Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muhammad al Nenni: «Onamni eslasam, o‘zimdan xijolat bo‘lib ketaman...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Muhammad al Nennining asosiy ilhom manbalarini juda oson tasvirlash mumkin: g‘alaba qozonish istagi va uning professional futbolchi bo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam berish yo‘lida ko‘p narsani qurbon qilgan marhum onasining xotirasi.

 Londonning «Arsenal» klubi rasmiy saytiga bergan eksklyuziv intervyusida misrlik yarim himoyachi uni nima ilhomlantirgani va dastlabki kunlari uning g‘alaba qozonish mentalitetini qanday shakllantirgani haqida gapirib beradi.

- Otangiz Nosir al Nenni ham avval futbolchi, keyinchalik esa murabbiy bo‘lgan ekan...

- Men tug‘ilishim bilan, dadam barchaga futbolchi bo‘lishimni aytgan. Shunday bo‘ldi, otam va onam o‘sha kuni mening kelajakda kim bo‘lishimni hal qilishgandi. Qiziq, ular qayerdan bilishdi ekan? Balki futbol taqdirim ekanligini his qilishgandir. Ular birinchi kundanoq futbolchi bo‘lishimni xohlashdi, ulg‘aygach esa bu menga yoqib qoldi. Ammo qayerdan bilishdi? Chunki ba’zida ota-onang seni shifokor bo‘lishingni hohlashi mumkin, lekin senda xohish bo‘lmasa, buni qilolmaysan. Futbolda ham xuddi shunday... Ular sizni bunga majburlay olishmaydi. Lekin men futbolni har doim yaxshi ko‘rganman, o‘zimda his qilganman va xohlaganman. Otam futbolchi bo‘lgan va u tufayli butun oilamiz ko‘chada futbol o‘ynashardi. Biz oilaviy futbol shaydosimiz.

- Katta futbolga ilk qadamingiz haqida gapirib bersangiz.

- Uch yoshimdan futbol o‘ynashni boshladim. Otam, uning do‘stlari men boshqacha ekanligimni aytishardi. Hatto uch yoshimda ham juda kuchli zarbaga ega edim va odatda bu yoshda to‘pni unchalik yaxshi ura olmaysiz. Shuningdek, katta futbolga ilk qadamlarimni Misrning «Al-Ahli»dek katta klubida qo‘yganman, shuning uchun har doim yuqori saviyada o‘ynashni xohlayman deb o‘ylaganman va bu haqiqatan ham hayotimni o‘zgartirdi. Katta klubda boshlaganim uchun, yoshligimdan g‘alaba qozonishni o‘rgandim. Bu hazil emas, lekin o‘sha klubda, agar 7:0 hisobida g‘alaba qozonganimizda ham, qasam ichamanki, biz uchun jazo bo‘lardi, chunki ular bizdan doimo ko‘proq narsani talab qilishgan, hatto yoshlar jamoalarida ham. 7:0 yetarli emas! Bu muhit menda nimanidir yaratdi. Yirik g‘alabadan keyin ham «ko‘proq gol urish mumkin edi, nega bo‘lmadi?» deyishardi. O‘sha paytlari 6-7 yoshda bo‘lganman va bu menda katta mentalitetni yaratdi.

- Hozir qanday motivasiya olasiz?

- Misrning juda katta klubida boshladim, «Al-Ahli» kabi katta klubda o‘ynaganimdan faxrlandim va bu meni yaxshilanishga ilhomlantirdi. Bu hozir ham davom etadi. Men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynayman va ba’zida ko‘kragimdagi nishonni, futbolkamda o‘z ismimni ko‘rib, to‘xtab o‘ylanib qolaman... Bu meni g‘ururlantiradi, yoshligimda orzu qilgan  joydaman. Dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynash men uchun aql bovar qilmaydigan holat. Bu kulgili, chunki men har doim ham sovrin yutmaydigan jamoada o‘ynay olmayman, deb o‘zimga doim aytganman. Faoliyatim davomida, qaysi saviyada o‘ynasam ham, doim sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoada bo‘lganman. Bu meni ilhomlantirishi va rag‘batlantirishi uchun kerak. Qaysi darajada o‘ynashimdan qat’iy nazar, har doim shunday bo‘lgan. Shveysariyada o‘ynaganimda «Bazel» bilan to‘rt marta chempion bo‘lganman.

- Bolalikdan biror qiziqarli yoki ibratli voqeani eslaysizmi?

- Onam 15 yil oldin vafot etgan. U doim menga ishonardi. Bolaligimda Qohiraga mashg‘ulot o‘tkazish uchun borardik. Ikki soatlik yo‘l, afsuski, oilam boy emasdi, shuning uchun mashinada borishga pulimiz yo‘q, jamoat transportida yurishga majbur bo‘lardik. Ertalabki soat 4da uyg‘onib, qorong‘uda 30 daqiqa yurardik, keyin poyezdni kutamiz. Poyezd ikki soat yuradi, keyin avtobus kutamiz - bu o‘ziga xos avtobus edi, chunki agarda uni o‘tkazib yuborsak, o‘sha kuni mashg‘ulotsiz qolardim. Bunday sayohatni haftada uch marta qilardik. Olti yoshdaligimda, onam buni men uchun qilgan. Bundan tashqari, singlim endigina tug‘ilgan edi, shuning uchun uni ham hamroh qilib olardik. Haftada uch marta. Har hafta. Men buni hatto shaxsiy mashinada ham qila olmasdim! Misrda bu juda qiyin, ayniqsa ayol kishi uchun. Meni mashg‘ulotlarga tashlab qo‘ygach, qaytib, uy yig‘ishtirib, ovqat pishirib, bizga qarardi. Onam aql bovar qilmas edi.

- Demak, asosiy ilhom manbaingiz onangiz...

- Hozir Londonda yayov yo‘lga tushsam va agarda bu menga bir lahzaga bo‘lsa-da qiyin bo‘lib tuyulsa, onamni eslayman va o‘zimdan xijolat bo‘lib ketaman. Onamdan, oilamdan men uchun qilganlari uchun juda va juda minnatdorman. Hozirda uning xotirasidan meni ilhomlantirish uchun foydalanaman. Onam endi men bilan emas, lekin har doim men uchun qilgan ishlarini eslayman va nafaqat o‘zim uchun, balki onam uchun ham eng yaxshi bo‘lishni xohlayman. U menga chinakamiga ishondi va hozir bu yerda ekanligimning asosiy sababchisi ham udir.

- Onasi vafot etgan yili «Al-Ahli»dan ketgan ekansiz...

- Ha, klubim meni haydab chiqargan paytda onam vafot etdi. U yerda 10 yil o‘ynadim, sardorlik qildim, keyin murabbiylarimdan biri yonimga kelib, endi ularga kerak emaslimgini aytdi. Ular meni yetarlicha salohiyatga ega emas deb qaror qilishdi, shuning uchun ham juda og‘ir yil bo‘lgandi. Otam uchun, ham albatta. Chunki u futbolchi bo‘lishim uchun borini bergandi.

- Futbolni tanlagan yoshlarga aytar so‘zlaringiz - maslahatlaringiz bormi?

- O‘g‘limga mashaqqatli mehnat muhimligini muntazam aytib turaman. Uning hayoti menikidan tubdan farq qiladi. Men unga hech narsa oson bo‘lmasligini - har doim mashg‘ulotlarga borish uchun poyezd va avtobus kutganligimni aytaman. U Shveysariyada tug‘ilgan, lekin uni o‘zim bilan Misrga olib bordim, qayerda tug‘ilib o‘sganimni ko‘rsatdim, xuddi men uchun bo‘lgani kabi va unga hech narsa tekinga kelmasligini aytdim. Fursat kelganda yoshlarga aytmoqchimanki, siz qattiq ishlashingiz va sabrli bo‘lishingiz kerak. Bu sizga yakunda g‘alabali mentalitetni beradi, albatta.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 05.09.2022. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик