Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan “Bunyodkor” stadionidan reportaj

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Bunyodkor” futbol klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasining uy o‘yingohi hisoblangan “Bunyodkor” stadionida iyul oyidan buyon ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Stadion foydalanishga topshirilganidan beri chim muammosi bilan kurashib keladi. Maydon nisbatan chuqurlikda joylashgani uning havo aylanish tizimiga salbiy ta’sir qilgan. Bir necha  marta amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlari ijobiy natija bermagani ham hech kimga sir emas. Albatta “Bunyodkor”dek muhtasham stadionga bu kabi holatlar yarashmaydi. Shu yilning yoz faslida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, ishchi guruh tuzilib, stadionni qayta ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqildi va iyul oyidan ishlar boshlab yuborildi.

Dastlab, maydonning eski chimi, tuprog‘i va foydalanishga yaroqsiz holatga kelib ulgurgan “drenaj” tizimi uskunalari olib tashlandi. So‘ng bir metr balandlikda yangi tuproq to‘kib chiqildi. Shu tariqa asli chuqurlikda joylashgan maydon bir metr balandlikka ko‘tarildi. Ammo bu hali hammasi emas. Tuproqdan keyin maydonning “drenaj” tizimi to‘liq yangilandi hamda ikki xil o‘lchamdagi “sheben” toshlari to‘kildi. Toshlar to‘kilgach endi Chinozning mahalliy mayin qumlari “sheben”lar ustidan joy oldi. Bu o‘z-o‘zidan maydon asl holatidan deyarli ikki metr balandlikka ko‘tarilganini anglatadi. Asosiysi shuki, endi maydonda havo aylanish tizimi yaxshilanadi va o‘z-o‘zidan bu chimning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Qolaversa, o‘yinchilar ham uchrashuv vaqtida nafas olish muammolariga duch kelmaydi.

Bugun maydonning qayta ta’mirlash ishlari yangi bosqichga o‘tdi. Muxlislar kutayotgan yangilik: “Bunyodkor” maydoniga chim yotqizila boshlandi. “Kentuki” urug‘idan ekilib yurtimizda yetishtirilgan chim mahalliy iqlimga to‘liq mos. Bugundan boshlangan chim yotqizish ishlari tez kunlarda yakunlanadi. So‘ng chim qish faslida to‘liq parvarishlanadi. Ishqibozlarimizni xursand qiladigan yana bir yangilikni aytib o‘tmasak bo‘lmaydi. Ishchi guruhning rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston stadionlarida ilk bor aynan “Bunyodkor”da “proshivka” tizimidan foydalaniladi. “Proshivka” tizimi nima degan savolga javob javob berib o‘tsak. Chimning tomir qismi sun’iy iplarga bog‘lab chiqiladi. Futbolchi “podkat”ni amalga oshirsa yoki darvozani ishg‘ol qilganidan so‘ng tizzasini chimga qo‘yib sirpanish bilan xursandchilik qilsa chimning joyidan ko‘chib ketishi kuzatilmaydi. Ta’kidlaganimizdek, “proshivka” tizimi O‘zbekistonning hech bir maydonida yo‘q, hatto Markaziy Osiyodagi stadionlarda ham juda kam foydalanilgan.

“Bunyodkor” stadioni foydalanishga topshirilganidan so‘ng amalga oshirilgan qayta ta’mirlash ishlarini asosan xorijlik mutaxassislar olib borgan, natijasi esa barchaga ma’lum. Shu kunlarda amalga oshirilayotgan qayta ta’mirlash ishlari mahalliy mutaxassislarga ishonib topshirilgan. Ular shu kunga qadar Qarshidagi “Markaziy”, Toshkentdagi “Jar” va Buxorodagi “Buxoro” stadionlarini hozirgi holatiga yetib kelishida mehnat qilishgan.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:38, 19.10.2022. O'qildi: 3736 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик