Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahon chempionatidan oldin Angliya beshta muammoni hali qilishi kerak. Aks holda...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarligi yomon tomonga keta boshladi. 1-0 hisobida Italiyaga imkoniyat boy berilganidan keyin, Garet Sautgeyt shogirdlarining g‘alabasiz seriyasi 5 taga yetdi. Angliya 1992 yildan beri bunday yomon natija ko‘rsatmagan edi. G‘alaba mayli, jamoa, hattoki, gol urish nimaligini unutib qo‘ya boshladi. Ha, oldinda Keyndek raqiblar kushandasi mavjud. Ammo bu ham yordam bermayotir. Quyida Angliyaning Qatarga ketguncha to‘g‘irlashi kerak bo‘lgan besh muammosi haqida so‘z boradi.

O‘ta ehtiyotkorlik

Angliya Italiyaga qarshi bahsda, go‘yoki, sinovdan o‘tkazilgan beshtalik himoyachi tizimidan foydalandi. Markazda Uoker, Maguayr va Dayer harakat qildi. Bu esa qolgan ijodkor futbolchilar uchun yetarlicha maydon qolmasligiga sabab bo‘ldi. Aynan shu narsa Angliyaning gol ura olmayotganiga sabablardan biri sanaladi. Jamoa ustozi Sautgeyt tabiatan ehtiyotkor. Shu tufayli, mundialga o‘ta yaqin qolmagunicha, taktik sxemani o‘zgartirmasa kerak. Ammo uning mudofaani mahkam ushlash rejasi, hujumdagi muammolarga sabab bo‘lmoqda. Jamoa ochiq futbolda 450 daqiqadan beri gol ura olmadi. Vaholangki, Angliyaning hujum chizig‘i Yevropadagi eng kuchlilaridan biri hisoblanadi. Endilikda Sautgeyt bu masalani jiddiy ko‘rib chiqib, prinsiplarini o‘zgartirishi kerak.

Asosiy futbolchilarning formada emasligi

Sautgeyt ixtiyoridagi bir nechta futbolchilar o‘z klublari safida formada emas. Ro‘yxatning old qatorida Xarri Maguayr turibdi. U "MYU"da zaxira vakiliga aylangan. Ammo Italiyaga qarshi maydonga tashlandi. Chap qanotda Lyuk Shou va Ben Chilvellar jarohat sababli jamoaga yordam bera olmadi. Bu esa qanot himoyachisi sifatida, hujumchi Sakadan foydalanilishiga olib keldi. Meyson Mountning darajasi ham oldingidek emas. Sterling esa "Chelsi"da hali moslashish davrini boshdan o‘tkazmoqda. Fillips "Manchester Siti"da deyarli maydonda harakat qilmadi. Aynan mana shu sabablar ham Angliyaning umumiy natijalariga ta’sir o‘tkazmoqda. Sautgeyt esa tanlovlarda maksimum e’tiborli bo‘lishi kerak.

Keynga suyanib qolish

Angliya hujumi Keyn, Sterling va Fodendan tuzilgan. Aynan mana shu trio Italiyaga qarshi maydonga tushirilgandi. Ha, Keyn terma jamoada 50 ta golga mualliflik qilgan. Lekin u ham yordamga kuchi yetmayapti. Angliyada esa B reja yo‘q. Ya’ni, Keyn bo‘lmasa, Touni yoki Abraxamdan foydalanish yaramasligi mumkin. Chunki bu ikkisi, xalqaro bahslar uchun ancha tajribasizlik qiladi. Markus Reshfordni aytmasa ham bo‘ladi. U jarohatlar bilan o‘z darajasini saqlab qolishga qiynalmoqda. Aynan, masalaning mana shu tomoni ham chuqur o‘ylashni taqozo etadi.

Yosh futbolchilarga ishonch

Bukayo Saka Angliyaning eng yorqin iqtidor egalaridan biridir. Ammo unga Italiya bilan bahsda himoya vazifasi topshirildi. Jyud Bellingem ham yarim himoyada siqilib qolgan edi. Fil Fodendan esa Gvardiola qanday foydalanishni biladi xolos. Sautgeyt u bilan qanday ishlashga boshi qotgan. Mana shunday yosh futbolchilardan foydalana olmaslik, yakunda jamoa pand yeyishiga sabab bo‘lmoqda. Masalaga e’tibor berilishi kerak.

Milliy qo‘llab-quvvatlash

Sautgeytning ishi, u 2016 yilda jamoaga olib kelinganidan buyon yaxshi tomonga o‘zgarib kelayotgandi. Ammo 2022 yildan boshlab hammasi yomonlashdi. U va uning jamoasi "Molinyu" stadionidagi sharmandali mag‘lubiyatda muxlislar tomonidan xushtakbozlik va noroziliklarga uchradi. O‘shanda Vengriya 4-0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Qolaversa, Sautgeyt Italiyadagi mag‘lubiyatda ham Angliyadan kelgan 4000 mindan ortiq muxlislarga kulgu bo‘ldi. Bu shuni ko‘rsatadiki, inglizlarda toqatsizlik kuchaygan. Albatta, Angliyaning so‘nggi natijalari bu bilan chambarchas bog‘langan. Sautgeyt esa muammoga yechim izlashi lozim.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:20, 25.09.2022. O'qildi: 2917 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик