Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Atletiko" yevrokuboklardan mahrum bo‘ldi, biroq uning iste’fosi kechikayotganiga sabab bormi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dunyoning eng qimmat murabbiyi Chempionlar ligasi guruh bosqichida oxirgi o‘rinni oldi. Lekin nega "Atletiko" Simeoneni iste’foga chiqarmayapti?

"Atletiko" yevrokuboklardan quruq qoldi - bu Diyego Simeone qo‘l ostida birinchi marta sodir bo‘ldi.

“Portu”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) El Chiringuito shousida mega-insayd e’lon qilindi: “Atletiko” rahbariyati Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrikening atrofidagilar bilan bog‘lanib, JCH-2022dan keyin uning klubga tayinlanish masalasini muhokama qildi. Unga ko‘ra, agar ular jamoani to‘liq tozalashga ruxsat berishsa, Enrike bu taklifga rozi bo‘ladi.

Biroq bir necha soat o‘tgach, bunga raddiya keldi: COPE "Atletiko" murabbiyni o‘zgartirmasligini ta’kidladi. Rahbariyat bu natijani “10 yildagi ilk omadsizlik” deb hisoblaydi va Simeone hali ham La Ligada chempionlik uchun kurash olib borishiga chin dildan ishonadi.

Peshqadam "Real Madrid" bilan oradagi farq allaqachon to‘qqiz ochkoga yetgan, bu chindan ham xavotirlansa bo‘ladigan holat. Simeone dunyodagi eng qimmat murabbiy hisoblanadi. Uni ishdan bo‘shatish juda qimmatga tushadi. Simeonening chetlatilishini ham katta jarima sekinlashtirmoqda - taxminan 14 million yevro.

Klub bu summani kamaytirish uchun argentinalik bilan muzokara olib borishga harakat qilishi mumkin, ammo murabbiy va rahbariyat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani uchun buni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Uning shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Diyego imkon qadar uzoq vaqt davomida loyihaning bir qismi bo‘lib qolishni xohlashini ko‘p marta ta’kidlagan.

«Birinchi kundanoq men bu yerga tezroq qaytishni xohlayman, degan fikr bilan yashadim, ammo «Atletiko»da siz ishdan bo‘shatilish qo‘rquvi bilan ishlashingiz kerak. Aks holda, men nimani his qilayotganimni ko‘rsatishning iloji bo‘lmaydi. Klub menga befarq bo‘la olmaydi, - degan edi murabbiy bir yil avval. – Biz uzoq vaqtdan beri maqsadlarga erishdik va birga rivojlandik. Klub iqtisodiy va sport nuqtayi nazaridan o‘sishni qidirdi. Biz ko‘p narsaga erishdik, ammo natijalar bunday bo‘lmadi”.

Simeone dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy. Mart oyida Fransiyaning L'Equipe nashri top-ligalardagi yillik maoshlar reytingini e’lon qildi va Diyego La Ligadagi barcha murabbiylardan ko‘proq - oyiga 3,3 million yevro maosh olishini aniqladi. Top 5 liganing barchasida faqat Neymar, Leo Messi va Kilian Mbappe ko‘proq maosh oladi. Murabbiylar bo‘yicha unga eng yaqin raqib Pep Gvardiola bo‘lib, u 1,89 mln yevro maosh oladi.

«Men Simeonening tanqidini tushunmayapman. Mavsumni unchalik yaxshi boshlamadik. Biz qiyin ahvoldamiz, - dedi "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso. - Afsuski, nimadir noto‘g‘ri ketdi, lekin so‘nggi 12 yil ichida juda ko‘p yaxshi narsalar bo‘ldi. Biz butun sahifani faqat tiniq ranglarga bo‘yashni xohlaymiz”.

Diyegoning yuqori maoshi rostdan ham hech kimni cho‘chitmayapti. AS nashrining yozilishicha, klub argentinalik murabbiy bilan kelasi yili 2026 yilgacha yangi shartnoma tuzmoqchi. Ehtimol, maoshlarda pasayish bo‘lar, Madrid klubi uchun hozir oson emas.

"Atletiko"ning iqtisodi og‘ir ahvolda. Ular rahbarlarning maoshlarini qisqartirmoqchi. La Ligadagi moliyaviy qiyinchiliklar azaldan trendda bo‘lib kelgan. Siz "Barsa"ning o‘tkazgan og‘ir ahvolini yaxshi bilasiz, lekin bu La Liga klublari uchun odatiy holat.

Marca nashrining yozishicha, La Liga biznesining 10 foizi CVC investisiya fondiga sotilgani hammasiga ushbu voqealarga bosh sababchidir. "Elche"ning sobiq sport direktori Niko Rodriges La Liga shartnoma imzolashga shoshilgan va endi turg‘un bo‘lishini istisno etmaydi. "Atletik" prezidenti Jon Uriarte shartnomani umuman noqonuniy deb hisoblaydi - "Real Madrid" va "Barsa" bilan birgalikda u CVC ga qarshi sud jarayonini davom ettirmoqda.

Hozirgi vaziyatda "Atletiko" deyarli eng yomon ahvolda

• Liganing moliyaviy nazorati bilan bog‘liq muammolardan qochish uchun klub o‘tgan yili bir millionga yaqin yangi aksiyalarni chiqarishga majbur bo‘ldi. Rahbariyat AQSH mablag‘i hisobidan taxminan 180 million yevro sarmoya to‘plagan, biroq Marcaning ta’kidlashicha, klub shundan so‘ng darhol yana 300 million yevro qisqa muddatli kredit oldi.

• "Atletiko" zudlik bilan Antuan Grizmann, Joau Feliks, Koke, Yan Oblak va Tom Lemardan maoshlarni kamaytirishni so‘rab maoshlarni qisqartirish ustida ishlamoqda - oxirgi ikkisi allaqachon kelishib bo‘lganligi aytilmoqda. Diyego Simeonening ulkan shartnomasi haligacha o‘z o‘rnida, ammo L’Equipe nashri Diyegoning o‘tgan yili kutilganidan 300 ming kam olganini aniqlagan.

• Grizmanning transferi ham bosh og‘rig‘ini ko‘paytirdi. “Atletiko” uni 60-daqiqadan so‘ng “Barselona”ga to‘lov evaziga 40 million yevro to‘lamaslik uchun qo‘yib yubordi, kataloniyaliklar esa sudga murojaat qilish bilan tahdid qilishdi – yakunda ular 20 millionga kelishib olishdi. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Madrid rahbariyati 20 million yevroni undirmoqchi edi. 15 million - ammo bu yerda Simeone shaxsan aralashib, Antuanning to‘liq transferini so‘radi.

Krishtianu Ronalduning "Atletiko"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar tarqalayotgan paytda, prezident Serezo bu kelishuv ko‘p sabablarga ko‘ra imkonsiz ekanligiga ishontirdi. "Marca"ning yozishicha, iqtisodiyot asosiy hisoblanadi. Endi madridliklar yevrokuboklardan tez chiqib ketgani uchun munosib tarzda bu yo‘ldan chiqib ketishdi.

Marca nashrining hisob-kitobiga ko‘ra, yevrokuboklarda o‘ynamaganligi sababli “Atletiko” taxminan 20 million yevro yo‘qotishi mumkin – o‘tgan mavsumda “Madrid” UEFAdan jami 40 millionga yaqin mablag‘ olgan. Natijada, klub Joau Feliksni sotish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. 

Kiritildi: 20:29, 04.11.2022. O'qildi: 1913 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик