Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • 4:1
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • -:-
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Lechche
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Valensiya
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Everton
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Lokomotiv 3 7
3 Nasaf 3 7
4 Buxoro 3 7
5 Navbahor 3 6
6 Paxtakor 3 6
7 Qizilqum 3 6
8 Dinamo 3 4
9 Bunyodkor 3 4
10 Xorazm 3 4
11 Andijon 3 3
12 OKMK 3 1
13 Qo‘qon-1912 3 1
14 Surxon 3 1
15 So‘g‘diyona 3 1
16 Mash’al 3 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Neftchi 3-0 Andijon
3-тур Mash’al 0-2 Qizilqum
3-тур Paxtakor 0-2 Navbahor
3-тур Surxon 0-0 Bunyodkor
3-тур Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
3-тур Buxoro 1-1 Xorazm
3-тур OKMK 2-2 So‘g‘diyona
3-тур Dinamo 1-1 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

18/03/26 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03/26 Xorazm - Bunyodkor
18/03/26 Qizilqum - OKMK
19/03/26 Andijon - Mash’al
19/03/26 Buxoro - Dinamo
20/03/26 Neftchi - Lokomotiv
20/03/26 Nasaf - Surxon
20/03/26 So‘g‘diyona - Paxtakor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Serxio Kanales: «Mundialni chetdan kuzatish og‘ir...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Qatarda JCH yakuniy pallasiga yaqinlashayotgan pallada «Betis» yarim himoyachisi Serxio Kanales futbol olamidagi ko‘plab do‘stlari va «Verdiblanko» klubi prezidenti Anxel Aro hamrohligida jarohatlangan sportchilarni tiklashga mo‘ljallangan Breakers klinikasi ochilish marosimida ishtirok etdi. Valensiya­dagi tadbirdan so‘ng Marca nashriga maxsus intervyu bergan futbolchi yashirib o‘tirmadi: «To‘g‘risi, mundial o‘yinlarini tomoshabin sifatida kuzatishim og‘ir».

- Majburiy tanaffus «Betis»ga qanday ta’sir o‘tkazadi, sizningcha?

- Tan olish kerak, tanaffus biz uchun eng zarur pallada yuzaga keldi. Chunki  mavsumning dastlabki 2-3 oyida chinakamiga qiynaldik, har 3 kunda maydonga tushish og‘irlik qilayotgani yaqqol sezildi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ozgina tin olishga muhtoj edik. Mana, hozir charchoq yozildi, juda yaxshi holatdamiz va istaklarimiz ham katta. Deylik, tanaffusga qadar juda yaxshi ishladik, xususan, YEL guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunladik. Endi barchasini muvaffaqiyatli davom ettirishdan umidvormiz, albatta.

- Argentina va Chilida o‘ynash tajribasi haqida nima deysiz?

- Juda murakkab. Har holda, «River Pleyt» ham, «Kolo-Kolo» ham mutlaqo boshqacha muhitda o‘ynaydi. Bizni oldinda Superkubok turniri kutib turibdi, shuning uchun qiyin kechgani tayin. Lekin bu kabi safarlar klub uchun muhim, har qanday holatda ham, bor imkoniyatni ishga solishimiz talab etilardi. Faqat sport darajasi tomonlama vaziyatga moslashishda ancha qiynaldik. 

- Lekin uzoq safar kuchli charchoqni keltirib chiqaradi...

- Ha, darhaqiqat, 6-7 kun oralig‘ida 3ta o‘yin o‘tkazdik, hammasi tig‘iz jadval asosida tashkil etildi. Muhimi, ikki haftalik turne davomida katta saboq oldik va o‘ylaymanki, yil oxiriga belgilangan «Atletik»ga qarshi o‘yin uchun munosib tayyorlandik. Bo‘lajak uchrashuv ayniqsa, CHL hududiga qaytish nuqtai nazaridan o‘ta muhim.

- «Betis»ga tanaffusga qadar jarohatlangan futbolchilar ko‘pligi biroz pand bergani tayin.

- Ha... Shunga qaramay, YEL guruh raundida 1-o‘rinni egalladik, La Ligada CHL yo‘llanmasi uchun kurasha olishimizni ko‘rsata oldik. Qisqasi, mavsumning ortda qolgan qismida jamoa bilan natija qayd eta olishimizga ishonadigan darajaga yetganimiz quvontirmoqda. To‘g‘ri, o‘yinimizda hali ko‘p jihatlarni ancha kuchaytirishimiz zarurligini yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, yigitlarimizda buning uchun real potensial bor. Xususan, jarohatlangan yigitlarning safga qaytishlari ham jamoaviy ruhni ko‘tarsa, ajabmas.

- «Betis» muxlislari 2022 yilni hech qachon unutishmasa kerak...

- Yo‘q, to‘xtang, bu boshlanishi... Ha, 2022 yil voqealari xotiralarga muhrlandi. Yil nafaqat «Betis», shaxsan o‘zim uchun aql bovar qilmaydigan lahzalarni taqdim etdi. Umid shuki, jamoamiz endi to‘xtab qolmaydi, muvaffaqiyatlarni keyingi yillarga ham o‘tkazadi.

- Sardorlik masalasiga qanday qaraysiz?

- Xoakin va Guardado o‘ynashda davom etishsa, bog‘ich menga tegmaydi... Bu yerga 5 yil oldin kelgandim va Xoakin har mavsum yakunida nafaqaga chiqishini aytadi, amalda esa u hamon maydonda va xuddi oldingidek jangovar holatda. Ha, «Betis»da ancha o‘ynab qo‘ydim, ammo birinchi raqamli sardor bo‘lishim shart emas, chunki bizda bog‘ich uchun ikki munosib yigit bor.

- Do‘stingiz Xose Luis Gayya jiddiy jarohatga yo‘liqdi, uning hozirgi holatidan xabardormisiz?

- Gayyaga juda qiyin bo‘ldi, lekin uni yaxshi bilaman - mutlaq professional. Axir ko‘p yillardan buyon futbol ichida toblandi. Ishonchim komilki, u bu sinovdan ham munosib o‘tadi. Tushunish kerak, jarohat - futbolning bir qismi. Jarohat ba’zida uzoq muddat o‘ynash imkonini bermasligi ham mumkin - shunisi yomon. Eng alamlisi, Gayya jarohat tufayli jahon chempionatida qatnashish baxtidan mosuvo bo‘ldi. Endi tezroq safga qaytsa, bas.

- Rostini ayting, Ispaniya terma jamoa o‘yinini ko‘rayotganda, uning futbolkasini kiyib olasizmi yoki...?

- Futbolka kiyish-kiymasligim hech narsani anglatmaydi, muhimi, har qanday holat va sharoitda milliy jamoamizga to‘liq ishonaman, uning g‘alaba qozonishiga aslo shubhalanmayman. 

- Milliy jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike tanloviga qanday baho berasiz?

- Nima deyishim mumkin? Mundialdagi birinchi o‘yinda hammasi ideal ko‘rinish oldi - gollar, vaziyatlar, nazorat... Ikkinchi bahsning birinchi bo‘limida ham Germaniya termasidan ustunroq ko‘rindik. Tanaffusdan keyin esa garchi raqibga kuchli bosim o‘tkazgan bo‘lsakda, yakuniy natija xavf ostida edi. Yaponlar bilan o‘yinga kelsak, raqiblar bizni chinakamiga hayratga solishdi. Kutilmagan mag‘lubiyatga qaramay, jamoamizga hali ham ishonaman, xuddi o‘zimga ishongandek (suhbat 1|8 finaldan o‘rin olgan Ispaniya - Marokash o‘yinidan oldin o‘tkazilgan).

- Futbolchi sifatida JCHni televizorda tomosha qilish qanday?

- Jahon chempionatiga borish yo‘lida qattiq ishlaganim, ko‘p ter to‘kkanim rost, shu harakatimning o‘zidan ham o‘zgacha faxrlanaman, zero, bor kuchimni berdim. Tarkibdan chetda qolganimni esa oxirgi 3 oyda o‘zim mo‘ljallagan darajaga chiqolmaganim bilan bog‘lash kerak. Boshqa gap yo‘q. Oxir-oqibat, jamoa qarorlarini qabul qilib, uni qo‘llab-quvvatlash zarur, garchi o‘yinlarni tomoshabin rolida ko‘rish og‘ir bo‘lsada.

- Endi Breakers loyihasiga to‘xtalsak, ochilish marosimi yoqdimi?

- Juda zo‘r. Zero, bu loyiha ustida uzoq vaqt katta ishtiyoq bilan ishladik. To‘g‘ri, bir vaqt­ning o‘zida Valensiya va Se­vilyada bo‘lish qiyin, lekin ajoyib jamoa to‘plangani evaziga barchasini talab darajasida amalga oshirdik.

- Nega aynan Valensiya tanlandi?

- Men ishonadigan odamlardan tuzilgan jamoa shu yerda va bu eng muhimidir. Klinikaga har qanday turdagi jarohatga yo‘liqqan sportchilarga yordam bera oladigan mutaxassislarni jalb etganmiz. Maqsad - sportchilarni qiynayotgan muammolarni hal etishga hissa qo‘shish.

- «Valensiya» haqida: jamoa joriy mavsum qayergacha borishi mumkin?

- Hozirgina David Albelda bilan gaplashdim. Jamoada o‘tgan yildagi holatga nisbatan o‘zgarish katta. Aniq g‘oya bor, demak, «ko‘rshapalaklar»da tarkibga qo‘shilgan yangi futbolchilar bilan yuqori pog‘onalarga chiqish imkoniyati yo‘q emas.

- Superkubok turniridan nimalar kutyapsiz?

- Birinchi navbatda, «Barsa» bor, keyin «Real»... Muhimi, katta ishtiyoq bilan tayyorlanyapmiz. Umid qilamanki, «Valensiya» bilan finalda uchrashamiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:15, 15.12.2022. O'qildi: 1549 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
3 Пахтакор Doston Hamdamov 2
4 Пахтакор Piotr Pajishek 2
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
6 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
7 Насаф Sharof Muhitdinov 2
8 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 1
10 Нефтчи Anvarjon G‘ofurov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.