Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jamshid Iskanderov – 17-laureat!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Rasmiy tadbirlar / Yilning eng yaxshilari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekistonda eng yaxshi murabbiy nominasiyasi 1996 yildan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, futbolchilar yo‘nalishi so‘rovi milliy chempionatimiz bilan tengdosh. Ya’ni 1992 yilgi birinchi mavsum yakunidayoq futbolimiz jamoatchiligi eng yaxshi o‘yinchi bilan tanishgandi. Shuning hisobiga laureat futbolchilar safi murabbiylarnikidan kengroq garchi rekordchi Odil Ahmedovning bir o‘zi naq 6 marta e’tirof etilgan bo‘lsada. Xullas, mavsum-2022 bosh qahramoni Jamshid Iskanderov hisob bo‘yicha 17-laureatdir. Eslatma, Temur Kapadze murabbiylar orasida 15-g‘olib bo‘ldi.

Birinchi 10 yillik (1992-2001): «paxtakorchilar» davri

Futbolimizning yangi tarixi - Mustaqillik davrining ilk 10 yilligiga qarasak, bu vaqtda «Paxtakor» vakillari naq 6 marta e’tirof etilganlar. Jumladan, Mirjalol Qosimov va Pavel Bugalo bu orada «sherlar» futbolchisi maqomida 2 martadan individual sovrin yutishgan. Shuningdek, Valeriy Kechinov va Andrey Akopyans ham «Paxtakor»dagi o‘yinlari samarasi o‘laroq, e’tirof etilgandilar. Darvoqe, Mirjalol Qosimov ilk 10 yillikda «Krilya Sovetov» (Rossiya) futbolchisi sifatida ham so‘rov g‘olibiga aylangan. Igor Shkvirin esa bunday yutuqni «Makkabi» (Isroil) hujumchisi maqomida nishonlagandi 1994 yili. Tabiiyki, deyarli har bir laureatning muvaffaqiyatida O‘zbekiston milliy jamoasidagi o‘yinlari og‘ir tosh bosgan. To‘g‘ri, ba’zi istisnolar ham yo‘q emas (deylik, Jamshid Iskanderov bu yil bosh jamoamizda o‘ynamay turib ham, eng yaxshi maqomiga erishdi). Birinchi davrning qolgan ikki laureatiga kelsak, ular chempion klublar vakillari - «Navbahor»dan Oleg Shaskix va yo‘qlik sari singgan «Do‘stlik»dan Ja’far Irismetov.

Yil

Laureat (klubi)

2-o‘rin (klubi)

3-o‘rin (klubi)

1992

Valeriy Kechinov («Paxtakor»)

Rustam Abdullayev («Temiryo‘lchi»|«Qo‘qon-1912»)

Mustafo Bilolov («Nurafshon» | «Buxoro»)

1993

Mirjalol Qosimov («Paxtakor»)

Rustam Do‘rmonov («Neftchi»)

Stepan Atoyan («Neftchi»)

1994

Igor Shkvirin («Makkabi», Isroil)

Mirjalol Qosimov («Paxtakor»)

Yuriy Sheykin («Traktor»)

1995

Oleg Shaskix («Navbahor»)

Dilmurod Nazarov («Paxtakor»)

Sergey Lebedev («Neftchi»)

1996

Pavel Bugalo («Paxtakor»)

Farhod Magometov («Navbahor») 

Sergey Lebedev («Neftchi»)

1997

Pavel Bugalo («Paxtakor»)

Ja’far Irismetov («Do‘stlik»)

Andrey Fyodorov («Neftchi»)

1998

Mirjalol Qosimov («Paxtakor»)

Igor Shkvirin («Paxtakor»)

Andrey Akopyans («Paxtakor»)

1999

Andrey Akopyans («Paxtakor»)

Shuhrat Rahmonqulov («Navbahor»)

No‘’mon Hasanov («Do‘stlik»)

2000

Ja’far Irismetov («Do‘stlik»)

Zafar Xolmurodov («Nasaf»)

Muhsin Muhammadiyev («Dinamo»)

2001

Mirjalol Qosimov («Krilya Sovetov», Rossiya)

Nikolay Shirshov («Rostov», Rossiya)

Umid Isoqov («Neftchi»)

Ikkinchi 10 yillik (2002-2011 yillar): Maksim Shaskix davri

2002 yili yoshgina Aleksandr Geynrix «paxtakorchi» sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, keyingi 5 mavsumning 4tasi «Dinamo» (Kiyev)da eng yaxshi davrini o‘tkazgan Maksim Shaskixga ataldi. Diqqat qiling, «Paxtakor»ning amaldagi bosh murabbiyi bu oraliqda 4 karra laureat bo‘lgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Undan oldin esa 2004 yili «Alaniya»da o‘ynagan Mirjalol Qosimov 4-yutug‘ini nishonlagandi. Lekin Shaskix O‘zbekistonda qatorasiga 3 marta yilning eng yaxshisi sifatida e’tirof etilgan birinchi futbolchidir. Biz shartli ravishda ajratib olgan ikkinchi dekadaning qolgan yillari so‘rovlarida Server Jeparov va Odil Ahmedov galma-gal, yana turli klublar vakili sifatida 2 martadan g‘olib chiqishdi.

Yil

Laureat (klubi)

2-o‘rin (klubi)

3-o‘rin (klubi)

2002

Aleksandr Geynrix («Paxtakor»)

Gochguli Gochguliyev («Paxtakor»)

Server Jeparov («Paxtakor»)

2003

Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina)

Vladimir Shishelov («Zimbru», Moldova)

Aleksandr Geynrix (SSKA, Rossiya)

2004

Mirjalol Qosimov («Alaniya», Rossiya)

Aleksandr Geynrix (SSKA, Rossiya)

Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina)

2005

Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina)

Mirjalol Qosimov («Mash’al»)

Anvar Soliyev («Paxtakor»)

2006

Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina)

Aleksandr Geynrix   («Torpedo», Rossiya)

C erver Jeparov («Paxtakor»)

2007

Maksim Shaskix («Dinamo» K., Ukraina) 

Server Jeparov («Paxtakor»)

Vitaliy Denisov («Dnepr», Ukraina)

2008

Server Jeparov («Bunyodkor»)

Odil Ahmedov («Paxtakor»)

Ignatiy Nesterov («Paxtakor»)

2009

Odil Ahmedov («Paxtakor»)

Rivaldo («Bunyodkor»)

Jasur Hasanov («Bunyodkor»)

2010

Server Jeparov («Seul», J.Koreya)

Odil Ahmedov («Paxtakor»)

Bahodir Nasimov («Neftchi», Ozarbayjon)

2011

Odil Ahmedov («Anji», Rossiya)

Server Jeparov («Al-SHabab», S.Arabistoni)

Aleksandr Geynrix («Suvon Samsung Blyuuingz», J.Koreya)

Uchinchi 10 yillik (2012-2021 yillar): Odil Ahmedov davri

Mavsum-2012gacha 2 marta bosh qahramon rutbasiga erishgan Odil Ahmedov 2014-2016 yillar «Krasnodar» futbolchisi maqomida ketma-ket laureat bo‘lish bobida Maksim Shaskix rekordini takrorlash barobarida umumiy jadvalda sof 1-o‘ringa ko‘tarildi. Qolaversa, milliy jamoamiz sobiq sardori orada bir tin olib, 2018 yili (endi Xitoyning «Shanxay SIPG» vakili sifatida) o‘z mavqeini mustahkamladi - 6 karra eng yaxshi. Bu davrda shuningdek, Eldor Shomurodov avvaliga «Rostov» (Rossiya), keyin «Roma» (Italiya)ni O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari klublari ro‘yxatiga kiritdi. Umuman, 2012-2021 yillar asosan legionerlarga ataldi. Ya’ni Ahmedov va Shomurodovdan tashqari, Sanjar Tursunov («Alaniya», Rossiya) va Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Rossiya) ham xorijda o‘ynagan holda, O‘zbekiston futboli qahramoni bo‘lishdi. Lekin mahalliy klublar ham ikki laureatni tanishtirdi, baribir. Bular - Marat Bikmayev («Lokomotiv») va Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»).

Yil

Laureat (klubi)

2-o‘rin (klubi)

3-o‘rin (klubi)

2012

Sanjar Tursunov («Alaniya», Rossiya)

Odil Ahmedov («Anji», Rossiya)

Ulug‘bek Baqoyev («Irtish», Qozog‘iston)

2013

Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M., Rossiya)

Jamshid Iskanderov («Paxtakor»)

Odil Ahmedov («Anji», Rossiya)

2014

Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya)

Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M., Rossiya)

Jamshid Iskanderov («Paxtakor»)

2015

Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya)

Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar)

Igor Sergeev («Paxtakor»)

2016

Odil Ahmedov («Krasnodar», Rossiya)

Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»)

Vitaliy Denisov («Lokomotiv» M., Rossiya)

2017

Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

Bahrom Abdurahimov («Nasaf»)

Otabek Shukurov («Bunyodkor»)

2018 

Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)

Marat Bikmayev («Lokomotiv»)

Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Ikrom Aliboyev («Lokomotiv»)

2019

Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)

Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)

Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)

2020

Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)

Eldor Shomurodov («Jenoa», Italiya)

Oybek Bozorov («Nasaf»)

2021

Eldor Shomurodov («Roma», Italiya)

Jaloliddin Masharipov («Al-Nasr», S.Arabistoni)

Husayn Norchayev («Nasaf»)

To‘rtinchi 10 yillik (2022-2031 yillar): kimning davri?

Mana, tahlil uchun olingan 4-davrni «Navbahor» bilan kumush medal yutgan, ammo hamon milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes nazaridan chetda qolayotgan Jamshid Iskanderov ochib berdi. U laureat futbolchilar ro‘yxatiga 17-raqam ostida qo‘shilganini maqola boshida aytdik. Yana bir fakt shuki, Iskanderov milliy chempionatda o‘ynab eng yaxshi bo‘lganlar hisobiga 14-ochkoni taqdim etdi. Boshqacha aytganda, ortda qolgan 31 mavsumning 17tasida xorijda o‘ynagan futbolchilarimiz e’tirof etilganlar. 

Yil

Laureat (klubi)

2-o‘rin (klubi)

3-o‘rin (klubi)

2022

Jamshid Iskanderov («Navbahor»)

Bobur Abduxoliqov («Energetik-BGU», Belarus) 

Eldor Shomurodov («Roma», Italiya)

Klublar poygasi. O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatiga qarasak, eng ko‘p laureat «Paxtakor»dan. Poytaxt klubi futbolchilari 9 marta bosh qahramon bo‘lishgan. Bu borada Kiyev «Dinamo»si birgina Maksim Shaskix tufayli 2-o‘rinda. «Krasnodar» esa Odil Ahmedov sabab 3-pog‘ona egasi bo‘lib turibdi. Umuman, O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida 16ta klub nomi bor. 

«Paxtakor» - 9 marta: M.Qosimov (2 marta), P.Bugalo (2 marta), V.Kechinov, A.Akopyans, A.Geynrix, O.Ahmedov, J.Masharipov

«Dinamo» K. (Ukraina) - 4 marta: M.SHaskix (4 marta)

«Krasnodar» (Rossiya) - 3 marta: O.Ahmedov (3 marta)

«Navbahor» - 2 marta: O.SHaskix, J.Iskanderov

«Alaniya» (Rossiya) - 2 marta: M.Qosimov, S.Tursunov

«Makkabi» (Isroil) - 1 marta: I.SHkvirin

«Do‘stlik» - 1 marta: J.Irismetov 

«Krilya Sovetov» (Rossiya) - 1 marta: M.Qosimov 

«Bunyodkor» - 1 marta: S.Jeparov

«Seul» (J.Koreya) - 1 marta: S.Jeparov

«Anji» (Rossiya) - 1 marta: O.Ahmedov

«Lokomotiv» M. (Rossiya) - 1 marta: V.Denisov

«Lokomotiv» - 1 marta: M.Bikmayev

«Shanxay SIPG» (Xitoy) - 1 marta: O.Ahmedov

«Rostov» (Rossiya) - 1 marta: E.SHomurodov

«Roma» (Italiya) - 1 marta: E.SHomurodov

Umumiy jadval

17 laureatdan 8 nafari mamlakatda kamida ikki bora tengsiz bo‘lgani bilan maqtanishi mumkin. Lekin Odil Ahmedovning rekordi (6 karra eng yaxshi) hali-veri yangilanmasligi aniq. Zero, uning yaqin ta’qibchilari allaqachon butsalarini mixga ilishgan. Ha, Eldor Shomurodov, ehtimolki, Jaloliddin Masharipovda yetakchini quvish imkoniyati yo‘q emas. Biroq ularga vaqt yetarmikan? Axir Odilga yetish uchun biri yana 4 marta, ikkinchisi esa 5 bora so‘rov g‘olibiga aylanishi kerak.

Odil Ahmedov - 6 marta (2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018)

Mirjalol Qosimov - 4 marta (1993, 1998, 2001, 2004)  

Maksim Shaskix - 4 marta (2003, 2005, 2006, 2007) 

Pavel Bugalo - 2 marta (1996, 1997) 

Server Jeparov - 2 marta (2008, 2010)

Eldor Shomurodov - 2 marta (2019, 2021) 

Valeriy Kechinov        - 1 marta (1992) 

Igor Shkvirin - 1 marta (1994)

Oleg Shaskix - 1 marta (1995)

Andrey Akopyans - 1 marta (1999)

Ja’far Irismetov - 1 marta (2000)

Aleksandr Geynrix - 1 marta (2002)

Sanjar Tursunov - 1 marta (2012)

Vitaliy Denisov - 1 marta (2013)

Marat Bikmayev - 1 marta (2017)

Jaloliddin Masharipov - 1 marta (2020)

Jamshid Iskanderov - 1 marta (2022)

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:11, 25.12.2022. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик