Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temurxo‘janing yuztalik marrasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Superliga 18-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» - «Olimpik» o‘yini (2:1)da ko‘pchilik nazaridan chetda qolgan alohida statis­tik ko‘rsatkich qayd etildi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida olimpiyachilar darvozasini nishonga olgan faxriy hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov joriy chempionatdagi gollari sonini 11taga yetkazish qo‘yish asnosida YUZLIK marraga yetdi! Demak, qo‘yida Temurxo‘janing O‘zbekiston chempionati tarixida to‘plagan 100ta goli xronikasiga nazar solamiz.

Temurxo‘ja Abduxoliqov ilk marta 2008 yili «Bunyodkor» o‘rinbosarlar jamoasi safida nazarga tushdi. U «qaldirg‘ochlar» tizimida 3 yil o‘z mahoratini oshirish barobarida yoshlar jamoasi uchun 17ta gol urdi. Bu orada yosh hujumchi to‘purarlik qobiliyati bilan «Paxtakor» murabbiylari e’tiborini o‘ziga tortdi. Shu tariqa Temurxo‘ja «sherlar» safiga qo‘shilib, 2011 yilning 5 mart kuni asosiy jamoada debyutini nishonladi va «Qizilqum»ga qarshi kechgan uchrashuvning 88-daqiqasida milliy chempionat elit ligasidagi gollari hisobini ochdi. O‘shanda Abduxoliqov goldan keyin o‘z o‘rnini yana bir debyutant - Igor Sergeevga bo‘shatib bergandi. Umuman, Temurxo‘ja «Paxtakor» safida 3 mavsum to‘p surib, chempionat bahs­larining o‘zida 22ta gol yig‘di. Hujumchi shundan so‘ng yevrofutbolga yuzlanib, deyarli 1 yil Xorvatiyaning «Xayduk» klubi sharafini himoya qildi. 2015 yilgi mavsumda O‘zbekistonga qaytgan Abduxoliqov «Lokomotiv» libosini kiydi va «temiryo‘lchilar» tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynab, o‘z hisobiga yana 30ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Iqtidorli goleador 2007 yili yana bir bora xorijga chiqdi - bu safar Qatarning «Al-Sayliya» klubi bilan shartnoma tuzgan Temurxo‘ja Yulduzlar ligasida bir mavsum davomida binoyidek taassurot qoldirdi. Lekin 2018 yili «Lokomotiv»ga qaytdi. Abduxoliqovning «temiryo‘lchilar» safidagi ikkinchi davri ham chakki bo‘lmadi - 4 yilda chempionat bahslarida 37ta gol. Mana, u joriy yil «Qizilqum» libosini kiydi va 18-turda 11-golini nishonlab, 100talik dovonga yetdi.

Endi Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan urilgan 100ta golning umumiy kartinasiga birrov nazar solamiz: 

* «Olimpik» Temurxo‘ja Abduxoliqovdan gol qabul qilgan 21- jamoa bo‘ldi. Oddiy aytganda, hujumchi 100ta gol marrasiga qadar chempionatda aynan 21ta klub darvozasini nishonga oldi. 

* Temurxo‘ja Abduxoliqovdan eng ko‘p jabr chekkan klublar - «Mash’al» va «Bunyodkor». Hujumchi har ikkisi darvozabonlarini 9 martadan ranjitgan. U shuningdek, «Andijon», «Neftchi» va «Buxoro»ga 8tadan gol «tortiq» etgan.

* Temurxo‘ja Abduxoliqov 100ta goldan 43tasini birinchi bo‘lim, qolgan 57tasini tanaffusdan ke­yin rasmiylashtirdi.

* Temurxo‘ja Abduxoliqov zarbalaridan keyin 57 nafar golkiper o‘z  darvozasidan to‘p olib chiqdi. Hujumchi jumladan, Serbiya, Moldova, Gruziya, Rossiya va Ukrainadan kelgan 9 nafar legionerni ojiz qoldirdi. Temurxo‘janing aniq zarbalari oldida eng ko‘p ojiz qolgan darvozabon - bu Aleksandr Korneychuk (5ta gol). Botir Nosirov, Zafar Safoyev va Andrey Melnichuk «zimma»sida Abduxoliqovning 4tadan goli bor. O‘tkir Yusupov, Xurshid Xo‘jayev, Akbar To‘rayev, Botirali Ergashev, Suhrob Sultonov, Eldor Suyunov, Nizomiddin Ziyovuddinov, Milan Mitrovich, Shuhrat Eshbo‘tayev va Yuriy Soy esa uning oldida 3 martadan ojiz qolishgan. Temurxo‘ja yana 10 nafar kiperni 2 martadan, 33 nafarini 1 martadan ranjitgan.

* Temurxo‘ja Abduxoliqov birinchi marta 2012 yilning 5 oktyabr kuni «Neftchi»ga qarshi o‘yinda «dubl»ga erishdi. Uning hisobida jami 12ta «dubl» bor. Bu borada eng yuqori natijani 2016 yilgi mavsumda qayd etdi - 4ta «dubl».

* Temurxo‘ja Abduxoliqov 2012 yilning 21 sentyabr kuni «Andijon»ga qarshi o‘yinda ilk «xet-trik»ni rasmiylashtirdi. Umuman, u 3ta «xet-trik»ka ega.

* Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan urilgan gollari hisobini 2015 yilning 12 aprel kuni «Bunyodkor» bilan bahsda ochdi. Uning 100ta golidan 14tasi penalti mahsulidir. Bundan tashqari, hujumchi 1ta penaltidan foydalanolmadi. 

* Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobida 100ta gol barobarida 23ta sariq va 1ta qizil kartochka ham yig‘ildi.

* * Temurxo‘ja Abduxoliqov O‘zbekiston chempionati elit ligasida 100ta gol marrasiga yetgan 24-futbolchidir. Joriy mavsum yakuniga qadar bu ro‘yxat yanada uzayishi mumkin. Marat Bikmayev to‘purarlar klubiga 25-a’zo sifatida qo‘shilishga yaqin. U Superliga 18-turida «Lokomotiv» darvozasiga 88-golini urdi. Demak, Maratning elit guruhga qo‘shilishi uchun atigi 2ta gol kerak.

Temurxo‘ja

Abduxoliqovning 100ta goli taqsimoti

«Mash’al» - 9ta

«Bunyodkor» - 9ta

«Andijon» - 8ta

«Neftchi» - 8ta 

«Buxoro» - 8ta

«Navbahor» - 7ta 

«So‘g‘diyona» - 7ta 

«Dinamo» - 6ta

«Nasaf» - 6ta

«Qizilqum» - 5ta

«Sho‘rtan» - 5ta 

«Metallurg» - 5ta 

«Qo‘qon-1912» - 5ta

«Turon» - 3ta

AGMK - 2ta 

«Surxon» - 2ta

«Lokomotiv» - 1ta

«Guliston» - 1ta 

«Paxtakor» - 1ta 

«Obod» - 1ta 

«Olimpik» - 1ta

O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI ELIT LIGASINING ENG YAXSHI TO‘PURARLARI 

O‘zbekiston milliy chempionatida hozirga qadar 24 nafar futbolchi 100ta gol marrasidan o‘zgan. Eslatma, «100ta gol» klubiga birinchi bo‘lib, 1997 yili Oleg Shaskix (Maksim Shaskixning akasi) a’zo bo‘lgandi.

1. Anvar Berdiyev («Mash’al», «Nasaf», «Bunyodkor», «Andijon, «Neftchi») - 226ta (23 mavsum)    2. Zafar Xolmurodov («Nasaf», «Mash’al», «Dinamo», «Xorazm», AGMK) - 200ta (16 mavsum)          

3. Shuhrat Mirxoldirshoyev («Navbahor», «Mash’al», «Andijon», «Nasaf») - 194 (13 mavsum)       

4. Baxtiyor Hamidullayev («Paxtakor», «Andijon») - 179ta (14 mavsum)       

5. Ja’far Irismetov («Do‘stlik», «Dinamo», «Paxtakor», «Sho‘rtan», «Qizilqum», «Navbahor») - 174 (12 mavsum)

6. Umid Isoqov («Paxtakor», «Dinamo», «Andijon», «Nasaf», «Qizilqum», «Xorazm», «Neftchi») - 174ta (14 mavsum)

7. Ravshan Bozorov («Neftchi», «Paxtakor», «Dinamo», «Mash’al», «To‘palang») - 168ta (11 mavsum)

8. Anvar Soliyev («Navbahor», «Bunyodkor», «Nasaf», «Paxtakor») - 163ta (19 mavsum)

9. Oybek Usmonxo‘jayev («Navbahor», «Nurafshon», MHSK, «Do‘stlik», «Dinamo», «Nasaf», «Lokomotiv») - 157ta (13 mavsum)

  1.  Farid Xabibullin («Kosonsoy», «Navbahor», «Do‘stlik», «Qizilqum», «Metallurg», «Dinamo») - 133ta (14 mavsum)

11. Rustam Do‘rmonov («Paxtakor», «Navbahor», «Neftchi») - 132ta (10 mavsum)

12. Muxtor Qurbonov («Qo‘qon-1912», MHSK, «Navbahor», «Do‘stlik», «Paxtakor», «Neftchi», «Metallurg», «Qizilqum», «Traktor», «Sho‘rtan») - 130ta (15 mavsum)      

13. No‘’mon Hasanov («Paxtakor», MHSK, «Do‘stlik», «Nasaf», «Qo‘qon-1912», «Traktor», «Sho‘rtan», «So‘g‘diyona») - 126ta (16 mavsum)        

14. Server Jeparov («Navbahor», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Metallurg») - 113ta (13 mavsum)      15. Shahboz Erkinov («So‘g‘diyona», «Sho‘rtan», «Paxtakor», AGMK, «Navbahor», «Mash’al», «Nasaf», «Nurafshon», «Qo‘qon-1912», «Bunyodkor») - 109ta (16 mavsum)

16. Nosir Otaqo‘ziyev («Neftchi», «Navbahor», AGMK, «Nasaf», «Guliston», «Qo‘qon-1912») - 107ta (15 mavsum) 

17. Ne’matulla Qutiboyev («Aral», «Neftchi», «Semurg‘», «Paxtakor», «Xorazm», «Qizilqum») - 106ta (11 mavsum)            18. Artur Gevorkyan («Sho‘rtan», «Paxtakor», «Nasaf», «Lokomotiv», «Qizilqum») - 106ta (13        mavsum)

19. Dragan Cheran («Nasaf», «Paxtakor») - 105ta (7 mavsum)

20. Oleg Shaskix («Paxtakor», «Navbahor», «Do‘stlik», «Dinamo») - 104ta (8 mavsum)         

21. Vali Keldiyev («Navbahor», «Nurafshon», «Surxon», «Nasaf», «To‘palang») - 104ta (15 mavsum)

22. Igor Sergeev («Paxtakor») - 101ta (8 mavsum)

23. Zayniddin Tojiyev («Akademiya», «Paxtakor», «Sho‘rtan», «Lokomotiv», «Neftchi», «Dinamo») - 100ta (12 mavsum)

24. Temurxo‘ja Abduxoliqov («Paxtakor», «Lokomotiv», «Qizilqum») - 100ta (10mavsum)

25. Marat Bikmayev («Paxtakor», «Lokomotiv», «Dinamo») - 98ta (12 mavsum)

26. Igor Taran («Sho‘rtan», «Andijon», «Bunyodkor», «Nasaf», «Neftchi») - 95ta (14 mavsum)

27. Ilhom Mo‘minjonov (MHSK, «Traktor», «Navbahor», «Lokomotiv», «Bunyodkor») - 92ta (8 mavsum)

28. Bahriddin Vahobov («Surxon», «Paxtakor», «Mash’al», «To‘palang», «Sho‘rtan», «Qizilqum», «Nurafshon») - 91ta (16       mavsum)

29. Leonid Koshelev («Paxtakor», «Dinamo», «Qizilqum», «Sho‘rtan», «Navbahor») - 91ta (16 mavsum)

30. Zohid Abdullayev («Metallurg») - 90ta (15 mavsum)

 

Sergey KNYAZEV.

Manba: «Интерфутбол» газетаси

P.S.: Мақола 18-турдан кейин ёзилган, яъни 19-тур ўйинлари статистикаси қўшилмаган.

Kiritildi: 07:44, 25.09.2022. O'qildi: 2845 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.