Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2026dagi yangicha inqilob kutilmalari, jamoalar taqsimotidagi o‘zgacha reformalar!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Keyingi jahon chempionati tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. Nima uchun ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak?

Hali ham amaldagi Jahon kubogi formati 1998 yilda joriy qilingani kabi bir xil ko‘rinishda. Bunga ko‘pchilik o‘rganib qoldi: 8 ta guruh, 32 ta jamoa, ularning yarmi pley-offga chiqadi. FIFA asosiy turnirni o‘tkazishning optimal formulasini topgandek tuyuladi.

Lekin undan ham yaxshiroq variantlar borligini unutmaslik kerak. 2013 yilda UYEFAning sobiq rahbari Mishel Platini ishtirokchilar sonini 40 ta jamoaga yetkazishni taklif qilgan edi. FIFA prezidenti Janni Infantino bu g‘oyaga qarshi chiqmadi: saylovoldi tashviqoti davomida u Yevropadan tashqari davlatlarga jahon chempionatida ko‘proq o‘rin berishga va’da berdi va bu va’dasini bajardi. 2017 yilda FIFA 2026 yilgi jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etishini e’lon qildi.

Infantinoning va’dasi muhim bo‘lishiga qaramay turnirning kengayishiga asosiy sabab emas. Asosiy sabab pul bilan bog‘liq. Noyabr oyida FIFA 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida rekord darajadagi 7,5 milliard dollarlik bitimlar tuzganini g‘urur bilan e’lon qildi, bu avvalgi sikldagidan bir milliard dollarga ko‘p. Aniqrog‘i, erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati FIFA uchun asosiy daromad manbai bo‘lib, tashkilotni keyingi to‘rt yil davomida moliyalashtirib keladi. Shuning uchun Infantino har ikki yilda bir marta sayyoramizning asosiy turnirini o‘tkazish g‘oyasini faol ravishda ilgari surmoqda.

FIFA JCH-2026 uchun 10 milliard dollar yig‘ishi kutilmoqda, bu hozirgidan 2.5 milliardga ko‘p degani. O‘yinlar soni ko‘payadi, buning natijasida televizion paketlar narxi oshadi, ko‘proq chiptalar, futbolkalar va boshqa mahsulotlarni sotish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, keyingi turnir asosan AQSHda bo‘lib o‘tadi (16 ta mezbon shahardan 11 tasi shu yerda joylashgan), ular albatta, mundial orqali qanday qilib pul ishlashni bilishadi.

Kvotalar qanday o‘zgaradi?

Infantino shunchaki jahon chempionatini kengaytirishga va’da bergani yo‘q - u UYEFA kabi top konfederasiyalarning mamlakatlariga ko‘proq joy berish niyatida edi. Shuning uchun Osiyo va  Afrikaga katta e’tibor beriladi. Unga ko‘ra Afrikaga avvalgidan deyarli ikki barobar ko‘p o‘rin berilishi ko‘zda tutilgan. Saralash turniri formati ham u yerda o‘zgaradi: endi ehtimoliy pley-off o‘yinlari bo‘lmaydi, aynan shu sababli Jahon chempionatida Muhammad Saloh jamoasi qatnasha olmadi. Osiyo va Shimoliy Amerika ko‘proq o‘rinlarga ega bo‘ladi, Okeaniya tarixda birinchi marta to‘liq yo‘llanma oladi, hatto Janubiy Amerika terma jamoalari oz sonli bo‘lsa ham kvotani kengaytiradi. Qit’alararo pley-off o‘yinlari olti xil jamoa ishtirokidagi to‘liq pley-offga aylanadi. Shunday qilib qit’alararo quyidagicha taqsimotga amal qilinadi: 

Yevropa: 13

Janubiy Amerika: 6

Afrika: 9

Osiyo: 8

Shimoliy Amerika: 6

Okeaniya: 1

Yevropa jamoalariga faqat uchta qo‘shimcha o‘rin hisoblangan, buning uchun ular bir necha bor g‘azablanishdi. Lekin bu FIFAning yangi siyosati: ular UYEFAda allaqachon keng kvota bor deb hisoblashadi, bu favorit jamoalar aynan ushbu qit’adan kelib chiqqaniga asoslangan.

Format qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

2017 yilda FIFA Kengashi turnirni o‘tkazish uchun beshta variantdan birini tanladi:

1) 48 ta jamoa: uchta jamoadan iborat 16 ta guruh, eng yaxshi ikki o‘rin pley-offga chiqadi (1/16 final). 80 ta bahs

2) 48 ta jamoa: 16 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘l oladi, qolgan 32 jamoa pley-offning dastlabki bosqichidan o‘tadi, 80 ta o‘yin.

40 ta jamoa: to‘rt kishilik 10 ta guruh, g‘oliblar va eng yaxshi oltita ikkinchi o‘rin sohibi pley-off bosqichiga chiqishadi. 76 ta bahs.

40 ta jamoa: beshta jamoadan iborat 8 ta guruh, eng yaxshi ikki jamoa pley-offga chiqadi. 88 ta bahs

32 ta jamoa: to‘rtta jamoadan iborat 8 ta guruh, eng yaxshi ikkitasi pley-off bosqichiga chiqadi. 64 ta o‘yin. Joriy format.

Infantino birinchi variantni qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidladi. Chunki bundan ko‘pchilikka foyda bo‘lishi kutilyapti: FIFA yaxshigina pul ishlab oladi, muxlislar ko‘proq miqdordagi o‘yinlardan bahramand bo‘ladi, teleradiokompaniyalar qo‘shimcha kontent oladi, klublar ham o‘yinlar sonining ko‘payishidan shikoyat qilmaydi. Ammo bu formatning aniq kamchiliklari ham bor, negadir FIFA buni endigina payqab qolgandek.

Uch jamoadan iborat guruhda bir tur dam oluvchi jamoa bo‘ladi. Barcha raqiblar o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun har xil vaqtga ega bo‘ladi, ammo bu asosiy narsa emas: eng yomoni, bunday format kelishilgan o‘yinlar ehtimolini oshirishi mumkin.

Oxirgi tur oldidan bir jamoa allaqachon ikkita o‘yin o‘tkazadi, boshqalari esa qanday natija ikkalasi uchun foydali ekanligini bilib oladi. Bu har doim ham shunday bo‘lmaydi, lekin 16 guruhda, albatta, ziddiyatli vaziyatlar kuzatilishi tabiiy. FIFA bu muammoni hal qildi: 1986 yilgi jahon chempionatidan beri so‘nggi turning barcha o‘yinlari bir vaqtda o‘tkaziladi, shuning uchun shartnoma kelishuvlari xavfi kamaydi. Biroq bu formatda ham uning ilojini topishyapti - Qatarda o‘tayotgan JCHda Polsha Argentinaga gol urishga intilmadi va Ispaniyaning Yaponiyaga taslim bo‘lishi o‘zi uchun foydali yakunlandi.

FIFA fikrini o‘zgartira oladimi?

Ha, ehtimol. Lekin gap faqat turnirning formati haqida ketyapti, ishtirokchilar soni haqida emas – ular albatta 48 nafar bo‘ladi. E’lon qilingan kvota ham o‘z kuchida qoladi.

Birinchidan, noyabr oyida guruh bosqichida penaltilar seriyasini o‘tkazish g‘oyasi qayta tiklandi. Bu yangilik emas: u 2016 yilda formatni o‘zgartirishdan oldin darhol ko‘rib chiqildi, ammo masala muhokamalardan uzoqqa bormadi. Dekabr oyi boshida The Athletic nashri penaltilar hali ham joriy etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Ikkinchidan, FIFAning global rivojlanish departamenti rahbari Arsen Venger format haqiqatdan ham o‘zgarishi mumkinligini tasdiqladi. «Biz formula qanday bo‘lishini hali hal qilmadik. Uchta variant mavjud bo‘lib turibdi. Bu haqdagi qaror FIFA kengashining kelasi yili bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida qabul qilinadi», — deydi Venger.

Kiritildi: 14:18, 14.12.2022. O'qildi: 5154 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик