Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba.

  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 17.06.2025 03:00
      • Boka Xuniors
      • 2:2
      • Benfika
      • 17.06.2025 06:00
      • Flamengo
      • 2:0
      • Esperans
      • 17.06.2025 21:00
      • Fluminense
      • 0:0
      • Borussiya D
      • 17.06.2025 23:59
      • River Pleyt
      • -:-
      • Urava Reds
      • 18.06.2025 03:00
      • Ulsan Xyonde
      • -:-
      • Mamelodi Sandauns
      • 18.06.2025 06:00
      • Monterrey
      • -:-
      • Inter
      • 18.06.2025 21:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Vidad
      • 18.06.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Al-Hilol
      • 19.06.2025 03:00
      • Pachuka
      • -:-
      • Zalsburg
      • 19.06.2025 06:00
      • Al-Ayn
      • -:-
      • Yuventus
  • Superliga
      • 19.06.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Xorazm
      • 19.06.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ahli (Misr) 1 1
2 Inter Mayami 1 1
3 Palmeyras 0 0
4 Portu 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 PSJ 1 3
2 Botafago 1 3
3 Sietl Saunders 1 0
4 Atletiko 1 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Benfika 1 1
3 Boka Xuniors 1 1
4 Oklend Siti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chelsi 1 3
2 Flamengo 1 3
3 Esperans 1 0
4 Los-Anjeles 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Inter 0 0
2 Monterrey 0 0
3 River Pleyt 0 0
4 Urava Reds 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Borussiya D 1 1
2 Fluminense 1 1
3 Mamelodi Sandauns 0 0
4 Ulsan Xyonde 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Ayn 0 0
2 Manchester Siti 0 0
3 Vidad 0 0
4 Yuventus 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Hilol 0 0
2 Pachuka 0 0
3 Real Madrid 0 0
4 Zalsburg 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Inter Mayami 0-0 Al-Ahli (Misr)
1-тур Bavariya 10-0 Oklend Siti
1-тур PSJ 4-0 Atletiko
1-тур Sietl Saunders 1-2 Botafago
1-тур Chelsi 2-0 Los-Anjeles
1-тур Boka Xuniors 2-2 Benfika
1-тур Flamengo 2-0 Esperans
1-тур Fluminense 0-0 Borussiya D

Navbatdagi o'yinlar.

16/06/25 Palmeyras - Portu
17/06/25 River Pleyt - Urava Reds
18/06/25 Ulsan Xyonde - Mamelodi Sandauns
18/06/25 Monterrey - Inter
18/06/25 Manchester Siti - Vidad
18/06/25 Real Madrid - Al-Hilol
19/06/25 Pachuka - Zalsburg
19/06/25 Al-Ayn - Yuventus

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.06.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Санкт-Паули".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Бохум" - "Боруссия Дортмунд".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "РБ Лейпциг".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Бавария Мюнхен".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Хоффенхайм".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Германии. Обзор сезона.
      17:25 Новости футбола.
      17:30 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хольштайн Киль".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Майнц 05".
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Германии. "Бохум" - "Боруссия Дортмунд".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "РБ Лейпциг".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Бавария Мюнхен".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Хоффенхайм".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.06.2025

      05:05 "Страна спортивная".
      05:20 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Paavo Nurmi Games в Турку, Финляндия.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
      10:05 Д/ф "Услышать ветер".
      10:55 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      12:40 "Что за спорт?". "Экстрим".
      13:10 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Paavo Nurmi Games в Турку, Финляндия.
      15:25 "Непобедимый".
      15:55 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м. Прямая трансляция.
      17:05 "Будьте здоровы". Специальный репортаж.
      17:25 LIVE Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м. Прямая трансляция.
      18:45 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      20:40 "Лучшие из лучших".
      21:10 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      22:30 "Непобедимый".
      23:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 6.
      00:35 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      02:40 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
      03:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Футзал. Бетсити Суперлига. Финал. "Газпром-Югра" (Югорск) - "Ухта".
      08:00 "Футбол на все времена".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Вопреки всему".
      12:30 Профессиональный бокс. Марко Антонио Баррера против Эрика Моралеса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 2 в Сириусе, Россия. Прямая трансляция.
      18:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:40 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 2 в Сириусе, Россия. Прямая трансляция.
      20:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 6. Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:20 Смешанные единоборства. UFC 311 в Инглвуде, США. Предварительный кард. Азамат Бекоев против Закари Риса.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Д/ф "Ярцев. Вечное сияние".
      03:35 "Что по спорту?". Петрозаводск.
      04:05 Баскетбол 3х3. Sirius Cup в Сириусе, Россия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.06.2025

      05:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 3.
      07:00 Автоспорт. Формула E. Этап 1 в Сан-Паулу, Бразилия. Обзор.
      08:00 Автоспорт. Формула E. Этап 2 в Мехико, Мексика. Обзор.
      09:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 3.
      10:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      13:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 3.
      14:00 Автоспорт. Формула E. Этап 3 на трассе Джидда Корниш, Саудовская Аравия. Обзор.
      15:00 Автоспорт. Формула E. Этап 4 в Майами, США. Обзор.
      16:00 Велоспорт. "Велошоу".
      16:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 3.
      17:50 LIVE Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4. Прямая трансляция.
      20:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Женщины. Болдеринг. Финал.
      23:00 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      00:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 3 в Ванкувере, Канада. Обзор.
      01:30 Велоспорт. Тур Швейцарии. Этап 4.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал.
      04:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: «Navbahor» yana o‘zbek futbolidagi top-darajaga qaytdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliganing so‘nggi 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — AGMK (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Odatdagidek, Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Barchaga xayrli kech. Bugun bizni qiziqarli bellashuv kutayotgandi. Mazkur o‘yinda bizdan yaxshi, hujumkor o‘yin kutgan insonlarning istaklarini amalga oshirib, chempionat yetakchilaridan birini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik. Muxlislarimizni g‘alaba, yigitlarni esa chiroyli o‘yin bilan tabriklayman. Bu yilgi mavsum yurtimiz futboli tarixidagi eng qiziqarli chempionat bo‘ldi. Barcha jamoalar so‘nggi turgacha bosim ostida o‘ynadi. Bunaqasi oldin hech qachon bo‘lmagandi. Balki bu “Navbahor”ning qayta tug‘ilishidir?  Jamoamiz yana o‘zbek futbolidagi top-darajaga qaytdi. Muxlislarni kumush medal, O‘zbekiston kubogi finali, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi bilan tabriklayman.

Jamoamiz o‘yinlarini tahlil qilgan holda, yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, biz bundan ortig‘iga ham loyiq edik, avvalo, kubok bahslarida. Afsuski, kubok finalida raqibga hech qaysi jihatda yutqazmasdan, sovrinni qo‘ldan chiqardik. “Nasaf” kichik lahzada muvaffaqiyatga erisha oldi.

Chempionlikka ham “Navbahor” barchadan ko‘ra munosibroq edi. Boisi, jamoadagi deyarli barcha narsani yangilay oldik. Muxlislar omili, o‘yinga bo‘lgan qiziqish oshdi. Namanganliklar futbol uchun qattiq qayg‘urishadi. Bu yerdagilar futbolni rivojlantirish uchun katta mehnat qilishyapti, yoshlar va o‘smirlar futboliga e’tibor oshmoqda.

Muxlislarga xursandchilik ulashish niyatida edik. Demak, bizga nimadir yetishmadi. Balki resurslar kamlik qilgandir. Chunki biz ikki frontda kurashdik. Chempionat tugashiga 3 ta tur qolganida, O‘zbekiston kubogi finalida o‘ynadik. Albatta, bunday paytda bor kuchni billur sovrinni qo‘lga kiritishga sarfladik. Bundan tashqari,“So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan yarim final o‘yini qo‘shimcha bo‘limlarga ham borib, katta kuchni oldi. Bu esa final o‘yiniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

“Paxtakor”ni chempionlik bilan tabriklayman. Ushbu jamoa vakillari bizning final o‘yinimizni televizor orqali tomosha qilishdi. Boisi, biz “Paxtakor”ni turnirdan chiqarib yuborgandik. Biroq, kuchli jamoa finalda adolatsiz tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Biz mavsumni munosib tarzda yakunlashimiz lozim edi.

Barcha yigitlarga rahmat aytaman, ular kerakli kuchni topib, so‘nggi turgacha barchani hayajonda ushlab tura olishdi. Bekobodda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Shuningdek, Cuperligada “jon saqlab qolish”ga intilgan “Lokomotiv” maydonidagi bellashuv ham ancha qiyin kechdi. Bugun ham so‘nggi 3-4 yil davomida yetakchilardan biri bo‘lgan, sifatli o‘yin ko‘rsatayotgan raqib ustidan g‘alaba qozondik.

Shogirdlarimga yana bir marta o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Futbolchilar hozirgi hurmatdan ortig‘iga loyiqlar. Chunki ular hech kimni uyaltirib qo‘yishmadi. Shu sababli, yigitlarga yaxshi sharoitlar yaratib berildi.

O‘zbekiston kubogi finalidan keyingi mag‘lubiyatdan so‘ng, shogirdlarim keyingi o‘yinlarda tiklanish  uchun o‘zlarida kuch topib, so‘nggi 3 ta bahsda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Raqibimiz esa buning uddasidan chiqa olmadi. Bu ularning natijalarida ham aks etdi.  

Ta’kidlash joizki, bu yil yoshlarimizga ham e’tibor berishga harakat qildik. Mavsum yakuni oldidan bo‘lgan uchrashuvda Namangan viloyati hokimi ham yoshlarimizni maqtab o‘tdi. Yosh futbolchilarimiz joriy mavsumda g‘olib va sovrinlar safidan joy olishdi. Bugungi bahsda esa jamoamiz tarkibida  16 yoshli futbolchi debyut qildi  hamda bu ham yaxshi faktor.

“Navbahor”ning kelajagi buyuk. Klubdagilar barcha jihatlarga e’tibor berishmoqda. Bugun va ertaga jamoa sharafini himoya qilish uchun maydonga tushadigan yoshlar juda ko‘p. Yakunlangan mavsum og‘ir o‘tdi. Bir qator saytlarning jurnalistlari bilan uchrashmoqchiman, ularga aytar gaplarim bor. Bizdek ishtiyoqqa to‘la jamoani jahlini chiqarish uchun ko‘p narsalarni to‘qib chiqarishdi. Ushbu mavsumda “Navbahor”da birorta o‘tkinchi o‘yin bo‘lmadi. Ha, biz deyarli barcha yetakchilarni mag‘lubiyatga uchratdik. Biroq, jamoamizga turnir jadvalining quyi o‘rinlarida borayotgan jamoalar muammo tug‘dirishdi. Balki ikki yoki uch gol bizni chempionlikdan ayirgan bo‘lishi mumkin. Og‘riqlimi? Yo‘q! Bunday chempionat hammaga kerak. Barcha jamoalar so‘nggi daqiqalargacha kurashib, o‘ynashi kerak. “Navbahor” faktori esa o‘zbek futbolining rivojiga hissa qo‘shdi, deya olaman. Futbol mamlakatimizda yana qadrlana boshladi. Bu juda muhim. Bu keyinchalik ham davom etishini istardim. Babayan bormi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q. Bugun yigitlar bilan yaratgan tariximiz keyin ham davom etishini istayman. Bu o‘zbek futbolining rivojiga turtki bo‘ladi. Bu ertaga o‘zbek futbolida o‘ynaydigan yoshlarning iqtidori ochilishiga sabab bo‘ladi.

— Ushbu mavsumda “Navbahor”ning eng zaif nuqtasi chap qanot himoyasi bo‘ldi. Bu haqdagi fikringiz qanday?

— Fikringiz to‘g‘ri. Shunchaki bizda ikki frontda kurashish uchun resurs yetishmadi. Chunki biz biroz boshqacha futbol namoyish qildik. Bunga sabab bor. Chunki biz Golbanni himoya markazidan o‘ng qanotga ko‘chirdik. Igorga rahmat aytaman, u barqaror mavsumni o‘tkazdi. Garchi o‘ziga noqulay bo‘lsa-da, qo‘lidan kelgancha o‘zini namoyish eta oldi.

Shuningdek, mavsum davomida kadrlar muammosi bo‘ldi, bu jarohatlar bilan bog‘liq. Qarang, bugun zaxiramizdan ikki nafar 16 yoshli futbolchi joy oldi. Yana bir qancha yoshlarimiz bor. Mavsum davomida pozision kamchiliklar bo‘lgan joylarimiz bor. Buni shunchaki hal qilish kerak. Ushbu mavsum yakunlandi va keyingisi uchun tayyorgarlikni boshlaymiz. Aytganingizdek, chap qanotni kuchaytiramiz, boshqalarini ham. Chunki kelasi mavsumda uch frontda kurashni boshlaymiz. Shu sababli, mahoratli futbolchilar kerak. Jurnalistlar bilan mavsum boshida uchrashganimda, asosiy maqsadimiz, OCHLga chiqish ekanligini aytgandim. Asosiy vazifa bajarildi. Xudo xohlasa, OCHL o‘yinlarini ushbu stadionga olib kelamiz. “Navbahor” bunga haqli. Qolgan masalalar esa yo‘l-yo‘lakay hal qilinadi. Biz bosqichma-bosqich rivojlandik, so‘nggi 7 uchrashuvni ajoyib tarzda o‘tkazdik. O‘yindan-o‘yinga jamoa “ochilib” bordi. So‘nggi turgacha chempion nomini aniqlab bo‘lmaydigan darajaga olib keldik. Bunday holatni barcha orzu qiladi. Mana nima uchun ishlashimiz kerak?

Kelasi mavsumda bunday bo‘lmaydi. Faqatgina chap qanot emas, jamoamizda barchasi kuchli bo‘ladi. Biz so‘nggi bir necha yil davomida bir tarkib bilan o‘ynayotgan jamoalarga qarshi kurashdik. Bugun chempion bo‘lgan “Paxtakor”, so‘nggi yillar davomida  asosiy tarkib o‘zagini saqlab qolishga erishdi. “Nasaf” borasida ham shunday fikr bildirish mumkin. Biz esa ular bilan jang olib bordik. Ba’zida omadimiz kelmadi.

— Joriy mavsumda mahalliy yosh futbolchilarimiz asosiy tarkibga kirishga qiynalishdi. Sizningcha, buning sababi nimada?

— Yoshlar uchun qishda yig‘inlar tashkil qilindi. Hech nima sun’iy bo‘lmasligi, barchasi tabiiy bo‘lishi shart. Bugun Muzaffar Muminov maydonga tushdi, u jamoaning kelajagi. Ertaga Iskanderov ketsa, o‘rniga u o‘ynaydi. U mahalliy futbolchimiz. Oldingi bahslarda yosh futbolchi Asadbek Jo‘raboyev maydonga tushib, yaxshi o‘yin namoyish etgan holda, jamoamizga ancha foyda keltirgandi. Barchasi to‘g‘ri yo‘nalishda davom etmoqda. Bugun yakunlangan mavsumda ilk marta bir o‘yinda 3 ta gol urdik. Resurslar kamligi uchun ko‘plab bellashuvlarda kichik hisoblarda g‘alaba qozondik. Asosiy jamoa bilan ishlayotgan yosh futbolchilar guruhi bor. Ular kelasi yili jamoa bilan yig‘inlarda qatnashishadi. Nasib qilsa, asosiy tarkibda maydonga tushishadi.

— Kelajakdagi rejalaringiz...

— Joriy mavsum o‘rtasida imzolangan shartnomam bor. Mening bir qiziq prinsipim bor — qayerda bo‘lsam ham jamoam chempionlik uchun kurashadi. Shu sababli, klub rahbarlari ushbu vazifani amalga oshishida qattiq harakat qilishdi. Keyingi mavsumlarda ham shunday vazifa bo‘lsagina, shartnomamga sodiq qolaman. Futbolchilarni jamoaga taklif qilish, olib kelish borasida menda hech qanday muammo yo‘q. Ammo shunisi borki, bunisi juda muhim. Men xursand bo‘lyapmanmi, demak, muxlislarni ham xursand qilishim kerak. Shu mavsumning o‘zidayoq asosiy vazifani bajarib, O‘zbekiston kubogi va  chempionlik unvonin  qo‘lga kiritishimiz ham mumkin edi. Buning amalga oshishiga bir qadam qolgandi. Demak, muxlislar oldida qarzimiz qolib ketdi. Shu sababli va’da beramanki, jamoamiz muxlislari hali ko‘p xursand bo‘lishadi.

— Deyarli barcha murabbiylar “Navbahor”da faoliyat yuritishni xohlashadi, xuddi ovga chiqqandek. Bu ishtiyoq boshqalarga qanday keladi?

— Ta’kidlash joizki, faoliyatimni “Navbahor”da boshlaganman. O‘zbek futbolining bayroqdori bo‘lgan  “Navbahor” rahbariyatida ishlab, murabbiylarga ham yordam berganman. O‘tgan mavsumda jamoa  10-o‘ringa tushib qolib, qiyin holatda qolganligi bois, holatni yaxshilash talab etilardi. O‘shanda “Navbahor” muxlislar e’tiboridan ham chetda qolayotgandi. Mening vazifam esa jamoani oldingi holatiga qaytarish bo‘ldi. Bu yerda 25 yoshligimda ishlaganman. Ustozim Viktor Jalilov. Ajoyib futbolchilar bilan faoliyat yuritganman, omadim kelgan deyishim mumkin. Hozir ham ustozim yonimda. Shu sababli, shunchaki oldingi quvonchni yana Namanganga qaytarishni istadim.

— Jamshid Iskanderov hujumchilarni ajoyib tarzda to‘p bilan ta’minlamoqda. Jamshidning ajoyib paslari va zarbalari bor. Balki uni hujumda sinab ko‘rish kerakdir?

— Bu fikringizga qo‘shilmayman. Iskanderov hujumchiga xos bo‘lgan gavdaga ega emas. Jamshid — jamoaviy futbolchi. Tushundingiz-a? Bunday futbolchilarning atrofida o‘yin quriladi. Ayni damda u chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan. Muzokaralar vaqtida Iskanderovni Janubiy Koreyadan qaytarishdan oldin unga “Navbahor”ning brendini qaytarish, shuningdek, terma jamoa uchun loyiq futbolchi ekanligini isbotlashi kerakligini aytdim. Ayni paytda muxlislar va mutaxassislar ko‘rishyaptiki, Jamshid hozir eng iqtidorlilaridan biri. Shomurodov, Shukurov, Masharipov saviyasidagi futbolchi. Iskanderov o‘z pozisiyasida o‘ynab, joriy mavsumda “Navbahor”ning o‘yinlariga ancha zavq olib kirdi.

Ba’zi muxlislar shunchaki Iskanderovning o‘yinini tomosha qilish uchun ham kelishdi. Bu ham aniq fakt.

— O‘zbekiston kubogining yarim finalidagi “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan o‘yindagi penaltilar seriyasida ilk zarbani Rustam Ashurmatov berdi. Bu murabbiylar ko‘rsatmasimidi yoki futbolchining tashabbusimi?

— Faoliyatimda juda ko‘p penaltilar seriyasi bo‘lgan. Milliy terma jamoada, “Paxtakor”da. 2004 yilgi Osiyo kubogida yarim finalga chiqishimiz mumkin edi. Hamdo‘stlik kubogida shu faktor bilan bir necha o‘yinlarni boy berganmiz. Buning uchun nima qilish kerak? Shu sababli, bunday bahslardan oldin penaltilar bobida ishlash kerak. “Paxtakor” bilan 2007 yili penaltilar seriyasida g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritganimizdan keyin bu borada ko‘p ishlay boshladik va Hamdo‘stlik kubogida ham zafar quchdik. Har bir futbolchi penaltini qanday tepish kerakligini aniq bilishi kerak. Barchaga buni bo‘lib berdik. Agarda “Nasaf” bilan bo‘lgan o‘yinni ham penaltilar seriyasiga olib borganimizda, finalda aniq yutgan bo‘lardik.

— “Metallurg” bilan bo‘lgan bahsda futbolchilar shunchaki kasal bo‘lishlari ham mumkin edi. Nima sababli, o‘sha bahsda jamoa yozgi liboslarda maydonga tushdi?

— Libosning ichidan kiyiladigan maxsus maykalar bor. Kimdir buni kiydi, kimdir yo‘q. Biz ekstremal vaziyatga tushib qoldik, bundan tashqari, maydon holati ham pand berdi. Shu sababli, barchasi xarakterga bog‘liq bo‘lib qoldi.

Yigitlar o‘sha bellashuvda mardlik, xarakter, jamoaviy ruhni namoyish etgan holda, zafar quchishga muvaffq bo‘lishdi.  

— Ko‘plab muxlislar jamoa yutganidan keyin maydonni o‘pishingizga havas qilishadi. So‘nggi g‘alabalar davomida biz buni ko‘rmadik. Buning sababi nimada?

— Ba’zi o‘yinlar shunchaki finalga teng bo‘ladi. Masalan, ikkinchi davra boshida “Nasaf”ga qarshi kechgan bahs shunday bellashuvlar qatorida edi. Ajoyib maydon va stadion. Hissiyotlar sababli, keyingi harakatlarimni boshqara olmay qoldim.

Bugun esa mavsum yakuni. Balki ko‘p narsa emosiyalarga boy tarzda o‘tmagandir. Shunday bo‘lsa-da, ushbu ajoyib maydonda katta natijalarga erishib, birgalikda qo‘lga kiritgan natijalar uchun muxlislar bilan xursand bo‘ldim.

So‘zim yakunida yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, bu yilgi mavsumda “Navbahor”ning asosiy tarkibi o‘zagini tashkil qilgan barcha futbolchilar tarkibda qolishadi va jamoamiz sharafini kelasi mavsumda ham himoya qilishadi. Ular bilan og‘zaki kelishuvimiz bor.

Oston O‘runov borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, u ayni paytda erkin agent va Oston bilan gaplashishga harakat qilamiz.              

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 09:20, 13.11.2022. O'qildi: 2396 marta. Fikrlar: 21 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бавария Jamal Musiala 3
2 Бавария Kingsli Koman 2
3 Бавария Maykl Olise 2
4 Бавария Tomas Myuller 2
5 Челси Pedro Netu 1
6 Челси Enso Fernandes 1
7 Бенфика Nikolas Otamendi 1
8 Бока Хуниорс Migel Merentiel 1
9 Бока Хуниорс Rodrigo Battalya 1
10 Фламенго Jorjian De Arraskaeta 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.