Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murod Rizayevdan Kuvaytdagi futzal chempionati taassurotlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futzal t.j. / Erkaklar futzal t.j.
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futzal g‘alati o‘yin. Unda g‘aroyibotlar ko‘p bo‘ladi. Misol uchun darvozabon o‘rniga o‘yinchini tushirib harakat qilish katta tavakkaldir va juda katta aniqlikni, ziyraklikni talab etadi. Raqib standart vaziyatlarida soniyaga konsentrasiyani yo‘qotdingmi, tamom. Jazolanasan. To‘rtlikdagi bitta o‘yinchining jarohat olishi o‘yinga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shu bois ko‘pincha futzalda yirik hisoblar, kutilmagan natijalar qayd etiladi. Kuvaytdagi Osiyo chempionati ham bundan mustasno bo‘lmadi... Avvalo shuni aytishim kerak , Litvada bo‘lib o‘tgan mundialda futzalchilarimiz bilan birga bo‘lish nasib etmagan edi. Bu safar menga bunday imkoniyatni taqdim etgan O‘zbekiston futbol assosiasiasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

"Turkish havo yo‘llari"dagi g‘irromlik
Terma jamoamiz a’zolari akklimatizasiyani hisobga olib Kuvaytga vaqtliroq 22sentyabrda ketishdi. Meni esa chiptalarim Toshkent-Istanbul-Al-Kuvayt yo‘nalishi bo‘yicha termamizning birinchi o‘yiniga, ya’ni 27 sentyabr kuni Kuvaytda bo‘lishimni ta’minlar edi. Lekin "Turkish havo yo‘llari" xodimlarining ataylab qilingan xatosi tufayli 10ga yaqin odamlarning reysi bir necha soatga surildi. 16.05da uchadigan reys uchun aeroportga roppa-rosa 15.00da yetib bordim. Mendan ancha oldin borgan yo‘lovchilar ham darg‘azab bo‘lib turishgan ekan. Sababini eshitib yoqamni ushladim. Ortiqcha chipta sotilganmish va bort yo‘lovchilar bilan to‘lganmish. Voajab...

Xuddi o‘sha yo‘nalish bilan o‘rniga o‘rin yangi chiptalar qilib berishdi. Bir necha soat kech uchgan bo‘lsak-da, termamizning birinchi o‘yiniga yetib borish nasib etmadi. Kuvaytga 27 oktyabrdan 28 oktyabrga o‘tar kechasi tunda yetib bordim. Mehmonxonaga kirishim bilan Davron Choriyevni uchratib qoldim. U hali uxlamagan ekan. G‘alaba bilan tabriklab biroz suhbatlashdim.

Mehmonxonaga joylashgach, yo‘l charchog‘idan shekilli o‘sha zahoti uxlab qolibman. Ertalab tursam mahalliy vaqt bilan soat 10:17. Turishim bilan yuvinib "Saad al-Abdulloh" majmuasiga yo‘l oldim. Borganimda Yaponiya-Saudiya o‘yini boshlanib bo‘lgan ekan. Birinchi ko‘rgan o‘yinimda Yaponiya yaxshi o‘ynay olmadi va mag‘lubiyatga uchradi — 1:2. Ochig‘ini aytaman, o‘sha kuni shu jamoa chempion bo‘ladi deyishsa, menimcha barcha "olaaa, obqocha"  deygan bo‘lardi.

Meni xursand qiladigan tomoni — terma jamoa futzalchilari, murabbiylar shtabi meni o‘zlariga eng yaqin insonlaridek qabul qilishdi. Nonushta, tushki, kechki ovqat, mashg‘ulotlarda va boshqa paytlarda ham shunga amin bo‘ldimki, Bahodir Ahmedov murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan birga juda samimiy va ahil jamoani shakllantira olgan edi. Bu terma jamoaning eng katta yutug‘i edi. Shtabdagi barcha o‘zining ishiga ma’suliyat bilan yondoshardi. Administrator Akmal Qoraboyev to‘plar, intrumentlar, futzalchilarning kiyimlarini ozodaligiga javobgarlikdan tashqari  boshqa ko‘plab vazifalarni bajarishga ulgurardi. Tasvirchi Husan Nizomiddinov nafaqat bizning o‘yinlarni tasvirga tushirishi, balki raqiblar o‘yinini ham yaxshiroq o‘rganish uchun imkoniyat yaratib berardi. Undan tashqari O‘FAga ma’lumotlar yetkazishda ham faol bo‘ldi. Murabbiylar Bahodir Ahmedov, Nodir Eliboyev va fitnes murabbiy Arkais Gomes futzalchilarga juda kuyunchaklik bilan bosh qosh bo‘lishdi. Ayniqsa, mashg‘ulotlarda uchala murabbiylarimizning kuyunib, asabiylashib ko‘rsatma berishlarini ko‘rib bu qanchalik qiyin kasb ekanligini yana bir bor his qildim. Ispan mutaxassisi Arkais Gomes futzalchilarning jismoniy holatidan tashqari, ularning ovqatlanishigacha o‘zini ma’sul deb his qildi. Kerak paytda koyib ham berdi. Shifokor va massajchi Rasul Dayanov ham tinim bilmasdan har kuni futzalchilar bilan mashg‘ul bo‘lgani tushunarli hol albatta. U davolash bilan birga muolaja ishlarini ham olib bordi. Eng ko‘p va qiyin vazifa menejer Umid Hatamovga yuklatilgan edi. Hujjatlar bilan shug‘ullanish, chiptalar, tarjimonlik, kerakli narsalar bilan ta’minlash, yo‘lboshchilik, xullas, hamma uchun asosiy javobgar shaxs vazifasini qoyilmaqom uddaladi. Shunchaki respekt. Xullas hamma, futzflchilar ham o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondoshishdi... Ha aytmoqchi, futzalchilarni mashg‘ulotlarga yoki o‘yinga ketayotganda murabbiy Nodir Eliboyev boshchiligida ahillik bilan "Ovchini topish"  o‘yinini o‘ynab ketishi kishini havasini keltirdi. Bu futzalchini topqirligini, fikrlashini yaxshilashdan tashqari, qaysidir o‘yindagi vaziyatlarni tezroq unutish uchun ham juda asqotardi.

O‘zbekiston-Tojikiston o‘yini

Tojikiston bilan bo‘lgan o‘yinning ikkinchi taymi ba’zi kamchiliklarimizni ko‘rsatib qo‘ydi. Bu esa raqibning har qanday kutilmagan taktik qaroriga qarshi tayyor bo‘lishimiz kerakligini anglatardi. G‘alabadan esa ko‘pchilikning ko‘ngli to‘lmadi...

Lekin bu g‘alaba bizni birinchi bo‘lib 1-o‘rin bilan chorak finalga olib chiqdi. Shu bois bizni Kuvayt-Iroq va Yaponiya-Vyetnam o‘yini qiziqtirar edi. Birinchi juftlik o‘yinini barcha majmuada qolib ko‘rdi. Jangovar kurashda 2:2 hisobi qayd etildi. Chorak finalda mezbonlarga qarshi to‘p suradigan bo‘ldik. Ertasi kuni Yaponiya-Vyetnam o‘yinini murabbiylarimiz majmuadan, men esa xonada yutub orqali ko‘rdim. Yaponiya yana bo‘sh o‘ynadi. Agar o‘sha uchrashuvda yaponlar ikkinchi golni ura olishmaganda bizga keyinchalik yarim finalda Vyetnam yoki Indoneziya ro‘baro‘ kelgan bo‘lardi. Yaponlar esa kerakli ikkinchi golni urishdi va guruhdan to‘plar nisbati evaziga birinchi o‘rin bilan chiqishdi. Musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlagan kunchiqar yurt vakillari, qarangki, Indoneziyadan ham qiyinchilik bilan o‘tishdi. Ular juda qo‘pol o‘ynashar edi. Balki shu natijalar meni Yaponiyaga bo‘lgan ishonchimni ancha pasaytirgan bo‘lsa kerak. Kuvayt bilan bo‘lgan o‘yin ham biz uchun oson kechmadi. Mahalliy muxlislar ko‘pligi uchun Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislarimizni ikkinchi qavatga ravona qilishdi. Lekin Abduraxmon boshchiligidagi 100ga yaqin Kuvaytdagi o‘zbeklar ham mahalliy ishqibozlarga bo‘sh kelishmadi. Uchala golimiz ham bir-biridan chiroyli bo‘ldi. G‘alabani ham O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida chiroyli tarzda, o‘zbekcha osh bilan nishonladik. Bu borada elchixona rahbari Bahrom akaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shu kuni OFK musobaqalarni o‘tkazish departamenti rahbari Avazbek Berdiqulov ham biz bilan birga bo‘ldi. Shu tariqa yarim finalga yetib keldik.

O‘zini oqlamagan taxminlarim..
Raqib — Yaponiya. Ko‘pchilik Yaponiya ancha xavfli raqib ekanligini aytib meni hayron qoldirishardi. Chunki bu termaning o‘yini bir vaqtlari chempion bo‘lgan termaning o‘yiniga o‘xshamas, qiyinchiliklar bilan chiqib kelishayotgan edi. Anasxon Rahmatov avtobusga chiqishdan avval: "Murod aka, bugun qattiq jang bo‘ladi", — dedi.

Yo‘g‘e, yigitlar o‘z o‘yinini o‘ynasa, bemalol yutamiz, deb javob berdim. Lekin chuchvarani xom sanagan ekanman. Artur boshchiligidagi Yaponiya raqibga qarab o‘yinini o‘zgartira olishini qayoqdan ham bilay. Shunday bo‘lsa-da g‘alaba qozonishimizga ishonchim komil edi. Birinchi bo‘limda Husniddin Arturdan chiroyli tarzda o‘tdi va to‘pni Ilhomga yetkazdi. Hamroyev hujumni chiroyli yakunladi — 1:0. Birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi. Lekin Ravshan Eliboyev jarohat olgani yomon bo‘ldi. O‘rniga Rustam Umarov tushirildi.

Ikkinchi bo‘limda jang jiddiy davom etsa-da, ustunlik yaponlarga o‘tdi. Ular raqibni bildirmay turtish, urib olish usullaridan ham ustalik bilan foydalanishdi. Bu esa asabiylashishimizga va gollarga olib keldi. Ikkita xato ikkita gol. Keyin esa futzalchilarimiz beshtalik o‘yinchi bilan rosa hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi. Lekin Yapon darvozaboni muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Alamli mag‘lubiyat. Buni esa qabul qilish juda qiyin bo‘ldi. Ammo, afsuski, boshqa choramiz yo‘q edi. Rosa alam qildi... Nega? Nima uchun? Futzalchilarimizga savol berar ekanman "Yaponiya — kuchli jamoa" degan javoblarni eshitgim kelmasdi. Dilshod, Husniddin, Anas Yaponiyaning tayyorgarligi boshqacha bo‘lganligi, ular raqibga qarab taktikani o‘zgartira olishini aytishar edi. Men esa alamda "o‘z o‘yininglarni ko‘rsata olmadinglar, yapon bizdan kuchli emas edi, yutishinglar kerak edi" deyishdan charchamasdim...

Eron - Tailand o‘yinini majmuadan ko‘rar ekanman, Tailand menda yaxshi taassurot qoldirdi. Tailand kuchli, qiyin bo‘ladi deganimda esa, yigitlar "Murod aka, qarab turing, Xudo xohlasa, bu komandani yutamiz" deyishardi. Jumladan, administrator Akmal ham Tailandni yutishimizni ta’kidlab, mendan final haqida so‘radi. Eron kamida uchta farq bilan yutsa kerak dedim ishonch bilan.

U esa "Eron yutsayam, juda qiynalib yutadi" dedi. O‘sha kuni "Miksbol" ko‘rsatuviga intervyu berar ekanman, yaponlarni "Real"ga qiyos qilib o‘yindan o‘yinga kuchayib borayotganligini, yaponlar bilan o‘yinimiz qovushmaganligini, Tailand ancha kuchli ekanligini, agar yana yapon bilan bo‘lgan o‘yindagi kabi o‘ynashsa futzalchilarimiz yuta olmasliklarini, o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishsagina yutishlari mumkinligini aytdim. Mening gapim ta’sir qildimi yoki murabbiylar zo‘r motivasiya berishdimi, futzalchilarimiz o‘zlarini nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishga ahd qilishdimi, bilmadim, 3-o‘rin uchun kurash boshqacha kechdi. Men O‘zbekiston terma jamoasining haqiqiy kuchini, haqiqiy o‘yinini ko‘rdim. Bronza medali! O‘yindan keyin futzalchilar menga qarab "nima bo‘ldi, qalay Tailand" deb hayqirishar, men esa kulib ularni tabriklardim.



Nihoyat final. Final o‘yinini ko‘ribgina bu Yaponiyaga nisbatan fikrlarim tamomila ijobiy tomonga o‘zgardi. Haqiqatan ham yaponlarning jangovarligiga, o‘ta tartibli jamoa ekanligiga, jamoaga qarab taktika tanlashiga, juda irodali terma jamoa ekanligiga amin bo‘ldim. Chunki yaponlarda oxirgi ikki-uch o‘yinlarida asosan 5-6ta futzalchi maydonda harakat qilishdi. Guruhlardagi o‘yinlari bilan yaponlar meni ham boshqalarni ham chalg‘itgan ekan. Ular Eron bilan kechgan dramada haqiqiy jang qilishdi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi... Yaponiya — chempion!

Yigitlarimizga bronza medallari topshirildi. Navbatdagi Osiyo chempionati ham tarixga aylandi. Shu tariqa, Kuvaytga qilgan safarimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Ochig‘ini aytaman, turli xil terma jamoalar va klublar bilan birga 20 dan ziyod mamlakatlarda bo‘ldim. Lekin hali bu darajadagi ahil va inoq kollektivni ko‘rmagan edim. Va o‘ylaymanki, bu jamoadagi futbolchilarning soni kamroq ekanligidan emas. Shunchaki, murabbiylar bu borada yaxshi ish olib borishgan. Men bu terma jamoadan kelajakda bundanda yaxshi natijalarni kutib qolaman. Ularga omad va zafarlar tilayman. Yaxshi, yomon gaplarimga esa rozi bo‘linglar deb qolaman.

Murod Rizayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:04, 13.10.2022. O'qildi: 1793 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.