvvatlayotgani noma’lum. Konrad 2023 yilda jamoadan bepul ketishi mumkin.

Avstriyalik futbolchi uchrashuv davomida pressing qilishni yaxshi ko‘radi. Uning to‘p bilan va to‘pdan tashqari kuchli tomonlari Klopp tizimiga juda mos keladi.

Yuri Tilemans, “Lester Siti” 25 yosh

belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi tugashiga atigi bir yil qoldi. Nega moliyaviy jihatdan qiynalayotgan “Lester” haligacha bozor qiymati yuqori va shartnomasi muddati tugaydigan futbolchisini sotmagani sir. Yoz boshida evening Standart nashri rahbariyat yarim himoyachini "Arsenal"ga 25 million funt sterlingga sotishga tayyorligini, ammo transfer amalga oshmagani haqida xabar bergandi.

CBC Sport jurnalisti Ben Jeykobs futbolchining "Enfild"da o‘ynash istagi haqida o‘rtoqlashdi: "U "Liverpul"ga o‘tish variantiga qarshi emas. Men buni bilaman, chunki avvalgi transfer oynalarida uning agenti Mersisayd klubidagi aloqalariga ushbu transferni faol ravishda targ‘ib qilgan.

Djud Bellingem, "Borussiya Dortmund", 19 yosh

Angliyalik yarim himoyachi allaqachon o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri sifatida ye’tirof etilgan, garchi uni kamida 10-15 yillik yuqori darajadagi futbol kutib turibdi. "Liverpul"ning yarim himoyachiga qiziqishi bir yildan ko‘proq vaqtdan beri ma’lum va bir qator manbalar hatto Kloppning Birmingem akademiyasi bitiruvchisiga shaxsiy qo‘ng‘iroq qilgani haqida ham yozishgan.

"Borussiya" bu yozda Bellingem bilan xayrlashmasa kerak. Futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan, u Dortmundda baxtli va klub kelasi yozgacha futbolchi faqat qimmatlashishiga amin. "Liverpul" 2023 yilda futbolchi uchun kurash olib borishni rejalashtirgandi, ammo yarim himoyadagi jarohatlar inqirozi va mavsum boshida tashvishli natijalar "Liverpul" rahbariyatini hozir katta mablag‘ sarflashga undashi mumkin.

Kiritildi: 17:24, 31.08.2022. O'qildi: 5701 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик