Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • 2:0
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Startdagi ajabtovur kashfiyot yoxud yana «Arsenal» haqida...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Doimo APLning yangi mavsum boshlanishi arafasida «Arsenal» istehzolarga sabab bo‘lardi....

Nihoyat, bu sho‘rlik jamoa 1-o‘rindan joy oldi, hatto ro‘yxat hech qaysi jamoa ochkolarga ega bo‘lmagan, alfavit bo‘yicha tuzilgan bo‘lsa ham mayli. Biroq mavsum boshlanib, 7ta tur (xo‘p, 6,5 bo‘la qolsin) ortda qolgan bo‘lsa hamki, «Arsenal» yaqqol peshqadamligicha qolmoqda. 6 g‘alaba va safardagi «MYU»dan qabul qilingan mag‘lubiyat.

Hozir «To‘pchilar» har bir uchrashuvda favorit maqomida o‘ynab, haqqoniy ravishda ochkolar olishmoqda. Yaqin o‘tmishda jamoaga ana shu barqarorlik yetishmayotgandi. Atigi bir yil muqaddam yangi asrda ilk bora yevrokubok musobaqalaridan chetda qoldi, keyin mavsumni 3ta mag‘lubiyat bilan boshladi. O‘shanda Artetaga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi aniqdek tuyulgandi. Lekin Mikel hech qayoqqa ketmadi, jamoa ingliz futbolining kazo-kazolari safiga qaytdi. Xo‘sh, nimaning hisobiga jamoa ijobiy tomonga o‘zgardi?


1. «Arsenal» futbolchilari o‘smoqdalar

Bu muvaffaqiyatning asosiy sabablaridan biri. Rems­deyl «Arsenal» libosini kiyishi bilanoq Angliya terma jamoasida debyutini nishonladi. To‘g‘ri, bu masalada Sakachi, degan savol bilan hazillashish mumkin. Martinelli Braziliyaning «D» seriyasidan keldi-yu, boshlang‘ich tarkibga mixlandi-qoldi.

O‘ta sezilmaydigan shiddatni Saliba namoyish etdi. Sezilmasligining boisi shuki, u «surgunlar»dan «mulla» bo‘lib qaytdi. U o‘z xatolari tufayli raqiblariga gollar sovg‘a qilishni to‘xtatishdan tashqari, o‘zi gol uradigan bo‘lib qoldi. 7ta o‘yinda 2ta gol - himoyachi uchun a’lo ko‘rsatkich!

Jakadagi shiddatli taraqqiyot xususida butun bir kitobni yozish mumkin. Uning joriy mavsumdagi barcha ko‘rsatkichlari kasbdoshlarinikidan yuqori.

Debyutini yuksak saviyada nishonlagan Edegor endi sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushmoqda.


2. Darchaning so‘nggi kunlaridagi samarali kelishuvlar

Jezus - ideal xarid. Bugungi «Arsenal»ning eng yaxshi o‘yinchisi. Ha, avvaliga uning oldingi chiziqda qanday o‘ynashi shubha ostida edi, chunki Gvardiola uni vinger pozisiyasiga qayta tayyorlagandi. Zinchenko hozircha ajoyib taassurot qoldirmoqda. Jarohat olmaganida, yanada yaxshiroq o‘ynardi. Fabiu Viyeyra - Edegorning o‘rinbosari, lekin maydonga tushishi bilan ajoyib gol urdi. 

Oxirgi ikki transfer darchalari tahlil etilsa, Edegor, Remsdeyl, Martinellilar yoniga Ben Uaytni qo‘shish mumkin. Tomas Parti - jamoaning hal qiluvchi o‘yinchisi. Pepening 80 mln. yevrolik transferi kabi omadsizliklar endi takrorlanmayapti.


3. «Arsenal»da bir-birining o‘rnini to‘ldirish xislati paydo bo‘ldi

Oxirgi yilda jamoaning bir qator a’zolari o‘z pozisiyalarini o‘zgartirdilar. Universallik xislati evaziga Ben Uayt himoya chizig‘ining o‘ng qanotiga o‘tdi. Jaka markazdan tashqari, chap qanotda ham ishonchli to‘p surmoqda. «To‘pchilar»ning o‘yin davomida joy almashishlari alohida e’tirofga loyiq. Martinelli himoya chizig‘idagi sheriklariga ko‘maklashadi, «Brentford»ga qarshi o‘yinda Sakada ham shunday harakatlarni ko‘rdik. Jezus esa aynan shu xislati evaziga jamoadoshlarini qulay vaziyatga olib chiqmoqda. GolQpas tizimida u 7 (4}3) ball bilan faqat Xolanddan 12 (11}1) ortda bormoqda.


4. YECHL yo‘q, YELda esa 2-tarkib bilan o‘ynash mumkin

O‘tgan mavsumda yevrokubok musobaqalaridan chetda qolgani va Angliya Kubogi turnirini barvaqt tark etgani «Arsenal»ga ancha qo‘l kelgandi. Ana shu erkinlik evaziga dastlabki 8 turdan keyin 12-o‘rinda turgan jamoa mavsumni yetakchi kvartetda yakunladi.

Endi «to‘pchilar»ga barcha raqobatchilarga nisbatan («MYU»dan tashqari) ECHLda ishtirok etmayotganligi yordam bermoqda. «Tottenxem», «Liverpul» va «Chelsi» nufuzli musobaqa tufayli kuch yo‘qotayotgan (faqat «Man.Siti» xotirjam o‘ynamoqda) pallada «Arsenal» 2-tarkibi bilan YELda muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.


5. Jamoa nostandart yurishlarni o‘ylab topmoqda

«Arsenal» muvaffaqiyatni ta’minlayotgan 4x2x3x1 sxemasini o‘zgartirmagan bo‘lsada, murabbiylar shtabi doimo qandaydir yangi yechimlarni o‘ylab topmoqda. «MYU»ga qarshi bahsda jamoa g‘ayri-tabiiy jarima zarbasini namoyish etdi:

Edegor nigohlari bilan to‘pni jarima maydonchasi ichiga yo‘llashini ko‘rsatib, keyin to‘pga nazar tashladi. Lekin «MYU» himoyachilari o‘z darvozalari tomon yo‘l olishganida, u to‘pni jarima maydonchasi tashqarisidagi yarim aylanaga yo‘lladi. U yerda yolg‘iz qolgan Saka to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Gol ura olmadi, lekin o‘ylangan reja chakki emasdi.


6. Intizomga munosabat o‘zgardi

O‘tgan mavsum jamoada bir qator muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Klub rahbariyati mavsum o‘rtasida Obameyangni tarkibdan chetlatdi. Qizig‘i shundaki, sal avvalroq sardor bilan shartnoma muddati uzaytirilgandi. Undan avvalroq klub Genduzi bilan aloqani uzgandi. Jaka bilan bog‘liq vaziyat ham maqtaydigan darajada emasdi, lekin u jamoada qoldi. Emeri ketganidan keyin, yarim himoyachi va Arteta o‘rtasida kelishmovchiliklar kuzatilmadi. Aksincha, murabbiy shveysariyalik shogirdiga sardorlik bog‘ichini qaytardi. Hozir Granit sardorning 1-o‘rinbosari, Edegor maydonga tushmasa, bog‘ich uniki.


7. «Arsenal» o‘z o‘yinini topib oldi, bahsni dadil o‘tkazmoqda

So‘nggi band - avvalgilarining davomi. Unda futbolchilarning o‘ziga xos xislatlari va o‘yin uslubi ahamiyatli. «Arsenal» ochiq-oydin, hujumkor o‘yindan cho‘chimaydi. Bu borada Artetani «Siti»dan nusxa ko‘chirganlikda ayblash mumkin. Axir u Gvardioladan ta’lim olgan.

Taqqoslash uchun misol oladigan bo‘lsak, «Tottenxem» hatto «Nottingem Forest»ga qarshi hujum taktikasini qo‘llashi mumkin. Ehtimol, Kontening taktikasi oxir-oqibat ko‘proq ochkolarni keltirayotgandir. Lekin «To‘pchilar»ning maftunkor futboli o‘yinchilarning o‘zlariga ham huzur bag‘ishlaydi. Remsdeyl hozir APLning eng dadil darvozaboni, g‘ayrati jo‘sh urishi uchun u raqib jamoa muxlislarini olqishlashdan ham toymaydi.

Avgust oyida «Arsenal»ning o‘tgan mavsumdagi faoliyati haqida «Hammasi yoki hech narsa» nomli hujjatli film yaratildi. Unda Obameyang bilan xayrlashish va Arteta o‘z shogirdlarini qay usulda o‘yinga da’vat etishi lavhalari namoyish etildi. Murabbiy futbolchilarning kayfiyatini nazorat qilishga va shunga yarasha ish tutishga intiladi. Hozircha, hammasi risoladagidek ketmoqda. To‘plar go‘yo o‘z ixtiyori bilan darvozaga yo‘l olayotgan, Jezus esa o‘z raqsi bilan Vinisiusga salom yo‘llayotgandek. Keyin «to‘pchilar» 15 yoshli Nvanerini jangga tashlaydilar. Eslab qoling, u - APL tarixidagi dastlabki 15 yoshli futbolchi!

Yanada ta’sirchan voqea «Bornmut» - «Arsenal» (0:3) uchrashuvida kuzatildi. Unda londonlik muxlislar 8-daqiqadan boshlab suyukli jamoalarining har bir to‘p uzatishini «ole» hayqirig‘i bilan qo‘llab,quvvatlab turdilar. Shunaqa da’vatni qayerda ko‘rgansiz? To‘g‘ri, bu arzimas taktik usuldek tuyulishi mumkin, ammo faqat hozirgi «Arsenal»ga xos.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 07.10.2022. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Чехия Ladislav Kreychi 1
4 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
5 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик