Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 27.02.2026 18:00
      • Buxoro
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 27.02.2026 18:45
      • Andijon
      • 4:0
      • So‘g‘diyona
      • 27.02.2026 19:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • Qizilqum
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • -:-
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Xorazm
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Jenoa
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Andijon 1 3
2 Paxtakor 1 3
3 Buxoro 1 3
4 Bunyodkor 0 0
5 Dinamo 0 0
6 Lokomotiv 0 0
7 Mash’al 0 0
8 Nasaf 0 0
9 Navbahor 0 0
10 Neftchi 0 0
11 OKMK 0 0
12 Surxon 0 0
13 Xorazm 0 0
14 Qo‘qon-1912 1 0
15 Qizilqum 1 0
16 So‘g‘diyona 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
1-тур Andijon 4-0 So‘g‘diyona
1-тур Paxtakor 2-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

28/02/26 Neftchi - Mash’al
28/02/26 Lokomotiv - Surxon
28/02/26 Dinamo - Navbahor
01/03/26 OKMK - Bunyodkor
01/03/26 Nasaf - Xorazm

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Funksionerlar: Levandovski, Kagava, Gyundogan, navbatdagisi kim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

The Athletic nashri tarqatgan xabarga asoslansak, «Liverpul» sport direktori lavozimidan ketishini ma’lum qilib ulgurgan Julian Uord o‘rnini germaniyalik Sven Mislinstat egallaydi katta ehtimol.

Ushbu mutaxassis «Shtutgart»da ish boshlashidan oldin Dortmund «Borussiya»si va «Arse­nal»da samarali faoliyat olib borish asnosida tanilgandi. Sven Mislinstat kashf etgan futbolchilar ro‘yxati ancha uzun: Robert Levandovski, Shinji Kagava, Ilkay Gyundogan... U shuningdek, 2018 yili «Arsenal»­ni Pyer-Emerik Obameyang transferi uchun 64 million yevro ajratishga ko‘ndirgan. Xo‘sh, «Liverpul»ning bo‘lajak sport direktori o‘z faoliyatidagi eng katta ishlarni qanday amalga oshirgandi?

«Serezo Osaka» (Yaponiya)dan Shinji Kagava transferi. Dortmund «Borussiya»si 2010 yili Sven Mislinstatning oqilona ish tutishi natijasida Yaponiya futbolida chaqnagan eng iqtidorli yigitlardan birini mutlaqo tekinga oldi. Shinji Kagava shu tariqa 2 yil davomida Yurgen Klopp boshqargan ajoyib ansambl yetakchilari qatorida samarali to‘p surdi. «Borussiya» shundan so‘ng yapon yigitini «MYU»ga qo‘yib yubordi, albatta, tekinga emas, 16 million yevro evaziga.

«Lex» (Polsha)dan Robert Levandovski transferi. Aslida Robert Levandovski boshidayoq bir qator klublar e’tiboriga tushgandi. Ayrim jamoalar polyak transferi masalasida tavvakkal ish ko‘rishga ham tayyor turgandi. Xullas, Robert 2010 yilning yozida «Blekbern» bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgandi, biroq ob-havo sharoiti tufayli belgilangan vaqtda Angliya klubi qarorgohiga borolmaydi. Shundan so‘ng Mislinstat tashabbusni qo‘lga olib, «Borussiya» rahbariyatini bo‘lajak Levagolni xarid qilishga undaydi. Qisqasi, germaniyaliklar Polsha klubiga atigi 5 million yevro to‘lashadi va klubning yangi tarixidagi eng kuchli futbolchiga ega bo‘lishadi. Buning samarasi: Bundesligadagi ikki chempionlik va CHL finali.

«Nyurnberg» (Germaniya)dan Ilkay Gyundogan transferi. Ha, bu futbolchi ham Sven Mislinstat kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Dortmundliklar 2011 yili aynan uning qistovi bilan o‘rtamiyona «Nyurnberg»­da endi-endi ko‘zga tashlana boshlagan Ilkay Gyundogan transferiga 5,5 million yevro to‘lashgandi. Germaniya­lik turk keyingi 5 yil davomida «Borussiya»da yetuk futbolchi sifatida shakllandi va «Manchester Siti»ga yo‘l oldi - 27 million yevro evaziga.

Sven Milsinstatning eng katta transferi - bu Pyer-Emerik Obameyang. Arsen Venger va «Arsenal» rahbariyatini gabonlik hujumchi uchun 64 million yevro to‘lashga aynan Sven ko‘ndirgan edi. Chunonchi, Mislinstat Dortmundda porlagan Obameyangni shaxsan tanirdi. Aytish kerak, «Arsenal»ning bu transferi o‘zini to‘la oqladi, garchi gabonlik Londondagi faoliyatining yakuniy qismida turli muammolarga o‘ralashib qolgan bo‘lsada. Lekin fakt faktligicha qoladi - Pyer-Emerik «kanonirlar» safidagi 163ta o‘yin­da 92ta gol urdi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:31, 15.12.2022. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Андижон Dragan Cheran 1
2 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1
3 Пахтакор Doston Hamdamov 1
4 Пахтакор Piotr Pajishek 1
5 Бухоро Sherzod Esanov 1
6 Андижон Nemanya Chalasan 1
7 Андижон Martin Boakye 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.