Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:1
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • 1:0
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Aston Villa 20 42
3 Manchester Siti 19 41
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 20 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Azmun: «Superyulduzlarga qanday yondashishni yaxshi bilamiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush JCH-2018dan o‘rin olgan Marokash termasiga qarshi ilk o‘yin uchun tarkibni e’lon qilganida, barchaning e’tibori «Eronlik Messi» maqomiga ega hujumchi Sardor Azmunga qaratilgandi.

 Bunday ta’rif har qanday yosh futbolchi uchun jiddiy maqtov, albatta. Azmunning milliy jamoa libosidagi dastlabki 30ta   o‘yinda 23ta gol urganini hisobga olsak, «Eronlik Messi» maqomi o‘rinli edi. Faqat shunisi borki, eronlik hujumchi JCH-2018da kutilgan o‘yinni ko‘rsatolmadi, bunga raqiblar darajasi yo‘l qo‘ymadi. Muhimi, «Bayer» vakili yangi imkoniyatga yaqin. Oddiy aytganda, Azmun faoliyatidagi ikkinchi jahon chempionatiga o‘zgacha shaylanmoqda. 27 yoshli hujumchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida shu haqda gapirdi: o‘z jamoasi darajasi, qanday murakkab guruhga tushishgani, shaxsan o‘zi Qatarda kimlarga qarshi o‘ynashni orzu qilishi...

- Sardor, terma jamoa safida bo‘lish siz uchun nimani anglatadi?

- Jamoa lagerida bir oiladekmiz. Tabiiyki, terma jamoa safida maydonga tushsam, hamisha vatan sharafini ko‘tarish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman. Bor harakat va e’tibor imkon qadar yuqori natijalar ko‘rsatishga qaratilgan. Barcha jamoadoshlarim ham shu ruhda maydonga tushishadi va faqat muxlislarimizni quvontirish uchun o‘ynaymiz.

- Jahon chempionatiga yo‘l olishinglarda muxlislar qanday rolga egalar?

- Ular jamoaga mislsiz darajada ta’sir o‘tkazishadi, albatta. Qisqasi, muxlislarning kuchli qo‘llab-quvvatlovisiz yuksak vazifalarni bajarishda qiynalishimiz turgan gap. Biz 24 yoki 25 nafar omadli yigitlarmiz, futboldan, telba millatdan chiqqanmiz. Asosiysi, muxlislar bizni chin yurakdan sevishadi, qadrlashadi. Bu barchamizga jahon chempionatida ishonch va motivasiya bag‘ishlaydi.

- Rossiya mundialidan qanday taassurotlar qoldi?

- 4 yil oldin ko‘p narsa o‘ylaganimizdek kechmadi, lekin har bir o‘yinda to‘liq 90 daqiqa davomida tinim bilmadik, bor kuchimizni maydonda qoldirdik. Ya’ni yaxlit jamoa sifatida Eron uchun kurashdik. Aynan shu yondashuv - jahon chempionatining eng shirin xotirasi. Guruhimizda jamoalar saviyasi o‘rtasida farq bor edi, buni inkor etib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, raqiblarga munosib qarshilik taklif etib, osongina yengiladiganlar toifasidan emasligimizni ko‘rsatdik.

- Muvaffaqiyatli mundial? Shaxsan siz Qatarda qanday natijaga ijobiy baho berasiz?

- Avvalo, yaxlit jamoa sifatida o‘ynashimiz kerak, futbol assosiasiyasining iloji boricha sharoitlar yaratib berishi ham muhim. Demoqchimanki, barchasi o‘zaro uyg‘unlashsa, natija o‘z-o‘zidan yaxshilanadi.

- Eron termasi JCH-2022 saralashida ajoyib o‘ynadi, muammo sezmadi. Shuni nazarda tutsak, muxlislar Qatarda sizlardan qandaydir muvaffaqiyat kutishlari tayin. Bu masalada bosim yo‘qmi?

- Yo‘q. Zero, bosim faoliyatimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Deylik, muxlislar mendan har doim gol talab qilishadi, buni yaxshi tushunaman. Muhimi, muxlislar istaklarining o‘yi­nimga hech qanday ta’siri yo‘q - hech qanday bosimni sezmayman. Mentalitetim shunday - chetdagi yondashuv ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayman va bor e’tiborni   jamoa o‘yini va salohitimni namoyon qilishga qarataman. Futbolchi sifatida bosh maqsadim - jamoaga imkon qadar yordam berish. Bunda gol urish-urmasligimning ahamiyati yo‘q.

- Bo‘lajak jahon chempionatida e’tiboringiz markazida bo‘luvchi futbolchi kim?

- Kilian Mbappe, menimcha.

- JCH bilan bog‘liq bolalik xotiralari bilan ham o‘rtoqlashsangiz...

- Ochig‘i, yoshligimda jahon chempionatini umuman kuzatmaganman, chunki voleybolga ko‘proq qiziqardim. Faqat bitta final esimda qolgan. To‘g‘ri, keyinroq turnirni diqqat bilan tomosha qilganman, ayniqsa, final o‘yinlarini. Shu tariqa Eron milliy jamoasida o‘ynash va u bilan mundialda qatnashish istagi tug‘ilgan.

- Qatar mundiali guruh bos­qichida sizlarni kuchli jamoalar qarshi oladi...

- Ha, har bir o‘yin og‘ir kechishi muqarrar. Guruhda AQSH, Uels va Angliya termasi kabi kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushamiz. Ularning har biri ajoyib ijrochilarga ega, ayniqsa, inglizlar bilan o‘yin oson kechmaydi. Umid shuki, har bir raqib bilan tengma-teng olishamiz va ularni mag‘lub etish yo‘lini topamiz. Muhimi, o‘zimizga ishonamiz, jamoamizda iqtidorli yigitlar yetarli.

- AQSH termasi bilan o‘yin alohida mavzu...

- Bu jamoa yaxshi shakllangan, Bundesligada o‘ynaydigan ayrim futbolchilari bilan shaxsan tanishman. AQSH termasida sifat bor, albatta, lekin biz ham anoyi emasmiz. Menimcha, ikki jamoa ham sifatli futbol ko‘rsatadi, lekin o‘yinni siyosatga qorishtirmaslik kerak.

- Garet Beyl yetakchiligidagi Uels termasidan nimalarni kutyapsiz?

- Yo‘q, Uels jamoasi faqat Beyldan iborat emas. Tarkibidagi har bir futbolchi o‘z o‘rniga ega. Asosiysi, Eron termasida ham ustun tomonlari bor. Deylik, ko‘pchiligimiz so‘nggi JCHda Ronaldu va Messi kabi futbolchilarga qarshi o‘ynab ko‘rdik va superyulduzlarga qanday yondashishni yaxshi bilamiz.

- Aynan qaysi futbolchi bilan uchrashishni intiq holda kutyapsiz va nega?

- Ilgari Zlatan Ibragimovich bilan maydonda to‘qnashishni xohlardim va YELda unga qarshi o‘ynash nasib etdi. Qatarda esa Fransiya termasi va Kilian Mbappega qarshi maydonga tushishni istardim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:30, 18.11.2022. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Тоттенхэм Risharlison 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.