Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ibragimovichning kinodagi debyuti tasdiqlandi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Nihoyat, kino olami ham taniqli futbol afsonasi bilan hamkorlikda ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi - sentyabrning so‘nggi yakshanbasida Zlatan Ibragimovichning kinodagi debyuti tasdiqlandi.

Zlatan 5-marta ekranlashtirilayotgan «Asteriks va Obeliks: Oraliq saltanati» filmida ishtirok etadi. Galliyalik Asteriks va Obeliksning bu galgi sarguzashtlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Voqealar davlat to‘ntarishidan keyin Galliyaga qochib ketgan imperatorning qizi atrofida yuz beradi. Qiz Ateriks va Obeliksdan bosqinchilar egallab olgan tojni qaytarib olib berishni iltimos qiladi, qahramonlar rozi bo‘ladilar.

Darvoqe, Xitoy hududida tasvirga olish ruxsatnomasiga oid jarayonga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh-qosh bo‘lgan.

Zlatan kartinada Kay Antivirus ismli Rim legioneri rolini ijro etadi.

Sportchilarni taklif etish - galliyalik harbiylar haqidagi voqealarni yorituvchi ijodkorlar uchun odatiy yumush. Asteriks va Obeliks haqidagi filmlarda Mixael Shumaxer, Ameli Moresmo, Toni Parker va hatto Zayniddin Zidan ham ishtirok etishgan. Endi ularning safiga Zlatan qo‘shildi.

Loyihaning byudjeti nisbatan ancha ulkan - 72 mln. dollar. Prodyuser Alen Attal buning sababini loyihaning keng ko‘lamligi bilan izohladi: «Biz 2000 yil avvalgi voqealarni aks ettirishni rejalashtirganmiz. Buning uchun o‘sha davrga xos liboslarni tayyorlashimiz, ko‘hna qishloqni bunyod etishimiz, ko‘p sonli ishtirokidagi katta janglarni tashkil etishimiz, ularning tomoshabopligini ta’minlash uchun nomdor aktyorlarni jalb etishimiz talab etiladi».

Kartina premyerasi 2023 yilning 1 fevraliga mo‘ljallangan.


Ibra MLSdan keyin aktyor bo‘lishni istagandi

Kinodagi faoliyat xususida Ibragimovich ancha avvalroq o‘ylab qo‘ygandi: «Uzoq yillar davomida aktyor bo‘la olishimni his etganman. Kamera qarshisida men asl holatimni namoyish etaman».

Hujumchining shou-biznesga bo‘lgan qiziqishi MLSning «Los-Anjeles Gelaksi» klubidagi 1,5 yillik faoliyati davomida yanada oshgandi. O‘shanda «MYU»dan kelgan shvesiyalik afsona o‘z hissiyotini ifoda etish uchun «Los-Anjeles Tayms»ning 1 sahifasini sotib olgandi: «Qadrdon Los-Anjeles, seni hech narsaga alishmayman».

Ummon ortida Zlatan reklamada tasvirga tushdi, turli tok,shoularda mehmon bo‘ldi va albatta, ajoyib gollar urdi. Lekin har qaysi intervyusida o‘zini kinoda sinab ko‘rish niyatini ta’kidlardi: «Men uchun kimning - yaxshi yoki yomon yigit rolini o‘ynash muhim emas. Men xuddi xameleondek hamma narsaga moslasha olaman. Kino olamidan takliflar yetarli, ammo rad etmasligim uchun, taklif arziydigan bo‘lishi kerak», - degandi Ibra 2018 yilda.

Aynan shu pallada risoladagidek variant paydo bo‘ldi. Avvalroq tomoshabinlar hukmiga havola etilgan «Asteriks Olimpiya O‘yinlarida» va «Asteriks va Obeliks Britaniyada» filmlari namoyishidan olingan daromad kutilganidan ancha pastroq bo‘lgach, ijodkorlar aktyorlar tanlash masalasiga o‘zgacha yondashishga qaror qildilar. Natijada Obeliks rolini ijro etgan Jerar Depardye o‘rniga yangi kartinada Jil Lelush taklif etildi. Giyom Kanega rejissyorlik pulti va Asteriks roli topshirildi.

Zlatanning personaji ekranda ko‘p vaqtni egallashiga kafolat yo‘q. Lekin unga bo‘lgan qiziqish ikkinchi darajali rolnikiga nisbatan ancha yuqori. Ibraning o‘zi ham buni yashirmayapti: «menga ko‘proq asosiy rol , Rembo yoki Jeyson Bornga o‘xshagan rol mos kelardi, deb o‘ylayman. Chunki menda shunga yarasha qobiliyat bor. O‘z aksentim bilan yomon yigit rolini o‘ynay olishimni aytishdi. Biroq men yanada ko‘prog‘iga qodirman».


«Biz uni Jan-Klod Van Damm bilan taqqoslagandik. Zlatan yaxshiroq edi»

Ibra o‘zgacha obrazga kira olish qobiliyatini bir necha bor isbotlagan. 2018 yilning may oyida, «Los-Anjeles Gelaksi» kelganidan keyin 2 oy o‘tgach, Zlatan CBS kanalining AQSHdagi eng mashhur «Jeyms Korden bilan eng kechki shou» ko‘rsatuviga tashrif buyurgandi. Ko‘rsatuv hammuallifi bo‘lmish Yan Karmel MBA muxlisi edi. Lekin futbolga ancha befarq edi. Shunga qaramasdan, uning kreativ guruhdagi britaniyalik kasbdoshlari studiyaga o‘ta g‘ayri-tabiiy sportchi kelishiga ishontirdilar: «U bilan uchrashganingda, ko‘rganlaringga o‘zing ham ishonmay qolasan. U xuddi Dennis Rodman Allen Ayversonning o‘zginasi».

Shuningdek, Zlatan uchun 5 daqiqalik maxsus dastur tayyorlashdi. Unda shvesiyalik afsona andishasiz va takabbur bashoratchi rolini o‘ynab, Jeyms Kordenga o‘z maqsadlariga erishishi uchun Zlatan bo‘lishni maslahat bergandi.

Yanning so‘zlariga ko‘ra, 5 daqiqali rolikni tasvirga tushirish jarayoniga 45 daqiqa vaqt sarflangan. Rolni talab darajasida ijro etish uchun Ibra boshqa sportchilarga nisbatan ancha tez moslashib olgan ekan.

«Zlatan o‘z rolini qoyilmaqom darajada o‘ynadi. Uning mahrati professional aktyornikidan kam emasdi. Biz o‘zimizcha uni Jan-Klod Van Damm bilan taqqosladik. Unda Zlatan ustun chiqdi», - degandi Karmel Ibragimovichning aktyorlik qobiliyatiga yuksak baho berar ekan.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:00, 14.10.2022. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик