Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5938 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2509 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.10.2025

      05:35 "Непобедимый".
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Палмейрас".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Фламенго".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      20:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      01:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      03:10 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Мирасол".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.10.2025

      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      09:35 Д/ф "Владимир Сальников: не надо спорить с тренером...".
      10:30 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      12:00 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
      16:40 "Команда мечты".
      17:10 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Женщины. Команды. Финал.
      19:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      19:55 "Непобедимый".
      20:25 Борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      22:05 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Финальный этап на автодроме "Moscow Raceway".
      22:55 "Лица страны". Анастасия Лоунова.
      23:10 Автоспорт. DTM. Финальный этап на трассе Хоккенхаймринг, Германия. Гонка 2.
      00:35 "Команда мечты".
      01:05 Лёгкая атлетика. Чемпионат мира в Японии.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. 1/2 финала. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Динамо" (Москва).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 193 в Грозном, Россия. Джамбулат Селимханов против Рустама Керимова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Лыжный спорт".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      19:30 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - "Новая генерация" (Сыктывкар). Прямая трансляция.
      23:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/8 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.10.2025

      06:00 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      07:00 Триатлон. supertri League. Этап 4 в Тулузе, Франция.
      08:30 Велошоссе. Кубок Италии. Кубок Бернокки.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 13 в Вене, Австрия.
      15:00 Скалолазание. Чемпионат мира в Сеуле, Южная Корея. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      16:30 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2. Прямая трансляция.
      19:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 1.
      21:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      22:00 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      22:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      00:30 Велоспорт. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      02:00 Велоспорт. Женщины. Гонка "Три варезенские долины" в Италии.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Раунд 2.
      04:30 Велоспорт. Женщины. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev: «JCH-2022'da ishlash taklifi tushganda, beradigan oyligiga ham qaramadim»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Alisher Nikimbayev — Qatar futbol assosiasiyasi va Osiyo futbol konfederasiyasida texnik ekspert. «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi doirasida u 20 noyabrdan 18 dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022`ga tayyorgarlik jarayonlari, qolaversa, o‘zbek futboli muammolari va istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Xorijga ketishdan oldin O‘zbekistondagi hayot haqida
Men 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilganman. 20 yoshimda «Sport» gazetasida faoliyat olib bordim. Oradan bir yil o‘tib «O‘zbekiston yoshlari», «Gol» gazetalariga ham yoza boshladim va u yerda 1997 yilgacha ishladim, qolaversa, 4 yil televideniyeda ham mehnat qildim

O‘zbekiston futbol federasiyasida (hozirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi — tahr.) 14 yil — 1997−2011 yillarda faoliyat yuritdim. Yarim stavkada federasiya matbuot kotibi sifatida ish boshladim, 2000 yildan Musobaqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ko‘tarildim.

Rostini aytish kerak, o‘sha 2000 yillar orasida O‘zFFda ro‘yxatda bo‘lganmanu, lekin deyarli ishlamasdim. Chunki, o‘sha paytda federasiyadagi rahbarlar bilan ozgina munosabatlarim yomonroq bo‘lgan. Negaki, o‘shanda bir maqolamda «Agar o‘z ishlarimizga o‘zgartirish kiritmasak, o‘sha vaqtda Livanda bo‘ladigan Osiyo kubogida bizda mag‘lubiyat bo‘lishi mumkin» deb yozgandim.

Turnirga saralash bosqichida biz yutganmiz, lekin natija sportchilar tayyorgarligiga bog‘liq edi, u esa unchalik darajada bo‘lmadi. Qolaversa, federasiyada pul bo‘lmagan. Hatto, 2000 yillarda ham yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarga saralash turnirlarida qatnashamiz, desa «yig‘inlarga pul yo‘q, o‘zlaring homiy topsanglar, yig‘inga borasizlar» degan gaplar bo‘lgan. Shu sabab men yozgan maqolada vaziyat o‘zgarmaguncha oldimizda katta mag‘lubiyatlar bo‘laveradi, degandim.

Mening professional hayotim 2010 yilda ko‘tarila boshlangandi, o‘sha vaqtda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti yordamchisi sifatida ish boshlaganman. O‘shanda O‘zbekistonda 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatini qabul qilishni ham qo‘limizga olgandik. Bu paytga kelib, men Osiyo futbol konfederasiyasiga ishga o‘tdim. Shu bilan ko‘p ishlar to‘xtab qoldi. Chemionat ham O‘zbekistonda emas, Yaponiyada bo‘lib o‘tdi.

Orzuim xalqaro chempionatlarda ishlash edi. 2022 yilgi JCH Qatarda bo‘lishi ham aynan 2010 yilda ma’lum bo‘ldi. Shu yili Osiyo futbol konfederasiyasi (Asian Football Confederation, OFK — tahr.) prezidenti Muhammad bin Hammamdan menga taklif tushdi. 2011 yilning martidan shu yerda ish boshladim. Bu vaqtda OFK bosh ofisi Kuala-Lumpur shahrida joylashgandi. Oradan 2 yil o‘tib, Birlashgan Arab Amirliklariga ishga o‘tdim, o‘sha yerda birinchi marta 17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining tashkiliy qo‘mitasida ishlab ko‘rdim. Bu shaxsan o‘zim uchun dastlabki katta qadam edi.

Nihoyat 2017 yilda Qatarga ko‘chib kelganimda men 40 yoshga kirgandim. Deyarli 5 yildan beri shu yerda yashab, joriy yilda o‘tkaziladigan Jahon chempionatih-2022`ning tashkiliy qo‘mitasida ishlayapman.

Rasmiy faoliyatim esa ham OFKda, ham QFAda davom etyapti. JCH tugasa ham, asosiy shartnomam QFA bilan davom etaveradi. Hozircha Qatarda qolish va ishni davom ettirish niyatidaman.

2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashkiliy qo‘mitasidagi ish haqida
Tashkiliy qo‘mitaning o‘zida 200 nafarga yaqin ruslar, yuzdan ortiq ozarboyjonliklar, o‘zbek va qozoqlardan ham 3 nafardan vakil faoliyat yuritadi. Shu sababli yo rus, yo ingliz tilida suhbatlashib ketaveramiz.

Men topadigan daromadga keladigan bo‘lsak, avval aytganimdek, ikki tashkilot OFK va QFAda ishlayman va ikki joydan maosh olaman. Qisqa qilib aytganda, bir oylik maoshimga O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Cobalt yoki Lacetti mashinasini sotib olsa bo‘ladi. Oylik unchalik katta emas, sababi bundanda katta voqea — JCHda ishlash taklifi tushganda, men unga qaraganim ham yo‘q. Balki boshqa chet eldan kelgan mutaxassis bu maoshga qanoatlanmagan bo‘lardi.

Men musobaqalarni tashkillashtirish bo‘limida ishlayman. Biz maydonning sifati, uning atrofiga o‘rnatilgan kameralar pozisiyalari, futbolchilar mashq qiladigan maydonlar, yechinish xonalar tayyorligi, o‘rindiqlarni oldindan joylashtirishlarini nazorat qilamiz. Qolaversa o‘sha yerda ishlayotgan xodimlarga barchasini o‘rgatish ham bizning vazifamiz.

Qatarda hozir 8 ta stadion bor. Uning har birida alohida guruh ishlaydi. Musobaqalar o‘tkazish bo‘limimizning qiladigan ishi bu jamoalarning stadionga kirgunidan tortib, to chiqqunicha ular bilan ishlashdan iborat.

Musobalarga oz qoldi, uning yakunigacha har bir stadionni ikki nafardan iborat FIFA delegasiyasidan tashqari, Qatar futbol assosiasiyasining kamida 3 nafardan rasmiy vakil nazorat qilib turadi. Ular orasida FIFA tomonidan vakil o‘zbekistonlik Avazbek Berdikulov ham bor. Yana 5 nafardan volontyorlar ham bo‘ladi. Shunda jami 10 nafar vakil faqat o‘yinni o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda 8 ta stadion testdan o‘tkazildi. Muammolar ham yo‘q emas. Hozir eng katta masala stadion tashqarisida. Bular sirasiga o‘yinni ko‘rishga keluvchilarning stadionga kirib-chiqishi, yo‘llar, metro harakati, stadionga yetib kelish kabilar kiradi.

Sababi, chempionat vaqtida kuniga to‘rtta o‘yin bo‘ladi: soat 13:00, 16:00, 19:00 va 22:00 da. Avvalgi musobaqalarda JCHni ko‘rishga kelganlar bir stadiondan ikkinchisiga o‘tish uchun boshqa shaharlarga borishi kerak edi, masalan Rossiya va Janubiy Afrikada o‘tgan JCHlari kabi. Qatarda esa hamma stadion bir shaharda qurildi. Odamlar bir mehmonxonada turib boshqa o‘yinlarga ham boraversa bo‘ladi.

Lekin, bir tarafi borki, bitta stadionda guruh o‘yinlari paytida har ikki kunda bir o‘yin bo‘ladi. Bunaqasi hali JCH tarixida deyarli bo‘lmagan. Bu esa bizga chaqiruv, negaki, maydonni yangi o‘yinga tayyorlash uchun bizda faqatgina bir kun qolyapti.

Qatardagi va boshqa davlatlardagi jahon chempionatlari o‘rtasidagi farq haqida
Qatar— shahar juda davlat. Rostini aytaman, JCH vaqtida narxlar juda osmonga chiqqan. Hattoki ba’zi mehmonxonalar kuniga $1000 atrofida pul so‘rashyapti. Men hattoki Yevropadagi do‘stlarimga iloji bo‘lsa Dubayda turishini taklif qilyapman. Chunki, u yerda bir kun uchun $150−200 ga mehmonxona topish mumkin.

Aytgancha, Jahon chempionati o‘yinlarini ko‘rish uchun Qatarga kelgan har kim Fan-ID («muxlis pasporti») olishi kerak bo‘ladi. Bu Qatarga kirish uchun VISA o‘rniga ishlovchi elektron hujjat hisoblanadi. Fan-ID`da har bir fuqaroning ismi sharifi, fuqaroligi va QR-kod bor. Ular shuni skanerdan o‘tkazilgan holda stadionga kiritiladi.

Aynan JCH o‘tishi bois 1 noyabrdan Qatarga istalgan turdagi VISA bilan kirish to‘xtatiladi. Faqat ushbu Fan-ID bilan kirgan odam 1 noyabrdan 23 yanvargacha Qatarda bemalol tursa bo‘ladi. Mazkur «pasport»ga ega muxlis o‘zi bilan uch nafargacha insonni olib kelishi mumkin, misol uchun oila a’zolari. Ularning barchasi Qatarga yagona Fan-ID yordamida kirishi mumkin, biroq, uchrashuvlarni birgalikda kuzatisha olmaydi.

Shu vaqtda Fan-ID bilan BAAdagi Dubayga ham, Saudiya Arabistoniga ham borsa bo‘ladi, u VISA o‘rniga ishlayveradi. Biroq, JCH vaqtida Saudiya Arabistoni chegarasidan mashinada o‘tishga ruhsat berilmaydi. Agar u yerdan mashinada kelishni istaganlar bo‘lsa, avtomobilni chegaradagi avtoturargohda qoldirib, avtobusda Dohaga yetib olishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari kemalardan ham mehmonxona tariqasida foydalanishidai, u yerda 3000 tagacha xonalar bo‘ladi.

Muxlislar uchun har bir o‘yinni kirib, tomosha qilish pulli. Bunda o‘yinlar kategoriyalarga ajratiladi. Chipta narxi ham shunga qarab qimmatlashaveradi.

Chiptalar narxi Qatar rialida hisoblangan. Chiptalar narxi haqida batafsil FIFA`ning rasmiy saytida qayd etilgan (FIFA saytiga o‘tish uchun surat ustiga bosing).

Bundan tashqari, stadion tashqarisida FanZona tashkil qilinib, konsertlar ham bo‘lib o‘tadi. Ular kamida 2 xil turda: Biri spirtli ichimliklar ichish mumkin bo‘lgan hudud, ikkinchisi esa aksincha bo‘ladi. Sababi, Qatarda spirtli ichimliklar ichish bo‘yicha juda qattiq qoidalar bor. Shunday ekan muxlislar o‘z xohishiga qarab, joyini tanlab olishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston futbolining muammolari va istiqbollari
Jahon chempionati haqida gap ketganda, mendan O‘zbekiston haqida ham ko‘p so‘rashadi: «JCHga chiqish O‘zbekiston futboli rivoji uchun asos bo‘la oladimi?». Mening fikrim, Yo‘q!

2010 yilda Shimoliy Koreya Jahon chempionatiga chiqqandi. Xo‘sh keyin nima o‘zgardi? Jamoa chempionatga mos bo‘lganmidi? Hatto, ular hozir umuman futbol o‘ynamayapti. Aytmoqchimanki, har bir jamoada o‘sish ham, pasayish ham bo‘ladi. Shu sababli, JCHga chiqish asosiysi emas. Ammo, qancha ko‘p chiqsak, shuncha yaxshi — tajriba ortaveradi. Men esa o‘zbek futbolidagi tizimni yaxshilash, uni rivojlantirish uchun avvalo mamlakatda bolalar futbolini moliyalashtirishni taklif qilaman. Chunki, bolalar futbolida pul bo‘lmasa, foydasi yo‘q.

Bizda masalan hozir futbol klublarini kamaytirmoqchimiz, deyishyapti. Agarda Oliy ligada klublar soni kamaysa, bu avtomotik ravishda ularning qoshidagi akademiyalar va maktablarga pand beradi.

Bizdagi futbolchilarning aksariyati ham rivojlangan klublarning akademiyalaridan chiqqan: «Nasaf», «Paxtakor», «Bunyodkor». Klub qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha bolalar maktablari ko‘p bo‘ladi. Men bunda hammasi davlat byudjetidan barpo qilinsin, demayapman. Aytmoqchimanki, qancha ko‘p pul bo‘lsa, shuncha ko‘p bolalar maktablari bo‘ladi. Aslida, futbol maktablari soni va ularning saviyasi asosiy muammo.

O‘smirlar va kattalarda esa o‘yinlar soni haqida qayg‘urish kerak. Masalan, Toshkentda shahar chempionati bor, u yerda bolalar istagancha o‘ynaydi. Biroq, ayrim viloyatlar borki, hatto viloyat chempionatlari ham o‘tkazilmaydi. Masalan, Qashqadaryoda ham «Mash’al» va «Nasaf» klublar o‘zaro o‘ynayapti, xolos.

JCH-2022`dan esdaliklar to‘plami. Bu yerdagi eng qimmatli eksponat — sakkizta stadionning barchasi tasvirlangan tangalardir. Surat Alisher Nikimbayevning shaxsiy arxividan olindi.

Chekka tumanlarda bir joydan ikkinchi joyga yetib borish qiyin. Lekin shuning yo‘lini topib, o‘yinlar sonini ko‘paytirish kerak. Hammasi baribir mashg‘ulotlar jarayoniga borib taqalyapti. Talantlarimiz bor, biroq umumiy saviya pasayib ketyapti. Bundan 10−20 yil avvalgi futbolchilarning saviyasiga qarasangiz, ularda balandroq bo‘lgan. Bugungi kunda o‘sha yoshi o‘tgan futbolchilar o‘z klubida haligacha yaxshi to‘p suryapti. Ularning o‘rnini bosadigan futbolchilar esa juda kam. Muammo shunda.

Boshqa muhim shartlardan biri — tayyorgarlik va stadionlarning holatida. Qatarda hozir stadionlarda yangi drenaj tizimi o‘rnatildi. 2020 yil pandemiya paytida biz «Janub stadioni»da Osiyo chempionati finalini o‘tkazdik. Shundan so‘ng stadion yopildi va u yerda vakuum-ventilyasion tizimni o‘rnatish uchun rekonstruksiya qilishga kirishildi. Bu drenaj sistemaning yangicha darajasi hisoblanadi. Qatarda JCH o‘tadigan 8 ta stadionning hammasida FIFA talablari bo‘yicha mazkur tizim o‘rnatildi. Bunda suv maydonda qolib ketmaydi.

Men «Bunyodkor» stadionida hozir qanday drenaj tizimi o‘rnatilayoganini bilmaymanu, lekin FIFA tavsiya qilgan vakuum-ventilyasion tizim shu stadionda ham qo‘yilishini o‘ylab ko‘rish kerak. Yaqinda O‘zbekiston PFL direktori Diyor Imomxo‘jayev bu stadiondagi yashil maydonda drenaj tizimi shu vaqtgacha umuman ishlamaganini aytgandi.

Chet eldan jalb qilinadigan legioner futbolchilardan tashqari murabbiylarni ham jalb qilish o‘zini yaxshi oqlaydi. Bizning ko‘p murabbiylarimiz bugung kunda texnologiyalarga, tahlilchilarning ishiga ishonmaydi. «Bu bilan nima o‘zgaradi?» qabilida eski usuli bilan ishlayapti. Chet eldan kelayotganlari esa tahlilga ko‘p e’tibor berishadi.

Men futbol ichidagi odam bo‘lganim uchun ham aytamanki, bu muhim. Masalan FIFA yaqinda JCHda qatnashadigan har bir futbolchi uchun mobil ilova yaratyapti. Ularning har biri o‘yin tugagach telefonidagi o‘sha ilovaga kirib, o‘z harakatlarini tahlil qilishi mumkin bo‘ladi. Qancha yugurgani, qanday harakatlar qilganini bilib oladi. Xorijda tahlilga juda katta e’tibor berishadi. Bizda ham yo‘q emas undaylar, lekin chet eldan olib kelsak, juda yaxshi bo‘lardi. Bunda ham e’tiborliroq bo‘lish kerak, chet eldan keldi degani doim ham «yaxshi mutaxassis» degani emas. Mongoliya ham chet el hisoblanadi, masalan.

Shu o‘rinda yoshlarga ham chet tillarini yaxshi o‘rganishni tavsiya qilardim. Busiz hech nima bo‘lmaydi. Qolaversa, o‘zim kuzatgan voqealardan biri hozirgi ayrim yoshlar kompyuterda ishlashni yaxshi bilmaydi. Bu masalalarni o‘rganish kerak, bular o‘zlashtirilsa, keyingi ishga moslashish jarayoni oson bo‘ladi.

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 17:06, 26.10.2022. O'qildi: 3082 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.