Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Fiorentina
  • APL
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Levante
  • ECHL
      • 17.03.2026 22:45
      • Sporting
      • 5:0
      • Bude-Glimt
      • 18.03.2026 01:00
      • Arsenal
      • 2:0
      • Bayer
      • 18.03.2026 01:00
      • Chelsi
      • 0:3
      • PSJ
      • 18.03.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 18.03.2026 22:45
      • Barselona
      • -:-
      • Nyukasl
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Atletiko
  • Superliga
      • 18.03.2026 19:15
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 18.03.2026 19:15
      • Xorazm
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 18.03.2026 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • OKMK
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xotira: Haqiqiy jangchi namunasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol faxriylari
Rukn: Yangiliklar
A A A

«PAXTAKOR» YARIM HIMOYASIDA O‘YNAB, KLUB TARIXIDA CHUQUR IZ QOLDIRGAN SOBIQ ITTIFOQ SPORT USTASI VITALIY IVANOVICH SIBIN 76 YOSHIDA HAYOTDAN KO‘Z YUMDI.

«Paxtakor», «Terek» (Grozniy), SKA (Rostov) klublari, shuningdek, sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasida o‘ynagan O‘zbekiston jamoalarining yoshi katta muxlislari Vitaliy Sibinni markaziy hududda jonini jabborga berib harakatlangan kurashuvchan futbolchi sifatida eslab qolishgan. U maydonda tinib-tinchimas harakatlari bilan jamoalariga ko‘p bora yoqimli g‘alabalarni taqdim etgan.

Chechen futboli tarbiyalanuvchisi

Vitaliy Sibin faoliyatini Grozniyda, «Terek»ning farm-klubi - «Luch» tarkibida boshlaydi. Bu jamoa bilan Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi chempionatida g‘olib chiqqan yarim himoyachi asosiy jamoaga jalb etiladi, biroq taqdir taqozosiga ko‘ra, u «Terek»da atigi 2 mavsum o‘ynaydi, xolos. Vitaliy 1969 yili o‘zbek futboliga yuzlanib, ikkinchi liga «B» toifasida Xorazm viloyatining «Narimonovchi» jamoasida to‘p sura boshlaydi. Sibin bu klubda 1 yilgina ushlanib turadi. Bu uning uchun oliy liganing duch kelgan jamoasi emas, balki «Paxtakor»dek butun xalq ardog‘idagi drujina safiga o‘tishda ancha sarguzashtli urinish edi. Vitaliyni o‘ziga notanish o‘zbek diyoriga «Luch»da birga o‘ynagan do‘sti chaqirgandi. Qarangki, ushbu sarguzashti muvaffaqiyatli chiqadi. «Paxtakor» bosh murabbiyi - 1946 yili Angliya va Shotlandiya bo‘ylab uyushtirilgan o‘sha mashhur turne davomida Moskva «Dinamo»sini sardorlik bog‘ichi ostida maydonga boshlab tushgan Mixail Yakushin yangi futbolchi iqtidorini darhol payqaydi va unga sobiq ittifoq chempionati navbatdagi turidan o‘rin olgan «Chernomores» (Odessa)ga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkib vakillari bilan tayyorgarlik ko‘rishini buyuradi. «Hayajonlanma, - deydi afsonaviy Mixey. - Agar nimadir bo‘lsa, sen emas, men javob beraman!»

Shovqinli debyut

Sibinning debyuti 60 ming muxlis to‘plangan auditoriyada bo‘lib o‘tadi. Bu «Paxtakor» uchun odatiy hol edi, ammo futbolchiga emas. Tushunarliki, u hayratlanadi, hayajonlanadi. Vitaliy «Chernomores» futbolchilari bilan shu qadar jiddiy kurashga kirishadiki, ba’zida faqat raqiblari emas, balki ...o‘z jamoadoshlarini ham aldab o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Xullas, Grozniy futbol maktabi uyaltirmaydi - Vitaliy bir urinishda «Paxtakor» tarkibiga kirib oladi. Umuman, u Toshkent jamoasining 67ta o‘yinida maydonga tushadi - qiziqarli ikki mavsum. Sibin shuning barobarida kubok turniri va xalqaro o‘yinlarda ham chakki taassurot qoldirmaydi. Darvozabon Yuriy Pshenichnikov, qanotdagi reaktiv Birodar Abduraimov va sobiq ittifoqdagi eng kuchli zarba sohibi Gennadiy Krasniskiy kabi aslar hisobiga to‘liq muvozanatlashgan «Paxtakor» o‘sha davr Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg), Kiyev va Tbilisi klublari bilan hamisha murosasiz kurashardi. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning yana bir vakili «Qayrat» (Olma-Ota) bilan o‘yinlar prinsipial ahamiyat kasb etib, muxlislarda katta qiziqish uyg‘otardi. 

O‘tkir va davomli dard

«Paxtakor»ning 1979 yilgi aviahalokati... O‘sha samolyotda Vitaliy bilan birga o‘ynagan bir qator futbolchilar samoga sochilgandilar - Mixail An va Vladimir Fyodorov, shifokor Vladimir Chumakov, shuningdek, SKA (Rostov)­da tanishgan qadrdon do‘sti Viktor Churkin... 

Katta jamoalar kurashi

«Paxtakor»da ko‘zga tashlangan Sibin SSKA va Minsk «Dinamo»sidan takliflar oladi. Uning uchun kurashga SKA (Rostov) ham qo‘shiladi va ustun keladi. Vitaliyning eng yaxshi davri aynan «armiyachilar» safidagi vaqtiga to‘g‘ri keladi. U bu jamoada darhol yetakchilar qatoriga qo‘shiladi, keyinroq haqiqiy lider va sardorga aylanadi. O‘z o‘yini va xarakteri ortidan, albatta. Maydon markazini harakatlantiruvchi kuch sanalgan Sibin havas qiladigan taktik dunyoqarashga ega edi - yaxlit ansamblning haqiqiy motori. U yana effektli manyovrlari bilan katta ko‘lamda ish bajarardi. Darhaqiqat, Mixail Yakushin futbolchini Toshkentda shu sifatlari tufayli qadrlagan, Moskva va Minsk klublari unga bejiz ko‘z tikmagandi. Rostov jamoasi esa Sibinning qadrdon shahri - Grozniyga yaqinroq ekanligi tufayli kurashda ustun kelgan.

Lekin SKA qiyin davrlarni boshdan kechirayotgandi - jamoa muntazam oliy ligadan tushib, qaytib chiqardi. Shuni nazarda tutsak, klubning Vitaliy Sibin kabi sodiq, jiddiy, irodali futbolchiga ega bo‘lgani e’tiborga molik. Umuman, qahramonimiz SKAning 139ta o‘yinida qatnashib, 9ta gol uradi. Faoliyati yakunida esa qisqa muddatga Markaziy Osiyoga qaytib, «Bo‘ston» (Jizzax) va «Yangiyer» jamoa­lari safida ko‘rinish beradi. 

Alohida o‘yin

Sibin ishtirok etgan 350tadan ortiq o‘yinning aksariyati murakkab va o‘tkir ssenariyga ega. Lekin ular orasida bittasi alohida ajralib turadi. SKA 1972 yilning 16 mart kuni kubok turnirida Kiyev «Dinamo»sini qabul qiladi. «Armiyachilar» dastlabki o‘yinda 0:1 hisobida yutqazishgandi, o‘z maydonlarida esa xuddi shu hisobda revansh olishadi - Yevgeniy Rudakov darvozasini Anzor Chixladze chiroyli tarzda ishg‘ol qiladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmagach, navbat penaltilar seriyasiga keladi - jarima zarbalarining takrorlanmas konveyeri. Deyarli har bir futbolchi zarba beradi va gol uradi. Hatto darvozabon Rudakov ham. Vitaliy Sibin esa «nuqta»ga 7-bo‘lib yaqinlashadi - vaziyat o‘ta tarang. U sovuqqonlik bilan kiperga imkoniyat qoldirmaydi. Hisob 8:8ga yetgach, SKAning yosh himoyachisi Yuriy Smirnov ishonch­li zarba yo‘llaydi, kiyevliklardan ham umidli yigit to‘pga yaqinlashadi va darvoza ustunini mo‘ljalga oladi. O‘sha omadsiz yigit keyinchalik butun ittifoq futbolining yetuk golea­doriga aylangan Oleg Bloxin edi. Umuman, Sibin «Paxtakor» va SKAdagi faoliyati davomida eng mashhur jamoalarga qarshi o‘ynaydi, maydonda Lev Yashin, Anzor Kavazashvili, Valeriy Voronin, Valentin Ivanov, Albert Shesternev, Vladimir Muntyan, Viktor Shustikov, Valeriy Maslov, albatta, afsonaviy Eduard Strelsov kabi megayulduzlar bilan to‘qnash keladi. SKAda esa Aleksey Yeskov, Lev Kudasov, Valentin Afonin va Valeriy Gazzayev bilan birga maydonga tushadi. Futbolchining qiyin, ammo haqiqiy baxti shu.

Murabbiy rolida

Vitaliy Ivanovich o‘ynovchi-murabbiy sifatida Shimoliy kuchlar guruhi jamoasi sharafani himoya qilgan, shuningdek, «Yangi­er»ni shug‘ullantirgan. Davlat jismoniy tarbiya institutini muvaffaqiyatli tamomlagach, 1990-1991 yillarda «Gornyak» (Gornyaskiy)ni boshqaradi, keyinroq «Start» (Eysk) bosh murabbiyi rolini bajaradi. Qolaversa, rostovlik bolalarning bir necha avlodiga futbol sir-asrorlarini o‘rgatadi. Shuningdek, hakam rolida ham ishlaydi. Xullas, hayot yo‘lida sezilarli iz qoldirgan Sibinni haqli ravishda futbolning ajo­yib universal o‘yinchisi sifatida ta’riflash mumkin.

O‘FA Futbol faxriylari kengashi Rostov shahrining butun sport jamoatchiligi bilan birga marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, chuqur hamdardlik bildiradi. Vitaliy Ivanovich Sibin xotiramizda Don futbolining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, sevimli o‘yinida o‘zini to‘liq namoyon etgan yorqin iqtidor sifatida abadiy qoladi.

O‘FA Futbol faxriylari kengashi matbuot guruhi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:56, 27.01.2023. O'qildi: 1345 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.