Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir yoxud «oltin to‘p» sohibi oltin medalga haqlimi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Yangiliklar
A A A

Didye Desham intrigani saqlab turibdi. Nega Benzema jahon chempionatida o‘ynamaydi?

Amaldagi «Oltin to‘p» sohibi va Chempionlar ligasi g‘olibi dastlab Fransiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibidan joy olgandi. Mushaklardagi jiddiy jarohatlar tufayli «Real Madrid» hujumchisi kuzning muhim qismini o‘tkazib yubordi, ammo kutilganidek, Qatardagi turnir boshlanishiga qadar u yana safda bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq chempionatning ochilish uchrashuvidan bir kun oldin Karim mavsumdagi beshinchi jarohatini oldi – son qismidagi og‘riq tufayli Karim uch haftani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Fransiya terma jamoasi hujumchini turnirda ishtirok etolmasligini ma’lum qildi.

Uning o‘rniga kim chaqirildi?

Hech kim. Benzemaning jarohati haqidagi xabar paydo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay , Marca nashri «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyalni jamoaga chaqirishini e’lon qildi, ammo Didye Desham taklifni o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bu haqda shunday dedi: «Bizga 25 nafar futbolchi kifoya qiladi. Boshqa o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bizda barcha kerakli futbolchilar bor». Bir necha kundan so‘ng L'Équipe gazetasi go‘yo Benzema ketganidan keyin jamoadagi muhit yaxshilangani, ba’zi futbolchilarda esa «engillik» kuzatilgani haqida yozdi. Fransiyalik yarim himoyachi Aurelyen Tchuameni bu mish-mishlarni rad etdi. 

So‘nggi haftalarda Karim qayerda edi?

Hujumchi Qatarni tark etib, dastlab Hind okeanidagi Reyunion oroliga yo‘l oldi va u yerda bir necha kun dam oldi va tuzalib ketdi. Dekabr oyi boshida u Madridga uchib ketdi. Benzema 10 dekabr kuni «Real Madrid» bazasida individual mashg‘ulotlarni boshladi - bu sanaga kelib, fransiyalik futbolchi o‘tkazib yuborishi kerak bo‘lgan uch hafta deyarli yakuniga yetdi. Hozircha hech bir manba Karimning jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lgani haqida xabar bergani yo‘q, ammo jarohatdan keyin 3 hafta o‘tdi. Chorshanba kuni Mundo Deportivo nashri «Real Madrid» hujumchiga Fransiya terma jamoasi joylashgan bazaga qaytishga ruxsat berganini aytdi. 

U haqiqatan ham o‘ynay oladimi?

Qoidalarga ko‘ra, ha. Agar Desham Benzema o‘rniga kimnidir chaqirganida, bu savol o‘z-o‘zidan yo‘qolgan bo‘lardi. Ammo rasman Karim Qatarni tark etganiga deyarli bir oy bo‘lgan ersada, terma jamoa qaydnomasida hamon qayd etilgan. Hatto FIFA saytidagi fransuz jamoasi sahifasida ham uning profili buzilmagan. Demak, Benzema albatta medal oladi - oltin yoki kumush. Va agar u hali ham Qatarga yetib borsa, finaldan so‘ng darhol shaxsan unga medal topshiriladi. 

Fransiyaga Benzema kerakmi?

Eng qiziq savol. Bir tomondan, Benzema har qanday jamoa o‘z tarkibida ko‘rishni istaydigan dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Boshqa tomondan esa uni inkor etib bo‘lmaydigan statistikasi bor: Didye Desham qo‘l ostida Fransiya terma jamoasi Benzema tarkibda bo‘lmaganida uch marta yirik turnirlar finaliga chiqqan. Karim o‘ynaganida (JCH-2014 va Yevro-2020da) «uch ranglilar» mundialni erta tark etgan.

Statistikani hisobga olmaganda hamma narsa unchalik aniq emas. «Real» hujumchisining terma jamoadagi muhitga salbiy ta’siri haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgani bor gap. Fransiyada ajoyib hujum chizig‘i mavjud: Mbappe beshta gol urdi, Jiru to‘rtta, Grizmann uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Bunday holatda qanday qilib ulardan birini finaldan mahrum qilish mumkin? Ochig‘i, Benzema Qatarga qaytsa, Argentina bilan bo‘lgan uchrashuvdagina maydonga tusha oladi.

Desham nima deydi?

Marokash ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berildi:

- Xabar qilinishicha, Karim Benzema Qatarga qaytishi mumkin. Bu rostmi? Agar kerak bo‘lsa, unga finalda bir necha daqiqaga imkon berish imkoniyati bormi?

Buni eshitgan Desham og‘ir xo‘rsindi, jilmayib qo‘ydi va jumboq bilan javob berdi:

Men bunga javob bermaslikni afzal ko‘raman. Keyingi savol. Sizdan kechirim so‘rayman.

Deshamning bunday munosabatda bo‘lishiga nima majbur qilganini aytish qiyin: Benzema bilan, futbolchilar bilan munosabatlarmi yoki final oldidan raqibni chalg‘itishga urinish. Ammo savol haligacha ochiq va «Oltin to‘p» sohibi turnirda bir daqiqa ham o‘ynamay, jahon chempionatini boshi uzra ko‘tara oladi, bu esa ko‘pchilikka yoqmaydi.

Kiritildi: 22:04, 16.12.2022. O'qildi: 7932 marta. Fikrlar: 46 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик