Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shveysariya 2-divizionidan Konferensiyalar ligasiga!

Baho:
+ | -
YEVROPA / https://stadion.uz/uz/news/sections/europe/conference-league / https://stadion.uz/uz/news/sections/europe/conference-league/qualround
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, 2 yildirki, Konfederasiyalar Ligasi futbol muxlislariga o‘tkir syujetli o‘ta noyob bellashuvlarni taqdim etmoqda.

Masalan, jajjigina shaharchadan chiqqan Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasi guruh bosqichida «Roma»ni yanchib (5:1) tashladi, «pley-off»da «Seltik» va «AZ»ni tomoshabinga aylantirib, chorak finalgacha ko‘tarildi. Mittidek Gibraltar klubining guruh bosqichiga yo‘l olishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Asosiysi, bu hali hammasi emas.

KLning 2022|2023 yillar mavsumida navbatdagi «Katta karlik» - Shveysariya 2-divizioni vakili ishtirok etmoqda. Aslida, «Vadus» Lixtenshteyn klubi. Lekin ma’lum sabablarga binoan, qo‘shni mamlakat chempionatida to‘p surmoqda.

Jamoa bu yilgi ishtirokini 2-saralash raundidan boshlab, Sloveniyaning «Koper» (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:1), Turkiyaning «Konyaspor» (5:3) va Avstriyaning «Rapid» (2:1) jamoalaridan ustun keldi.

«Vadus» venaliklar bilan o‘z maydonida jangovar (1:1) durangga rozi bo‘lgandi. Javob uchrashuvida esa, o‘ta chiroyli kombinasiyadan keyin amalga oshirilgan tezkor gol evaziga guruh bosqichi yo‘llanmasini naqd qildi. Shveysariyalik turk o‘g‘loni Tunaxan Chichekning tovoni bilan amalga oshirgan uzatmasi umumiy g‘alabani ta’minlagan golga olib keldi.

Tanaffus arafasida himoyachi Kevin Vimmer o‘yin qoidasini buzib, maydondan chetlatildi. Ko‘pchilik bo‘lib qolgan «Vadus» esa hisobdagi kichik ustunlikni saqlab qoldi va guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Ha, jamoa Shveysariya chempionatida o‘ynaydi, yevrokubok musobaqalari yo‘llanmasini esa Lixtenshteyn Kubogi turniri evaziga qo‘lga kiritdi - karlik saltanatda boshqa musobaqa yo‘q.

UYEFA o‘z safiga 55ta milliy assosiasiyani jamlagan bo‘lsa, ularning faqat bittasi o‘z chempionatiga ega emas. Ha, gap dunyoning eng kichik 6 davlatidan biri bo‘lgan Lixtenshteyn haqida bormoqda. Knyazlik hududida hammasi bo‘lib 7ta jamoa mavjud. Shu sababli assosiasiya o‘z chempionatini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun klublar «mehmon ishtirokchi» maqomida Shveysariya futbol tizimida faoliyat yuritadilar.

«Vadus» so‘nggi ming yillikning 5ta mavsumini Shveysariya Superligasida o‘tkazgan - oxirgisi 2020|2021 yillar mavsumida. U asosan 2-divizionda to‘p suradi, buning uchun Shveysariya FIga 170000 yevro miqdorida pul to‘laydi. «Vadus» nazariy jihatdan Shveysariya chempioni bo‘lishi mumkin, ammo yevrokubok musobaqalarida qatnasha olmaydi.

Yevrokuboklarga qay yo‘sinda yo‘l oladi? Lixtenshteyn o‘zining kubok musobaqasini o‘tkazadi, g‘olib yagona yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Yaqingacha Lixtenshteyn Kubogi sohibi xalqaro ishtirokini YELning saralash bosqichidan boshlardi. Endi KL saralashiga yo‘l olmoqda.

UYEFAning klublar reytingida ko‘rsatkichi past bo‘lgani bois, jamoa YECHLda to‘p surish uchun yagona imkoniyatga ega - KL, keyin YELda g‘olib chiqishi kerak. Tan olaylik, bu - hazilakam ish emas.

«Vadus» - o‘z tarixiga ega klub. «PSJ»dan 0:7 hisobida yengilgan, shotland klubiga esa, alamli tarzda yo‘llanmani boy bergandi.

«Vadus» - Lixtenshteyn Kubogi turnirining doimiy favoriti: 1997|2098 yillar mavsumidan beri atigi 1 marta sovrinsiz qolgan - 2012|2013 yillar mavsumidagi finalda penaltilar seriyasiga ko‘ra «Eshen-Mauren»ga imkoniyatni boy bergandi. Jamoa hisobida 48ta kubok bor. Eng yaqin ta’qibchisida esa 11ta. Vaholanki, jamoa  tarkibida darvozabon Yan Zommer va hujumchi Marko Devich kabi afsonalar to‘p surishardi.

Biroq saralash bosqichlari - «Vadus» uchun jiddiy muammo. Jamoa xalqaro musobaqada so‘nggi marta 1996 yilda qatnashgandi. O‘shanda u Kubok egalari Kubogi turnirida Riganing «Universitate» klubini penaltilar seriyasida mahv etgan va «PSJ»ga duch kelgandi. Tabiiyki, Leonardo, Bernar Lama va Pol Le Guendek yulduzlarni yengishga kamtarin jamoaning kuchi yetmagan va u 0:4, 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatlarni qabul qilgandi. 2002 yilda Lixtenshteyn klubi UYEFA Kubogi saralashidan o‘tishga yaqin turgandi. Lekin mehmonda urilgan gol ustunligi evaziga guruh bosqichiga Shotlandiyaning «Livingston» klubi yo‘l oldi. O‘z maydonidagi jangovar (1:1) durangdan so‘ng «Vadus» safarda mojaroli (0:0) durangga imzo chekkandi.

Nima uchun mojaroli? Chunki mehmonlar o‘yinning qo‘shimcha daqiqasida burchak zarbasini amalga oshirishgan va gol urishgandi. Biroq xorvatiyalik hakam Ivan Novak aynan «Vadus» futbolchisi darvozaga zarba yo‘llagan paytda final hushtagini chalgandi.

Keyingi yillarda yevrokubok musobaqalarining saralash bosqichlari yanada murakkab ko‘rinish oldi. Jumladan, 2004 yilda raundlar soni ko‘paydi. Shu sababli, YELning guruh bosqichi «Vadus» uchun hozircha orzu bo‘lib qolmoqda. Lekin KLda ishlari chakki emas. Endi uning shinam stadioniga UYEFA tasarrufidagi uchinchi va eng ekzotik musobaqa tashrif buyuradi.

Darvoqe, «Vadus» yevrokubok musobaqalaridagi yagona 2-divizion vakili emas. Oxirgi shov-shuvli voqeaga 2013|2014 yillar mavsumida «Uigan» sababchi bo‘lgandi. O‘shanda jamoa Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan, lekin APLda omadsizlikka uchrab, Chempionshipga tushib ketgandi. Aytgancha, xalqaro arenada u qozonning «Rubin» klubi bilan kuch sinashgan va o‘z maydonida durangga erishgandi.

Hatto Shveysariya chempionati uchun ham yangilik emas , 2010|2011 yillar mavsumida quyi liga vakili bo‘lmish «Lozanna» Shveysariya Kubogi turnirining finalchisi sifatida YEL saralashida qatnashgan va guruh bosqichini 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunlagandi. Lekin u saralashning pley-off bellashuvida Moskvaning «Lokomotiv»idan (2ta o‘yin 1:1, penaltilar seriyasida g‘alaba) ustun kelgandi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 07.09.2022. O'qildi: 1670 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик