Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5957 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2512 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.10.2025

      05:35 "Непобедимый".
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      20:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      01:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      03:10 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.10.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      09:35 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...".
      10:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      16:40 "Команда мечты".
      17:10 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      19:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      19:55 "Непобедимый".
      20:25 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      22:55 "Лица страны". Анастасия Лоунова.
      23:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      00:35 "Команда мечты".
      01:05 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. 1/2 финала. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 193 в Грозном, Россия. Джамбулат Селимханов против Рустама Керимова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Лыжный спорт".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      19:30 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - "Новая генерация" (Сыктывкар). Прямая трансляция.
      23:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      07:00 Триатлон. supertri League. Этап 4 в Тулузе, Франция.
      08:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.
      15:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      22:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      22:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      00:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      02:00 Велоспорт. Женщины. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      04:30 Велоспорт. Женщины. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘rtta terma jamoada o‘ynagan Andrey Pyatniskiy - 55 yoshda!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol faxriylari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun postsovet hududida 90-yillarning eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi, o‘zbek futboli tarbiyalanuvchisi Andrey PYATNISKIY o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda!

Andrey Pyatniskiy Toshkentda tug‘ilgan. Bo‘lajak futbolchining ota-onasi 1966 yilgi zilziladan so‘ng shaharni tiklash uchun Toshkentga ko‘chib kelgan. Andrey o‘z faoliyatini shu yerda, mahalliy "FK Start" futbol maktabida boshlagan.

15 yoshida uni ikkinchi liganing “Start” jamoasiga o‘tkazilib, “Paxtakor”ning bo‘lajak futbolchilari ko‘rikdan o‘tdi. Andrey bolaligida futbol va xokkeyni tanlashi kerak edi, chunki, o‘sha davrlarda Toshkentda “Binokor” xokkey jamoasi bor edi, biroq, Andrey futbolni tanlashni afzal ko‘rdi. Bundan tashqari, 80-yillar boshida Toshkentda yangi, yosh “Paxtakor” qurilayotgan edi, chunki, Pyatniskiy va barcha toshkentlik bolalarning kumirlari 1979 yilda aviahalokatga uchragandi.

17 yoshida (1985 yilda) Pyatniskiy respublikaning asosiy jamoasi - "Paxtakor"ga o‘tdi va u yerda bir mavsumni SSSR chempionati birinchi ligasida o‘tkazdi. O‘sha paytda Andrey taniqli edi va SSSRda tez-tez bo‘lgani kabi, uni SSKAga "chaqirishdi". "Siz armiyadan qochib qutula olmaysiz" - deb hazillashdi Pyatniskiy. "Men darhol u yerga borish yaxshiroq deb qaror qabul qildim" - deb xotirlaydi Pyatniskiy.

O‘sha paytga kelib, toshkentlik yigit allaqachon Moskvada tanilgan edi. U Fransiyadagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, SSSR yoshlar terma jamoasidan joy oldi va G‘arb matbuoti yozganidek, maydon markazida Angliyaning bo‘lajak yulduzi Pol Gaskoyndan ustun keldi.

Pyatniskiy SSKAda ikki mavsum o‘tkazdi. Birinchisi muvaffaqiyatli bo‘ldi: Yuriy Morozov boshchiligidagi armiya jamoasi yuqori ligaga qaytdi, ammo keyingi yil ular quyi ligaga tushib ketishdi va Pyatniskiy mavsum mobaynida deyarli maydonga tushmadi. Bundan tashqari, leytenant bo‘lish va SSKAda xizmat qilishni davom ettirishdan bosh tortgani uchun u haqiqiy armiyaga yuborilgan, keyin esa yengillik bilan Toshkentga qaytib kelgan. Keyinchalik Pyatniskiy bu armiya "sarguzashtlari" tufayli u Moskvani yoqtirmasligini va to‘rt yildan so‘ng katta qo‘rquv bilan O‘zbekistonga qaytganini esladi.

“Paxtakor”ga qaytgan Pyatniskiy yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p gol urgan va jamoa o‘yinini boshqaradigan haqiqiy yetakchiga aylandi. 1990 yilda Toshkent klubi murabbiy Novikov qo‘l ostida oliy ligaga qaytdi, Pyatniskiy 11 ta gol urib, milliy chempionatning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri ekanligini isbotladi. 1991 yilgi mavsumda u 10 ta gol urdi... Biroq mavsum oxirida SSSR chempionati o‘z faoliyatini to‘xtatgani ko‘pchilikka ayon bo‘ldi.

Andrey Pyatniskiy Moskvani tanladi

1991 yilgi mavsum SSSR chempionati tarixida oxirgisi bo‘ldi... Mamlakat parchalanib ketdi, har bir respublika o‘z turnirlarini yaratdi. MDH chempionatini tashkil etish g‘oyasi bor edi (bu vaqt oralig‘ida SSSR terma jamoasi Yevro-1992ga yo‘l oldi), ammo Moskva klublari unda ishtirok etishdan bosh tortdilar.

Tegishli memorandumni “Spartak”, SSKA, “Torpedo”, “Dinamo” va “Lokomotiv” imzolagan. “Shunda hamma qochib ketdi. MDH chempionatining tuzilishi va sxemasi, shuningdek, uning oxirigacha o‘tkazilishiga ishonch haqida aniq tasavvur yo‘q edi", - deb eslaydi afsonaviy futbolchi. Toshkentning “Paxtakor” jamoasi esa O‘zbekiston chempionatida o‘ynay boshladi. Mavsum yakunida jamoaning yetakchilari Andrey Pyatniskiy, Mirjalol Qosimov, Igor Shkvirin, Gennadiy Denisov Rossiyaga ko‘chib o‘tishdi.

O‘zbekiston chempionati bu saviyadagi futbolchilarni qiziqtira olmadi... Andreyning so‘zlariga ko‘ra, mavsum oralig‘ida “Paxtakor” raqiblarini yirik hisoblarda mag‘lub etdi. Futbolchi yana "Spartak"da ko‘zga tashlandi. Pyatniskiy eng jozibali taklifni oldi. O‘sha paytda Nikolay Starostin tufayli "Spartak" mamlakatda eng yaxshi moliyaviy sharoitga ega bo‘lgan jamoaga aylangandi. Pyatniskiy o‘zining birinchi Rossiya chempionatini "qizil-oqlar" tarkibida boshladi va u yerda qisqa muddatli faoliyatining eng yaxshi besh yilini o‘tkazdi.

Pyatniskiy o‘zi bilmagan holda "Deportivo"ga o‘tishi mumkin edi

Ha, yolg‘iz emas, balki Oleg Romansev bilan birga. Romansevning "Men va "Spartak" haqidagi haqiqat" nomli avtobiografiyasida ispanlar bilan muzokaralarda qatnashgan Aleksey Prudnikov shunday deb eslaydi: "Romansevni "Deportivo" stadioniga olib kelishdi va murabbiylar shtabiga tanishtirildi. O‘shanda "Deportivo" ustozi Arsenio Iglesias edi. U Romansev bilan hamkorlikda ishlashni, unga yordam berishni juda xohlardi. Biz Dasayevning murabbiylar shtabiga murabbiy-tarjimon sifatida kirishiga, qo‘shimcha ravishda u o‘zi bilan ikki futbolchi - Kulkov va Pyatniskiylarni olib kelishiga kelishib oldik. Andrey hali "Spartak"da o‘ynamagan edi, lekin Romansev allaqachon unga ko‘z tikkan edi. Biroq, yakunda na Romansev Ispaniyaga bordi (u jur’at etmadi), na Pyatniskiy. Ular 1992 yilda Tarasovkada yana birlashdilar.

“Men Romansevning yoniga kelganimda, u birinchi bo‘lib: “Jamoa yo‘q. Uni yig‘ish kerak" -deb yozgan o‘sha kitobda Aleksandr Tarxanov. Tarxanov Romansevning yordamchisi edi. Men va Yesaulenko ("Spartak" vise-prezidenti) jarayonga qo‘shildik. “Paxtakor”dan Pyatniskiy va Kechinovni, "Odessa"dan Simbalar va Nikiforovni taklif qildim".

Andrey mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi - o‘yin ham, psixologik muammolar ham unga salbiy ta’sir qildi. Agar “Paxtakor”da tayanch yarim himoyachi o‘ynagan bo‘lsa, “Spartak”da hujumga yaqinroq harakat qildi. Moslashishga qiyinlashdi: u "kolxozda aylanib yurganida" uning bo‘lajak jamoadoshlari "Real" va "Napoli"ni mag‘lub etishdi.

Bir necha oy o‘tgach, Andrey bunga ko‘nikib qoldi. Romansevning Pyatniskiy va Ledyaxovlarning o‘rnini almashtirish haqidagi qarori katta rol o‘ynadi. Birinchisi tayanch zonasiga qaytdi, ikkinchisi esa biroz balandroq ko‘tarildi. O‘sha Tarxanov Nikolay Petrovich Starostinni dastlab tanqid qilganini esladi: "Nega Pyatniskiyni jamoaga oldingiz?" - dedi Starostin. Buni eshitgan Andrey hatto "Spartak"dan ketishni ham xohladi. Andrey ko‘proq o‘ziga tanish pozisiyada o‘ynaganida, Starostin fikrini o‘zgartirdi: "Ular Pyatniskiyni taklif qilib, to‘g‘ri ish qilishdi!" - degandi.

1992 yilgi mavsumni mamlakatning eng kuchli klubi bo‘lgan "Spartak" notekis boshlandi, Oleg Romansev uzoq vaqt o‘yinni to‘g‘irlay olmadi. Pyatniskiy maydon markazida tayanch zonasida o‘ynagan Igor Ledyaxov bilan birga o‘ynay boshladi. "Bir payt Romansev Ledyaxov bilan o‘rnimni almashtirdi, men chuqurroq o‘ynashni boshladim va "Spartak"ni to‘xtatib bo‘lmaydi" - deb xotirlaydi Pyatniskiy. O‘sha yili “Spartak” Kubok Egalari Kubogining kuzgi bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, barcha raqiblarini mag‘lub etdi.

"Spartak" tarkibida birinchi mavsumda Pyatniskiy 23 o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi. Bir yil o‘tgach, butunlay boshqacha raqamlar paydo bo‘ldi: 39 uchrashuv, 14 gol va 12 golli uzatma. Andrey dramatik "qizil-oqlar" tarkibida Kubok egalari kubogida "Liverpul", "Feyenoord" va "Antverpen" jamoalari darvozasiga gol urdi, uch marta "33 talik ro‘yxat"ga kiritildi, Rossiya terma jamoasi tarkibida 1994 yilgi Jahon chempionatiga bordi.

Ko‘p yillar o‘tgach, Valeriy Karpin Rossiyaning eng yaxshi besh nafar futbolchisini aytib, Pyatniskiyni tilga olgandi. "Men uning imkoniyatlarini bilaman, biz birga o‘ynadik. U, ehtimol, o‘zini to‘liq anglay olmadi" - deb tan oldi Karpin.

"Spartak" qatorasiga uch mavsum Rossiya futbolida tengi yo‘q edi va Romansev jamoasining o‘yin uslubi "devor orqali o‘ynash", yugurish va raqib jarima maydonchasi yaqinidagi to‘p nazorati ustida qurilgandi. Keyinchalik, bunday futbol "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi tomonidan sayqallandi, u yerda Xavi va Andres Inyestalar porlashdi. 90-yillarning boshlarida "Spartak"da Pyatniskiy tayanch zonasida dirijyor rolini o‘ynagan, uni maydonda o‘zining imzosi bilan tanib olish oson edi. Pyatniskiysiz "Spartak" hech qanday hujum uyushtirmagan, jamoaning barcha hujumlari aynan Andrey orqali boshlangan.

1990 yilda Pyatniskiy SSSR terma jamoasining norasmiy o‘yinida Isroil jamoasiga qarshi o‘ynagan (3:0). 1992 yil qishda u MDH terma jamoasi tarkibida Shimoliy Amerika bo‘ylab gastrol safariga chiqdi, garchi u yakunda Yevropa chempionatiga chiqa olmadi. O‘sha yili u O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, ammo baribir Rossiya termasi sharafini himoya qilishga qaror qildi, u terma jamoada 1993 yil iyul oyida Kan shahrida Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qildi (1:3).

"Lujniki"dagi jarohat

1994 yilgi Jahon chempionatida Pyatniskiy Braziliya terma jamoasiga qarshi ochilish o‘yinida (0:2) o‘ynadi. Pyatniskiy terma jamoada yetakchiga aylanmadi. Ehtimol "Spartak" Ledyaxov, Dmitriy Alenichev, Valeriy Karpin, Fedor Cherenkov kabi yarim himoyachilarni almashtirgani tufaylidir... Taqdirning hazilini qarangki, Rossiya terma jamoasida Pyatniskiy jarohat oldi, bu uning uchun halokatli bo‘ldi.

1995 yil 6 mayda Farer orollari terma jamoasiga qarshi o‘yinda Pyatniskiy to‘pig‘ini jiddiy jarohatlaydi. Raqiblardan birining aybi bilan emas, "Lujniki"dagi dahshatli maydon tufayli, keyinchalik Andrey eslaganidek, "Lujniki" hech qachon yaxshi holatda bo‘lmagan. Vaziyat may oyidagi ta’tillar tufayli yanada og‘irlashdi, u Moskva kasalxonasida bir hafta o‘tgach normal yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi va yo‘qolgan vaqt yakunda ta’sir qildi. Pyatniskiy jarohatdan forig‘ bo‘ldi va ikki yarim oydan so‘ng u yana o‘ynadi, shu jumladan Chempionlar ligasida. O‘shanda "Spartak" o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazgan va guruhda oltita g‘alaba qozongan. Ammo Pyatniskiy endi jamoaning asosiy futbolchisi emas edi. Chunki, o‘zbek futbol maktabining yosh tarbiyalanuvchisi Valeriy Kechinov markazda o‘z pozisiyasini egallab olgandi.

Keyingi mavsumda Georgiy Yarsev boshchiligida "Spartak" jiddiy yoshartirilgan tarkibda o‘ynadi, chunki, jamoaning deyarli barcha yetakchilari xorijga ketishgandi. O‘zining eng yaxshi yillarida juda yuqori saviyadagi futbol ko‘rsatgan va talabga ega bo‘lgan Pyatniskiy ham ketishi kerak edi, ammo jarohat unga xalaqit berdi. Yoshlar uchun "amaki-ustoz"lardan biri bo‘lib qolgan Pyatniskiy asta-sekin tarkibdan butunlay chiqib ketdi. Chempionlikni qo‘lga kiritgan “Spartak” mavsumning yorqin yakunini Pyatniskiysiz o‘tkazdi.

Keyingi mavsumda Pyatniskiy uchinchi ligada "Spartak"ning o‘rinbosarlar safida o‘ynadi, ammo oyog‘i shunchaki o‘yinchiga bo‘ysunmadi. Saratovning "Sokol" jamoasida birinchi ligada ham o‘ynagan Pyatniskiy o‘z faoliyatini jimgina yakunladi. "Spartak" birin-ketin unvon olishda davom etdi va "Spartak"da yangi rahbarlar paydo bo‘lgach, bir yulduzning ketishi deyarli sezilmay qoldi. Vaqt o‘tishi bilan Pyatniskiyning o‘rniga kelganlar ham ketishdi va bir necha yil o‘tgach, "Spartak" milliy chempionatda ustunlik qilishni to‘xtatdi va ko‘p yillar unvonsiz qoldi.

1992 yilda "Spartak"ning chempionligini kuzatgan muxlislar uchun Pyatniskiy ularning sevimli o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uning jamoadagi rolini ortiqcha baholash qiyin, bundan tashqari Pyatniskiy sheriklarini doimo yaxshi holatda ushlab turdi. Pyatniskiy hech kimga bosim o‘tkazmagan va yetakchilik fazilatlari "Spartak" muxlislari tomonidan ayniqsa qadrlangan.

Andrey Pyatniskiy hozir nima qilmoqda?

Andrey faoliyatini yakunlaganidan keyin hayotidagi qiyin paytlar keldi. U kam daromad oldi, asosan faxriylar turnirlaridan mablag‘ ishlab topdi. "Menda hali ham jamg‘armalar bor. Agar Germaniya terma jamoasida o‘ynaganimda va u yerda jiddiy jarohat olganimda, ehtimol qandaydir daromadga yoki nafaqaga ega bo‘lardim. Bizda bunday narsa yo‘q" - deb tan oldi Pyatniskiy o‘z intervyusida.

Pyatniskiy bir vaqtning o‘zida "Spartak" akademiyasi va o‘rinbosarlari tarkibida ishladi. Vaqti-vaqti bilan bu kasbni tark etdi. Hozir u deyarli matbuot bilan aloqa qilmaydi va u juda uzoq vaqt davomida batafsil intervyu bermadi. Vaqti-vaqti bilan u ommaviy axborot vositalarida faqat ayrim dolzarb mavzularda qisqacha gapiradi. Andrey Vladimirovich Novomoskovskdagi murabbiylik amaliyotiga qaytdi. 2019 yilda u "Ximik-Arsenal" (Tulaning "Arsenal" farm klubi) murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Ilgari Pyatniskiy Orenburgning "Gazovik" va Moskva yaqinidagi "Vityaz" jamoalarini boshqargan, lekin unchalik muvaffaqiyat qozonmagan. Biroq, Pyatniskiy futbolsiz qolmaydi, uning ekspertlik fikri muntazam ravishda gazeta sahifalarida va Internetda paydo bo‘ladi.

Uning yutuqlari:

Milliy terma jamoa a’zosi: SSSR; Rossiya; MDH; O‘zbekiston (ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi), SSSR yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi a’zosi.

Jamoaviy yutuqlari: Rossiya chempioni: 1992, 1993, 1994, 1996, 1997. SSSR kubogi sohibi: 1991/92. Rossiya kubogi sohibi: 1993/94. 1990 yil (SSSR terma jamoasi tarkibida) yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni (21 yoshgacha). Hamdo‘stlik kubogi g‘olibi: 1993 (4 o‘yin, 3 gol)

Shaxsiy yutuqlari: SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi; SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi. SSSRda mavsumning 33 nafar eng yaxshi futbolchisi ro‘yxatida № 3 - 1991. Rossiya chempionatining 33 eng yaxshi futbolchisi ro‘yxatida: № 1 - 1992, 1993, 1994. Kubok egalari kubogining eng yaxshi to‘purari 1992-1993.

Andrey Pyatniskiy oilaparvar inson, rafiqasi Svetlana bilan ular qizi Dariyani tarbiyalashdi. Hozirda Andrey oilasi bilan Moskvada yashaydi, ona yurti Toshkentga tez-tez tashrif buyuradi, "Paxtakor" - 79ning unutilmas futbol turnirlarida qatnashadi va hokazo.

Kiritildi: 14:21, 27.09.2022. O'qildi: 4136 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.