Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Meyson Maunt: «Oldinga qadam tashlash uchun bor kuchni ishga solish kerak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Angliya milliy jamoasi pleymeykeri Meyson Maunt o‘z klubi - «Chelsi» rasmiy saytiga bergan eksklyuziv intervyusida asosan Qatar mundialiga bog‘liq umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

U shu asnoda bolalik davri o‘zi tomosha qilgan turnirlar va ularda kuzatilgan mashhur gollarni esladi, afsonaviy futbolchilar ta’siri haqida ham gapirdi. Hozirga qadar Angliya­ning U-16 termasidan milliy jamoasigacha bo‘lgan yo‘lni bir nafasda bosib o‘tgan Meyson bo‘lajak jahon forumida ham o‘z salohiyatini to‘liq ko‘rsatmoqchi. 23 yoshli futbolchi shu maqsadda kattalar miqyosidagi debyut mundialiga jiddiy shaylanmoqda.

- O‘zingiz kuzatgan ilk jahon chempionatini qanday eslaysiz?

- 2002 yilgi JCHdan ayrim lahzalar xotiramga muhrlangan. Deylik, chorak final o‘yi­nida Ronaldinyoning Angliya terma jamoasi darvozasiga urgan golini eslayman. Umuman, o‘sha mundialda kuzatilgan chiroyli va muhim gollarni bilaman, lekin hammasi qanday kechganini emas. Chunki 2002 yili atigi 3 yoshda bo‘lganman. Germaniya mezbonlik qilgan keyingi JCHni esa to‘liq kuzatganman, uning voqealari ham esimda. Ayniqsa, turnirni «portlatgan» Ueyn Runi o‘yinlari katta taassurot qoldirgandi. Ulg‘aygan sari jahon turnirlarini oilam davrasida Angliya terma jamoasi futbolkasida birgalikda tomosha qila boshlaganman. Aytishim mumkinki, har bir katta o‘yin arafasida kuchli hayajonga tushardim, bor diqqatimni maydondagi voqealarga qaratardim. Umuman, jahon chempionati barchani, hattoki, butun xalqni birlashtirish quvvatiga ega. Qisqasi, mundiallarga bog‘liq xotiralarim juda ko‘p va ajo­yib.

- Qiziq, o‘yinlarni oddiy muxlis sifatida ko‘rarmidingiz yoki kuzatish asnosida qandaydir qo‘llanmalar olish maqsadida?

- Avvalo, muxlis maqomida, albatta. Shuning barobarida Angliya termasi va boshqa jamoalar safida to‘p surgan afsonaviy futbolchilar harakatini obdon kuzatishga ham qiziqqanman. Endi esa o‘zim futbol ichidaman va taassurotlar biroz boshqacha. Xususan, Rossiyada o‘tkazilgan oxirgi jahon chempionati o‘yinlarini bevosita stadionlarda ko‘rdim. Rossiya safari davomida Angliya termasi joylashgan mehmonxonada ham bo‘ldim va mamlakat nomidan JCHdek turnirda maydonga tushish qandayligini ma’lum darajada his qildim. Shu ma’noda JCH-2018ga kuzatuvchi sifatida borish men uchun beqiyos maktab bo‘ldi. Oddiy aytganda, barchasini yaqindan ko‘rish va anglash juda katta ahamiyat kasb etdi, umuman, o‘sha sayohatdan ko‘p narsa olib qaytdim.

- Mundiallar uchun atalgan qo‘shiqlardan qay birini bilasiz, ulardan eng yaxshisini ayta olasizmi?

- Shakiraning 2010 yilgi jahon chempionati uchun yaratgan qo‘shig‘i (Waka, Waka, This Time for Africa)ni har doim eslayman - kuy va so‘zlarning haqiqiy uyg‘unlashuvi! Vindaloo qo‘shig‘i ham yaxshi chiqqan, bunisi shunchaki, mo‘’jiza.

- Esingizda qolgan jahon chempionatiga taalluqli eng yorqin lahza...

- Frenk Lempardning Germaniya terma jamoasi darvozasiga urgan goli. Afsuski, shunday chiroyli va toza gol hisobga olinmadi. O‘sha o‘yinni jonli ravishda ko‘rganman va lahzalarini eslasam, hanuzgacha siqilaman. Chunki Lempard zarbasidan keyin to‘p darvoza ichiga kirganini hamma ko‘rgandi, faqat hakamlar emas. Oxir-oqibat, mo‘’jizakor gol uvol ketdi. Shuningdek, miyamga o‘rnashgan yorqin lahzalardan yana biri - bu Xames Rodrigesning goli. Umuman, uning ijrosida Braziliya-2014 turniridan esga olishga arziydigan harakatlar juda ko‘p - gavdaning ko‘krak qismi bilan gol, «voleybol», shuningdek, sehrli driblinglar... Qisqasi, Xamesning 2014 yilgi ishtiroki aqlga sig‘mas darajada zo‘r chiqqandi.

- Mundiallarda o‘zingiz ko‘rgan eng kuchli futbolchi kim?

- Yoshligidayoq jamoada katta rolni qo‘liga olgan Runi va albatta, Beks (Devid Bekxem). Shu ikkisi meni har doim o‘zgacha ilhomlantirgan. Esimda, bolaligimda jarima zarbasini Bekxem usulida tepishga urinardim. Biroz ulg‘ayganimda yosh Runi katta sahnaga ko‘tarildi va uning qanday yulduz bo‘lganiyu, hamisha diqqat markazida turganini alohida kuzatdim. O‘sha vaqt Ueynning o‘yinlari, umuman, faoliyati shunchaki, aqlga sig‘masdi. Axir u Angliya futbolidagi rekordlarni birin-ketin yangilashga tushib, eng zo‘ri ekanligini isbotladi. Xullas, mundiallarda eng kuchli taassurot uyg‘ongan futbolchilardan biri - Runi.

- JCHda foydalanilgan eng sevimli futbolka...

- Menga hamisha Angliya termasining qizil rangli libosi yoqqan. Jamoa asosan safar o‘yinlarida o‘sha formada harakatlanardi. O‘zimda esa Bekxemga tegishli 7-raqamli forma bor edi.

- JCH uchun ishlab chiqarilgan eng chiroyli to‘p...

- «Jabulani»-2010ni yaxshi eslayman. Futbolchilar u bilan chiroyli gollar urishgan. Adashmasam, ochilish o‘yinidayoq kimdir uzoq masofadan chap oyoqda benazir gol urgan va sharhlovchi ham bunga qoyilmaqom munosabat bildirgandi: «Bu gol butun Afrika uchun!»

- Imkon berilsa, jahon chempionati finalida qaysi stadionda maydonga tushishni xohlardingiz?

- Ma’lum sabablarga ko‘ra, Portudagi «Dragau» arenasini tanlayman. Undagi muhitni ta’riflashga til ojiz.

- Qatar-2022 startini intiq holda kutayotganingiz aniq. Bo‘lajak JCHga bog‘liq umidlaringiz qanday?

- Bolalik yillari jahon chempionatida qatnashishni orzu qilib, vaqti kelib turnirga yo‘llanma olish va milliy jamoa tarkibiga tushish - bu aql bovar qilmas o‘zgacha tuyg‘u. Guruhimizdagi raqiblarni yaxshi bilamiz, so‘nggi bir necha yil davomidagi o‘yi­nimiz bilan nimalargadir da’vogarlik qilishimizga ishonchimiz komil. O‘tgan turnirga nisbatan olganda, yana bir qadam oldinga yurish uchun bor kuchimizni ishga solamiz, albatta.

- Sizningcha, Qatarda qaysi jamoalarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak?

- Har doimgidek, Yevropa vakillari - Ispaniya va Germaniya termalariga. Yana Braziliya va Argentina kabi azaliy kuchli jamoalar borki, hech qachon ularga qarshi o‘ynamaganman. Bunday o‘yinlarda ishtirok etish - orzu. Afsuski, Angliya termasi xalqaro futbolda braziliyaliklar va argentinaliklar bilan kamdan-kam holda to‘qnash keladi. JCH esa shunday imkoniyat taqdim etishi mumkin. Har ikki jamoaning tarixga aylangan turnirlarda ko‘rsatgan karomatlari - alohida hikoya. Shunday ekan, Braziliya va Argentina termalariga qarshi o‘yinlar har qanday futbolchini o‘zgacha to‘lqinlantirishi mumkin. Bular - siz duch kelishni istaydigan raqiblar.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:43, 12.10.2022. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик