Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mahliyo Sariqova: «O‘z ishingizni sevsangiz, shunga yarasha kuch ham topasiz, albatta»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Ayollar futboli / Futbol chempionati
Rukn: Intervyular
A A A

Mamlakatimizda, shu bilan birga qit’amizda o‘z nomi va o‘rniga ega «Sevinch» (Qarshi) ayollar futbol jamoasida iqtidorli o‘yinchilar talaygina.

 Shulardan biri 2022 yilda «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan Mahliyo Sariqova bilan maxsus muxbirimiz suhbatda bo‘ldi.

- Mahliyo, futbolga bo‘lgan mehringiz siri nimada?

- Futbol - sport turlarining ichida eng jozibador va muxlislari ko‘p sport turi hisoblanadi. Unga qiziqmagan odam kam topiladi. Men ham yoshligimdan shu sport turiga qiziqib qoldim. Mahallamiz bolalari bilan to‘p tepganman va bu qiziqishim professionallik darajasiga olib keldi.

- Nozik hilqat vakilasining koptok ortidan yugurishi unga qanday kuch-quvvat baxsh etadi?

- Agar siz o‘z ishingizni sevsangiz, shunga yarasha kuch ham topasiz, albatta.

- «Nasaf» bilan bir katta jamoaning vakili hisoblanasizlar. Sizlarda erkaklar jamoasiga qaraganda qat’iyat, jur’at balandga o‘xshaydi. Demoqchimanki, 2022 yil mavsumida «Sevinch» ikki frontda muddatdan oldin marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. «Nasaf»da esa billur sovrindan so‘ng nafasni rostlash qiyin kechdi.

- Buni tan olish kerak, erkaklar futbolida ayollarnikiga nisbatan raqobat juda katta. Qolaversa, talab ham shunga yarasha. Ya’ni jamoada nafaqat kuchli murabbiy balki, tajribali futbolchilar ko‘p bo‘lishini talab etadi. Menimcha, «Nasaf» bu yil eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan jamoa bo‘ldi. O‘zimizni chempionat boshlanishidan avval OCHL o‘yinlari keyin esa ikki fronta kurash olib borish. Bu albatta juda qiyin. Ammo bir narsani tan olish kerak, «Nasaf» o‘ziga nisbatan imkoniyati kuchliroq klublarga nisbatan ajoyib natija ko‘rsatdi. Bunga kunda, «Nasaf» mamlakatimizda eng tomoshabop, mazmunli  o‘yin ko‘rsatayapti.

«Sevinch»ga kelsak, klub rahbariyati oldimizga bu yil eng katta vazifani qo‘ydi va shunga yarasha barcha sharoitni ham yaratib berdi. Bunga javoban, natija ko‘rsatmasligimiz mumkin emasdi. Fursatdan foydalanib, «Nasaf» klubimiz rahbariyatiga va shaxsan klub prezidenti SH.CH.Aslanovga minnatdorchiligimni izhor etaman. Hammasi uchun rahmat aytaman. Qolaversa jamoadoshlarim ham borini berishdi, ular bu yil astoydil harakat qilishdi. Ularga ham tashakkurimni bildiraman.

- Jamoa nimaning hisobiga asosiy raqobatchilardan ochko olishga erishdi?

- Bunga asosiy omil maqsadga erishish uchun intilish va o‘ziga bo‘lgan ishonch deb, bilaman.

- G‘alabali onlarda ko‘nglingizdan nimalar o‘tadi?

- G‘alaba qozonish juda yoqimli, alabatta, yana shunday zafarlar haqida o‘ylayverarkansan-da (kuladi).

- Ayollar futbolida oilaviy masalalar qay darajada o‘z yechimini topadi?

- Hohlaysizmi yo‘q, ba’zan oilaviy masalalar ishingizga nisbatan keyingi o‘ringa o‘tadi. Avvalo qilayotgan ishingiz haqida o‘ylaysiz. Biron natijaga erishish uchun, oilangizga nisbatan ishingizga ko‘proq vaqt ajratishingiz talab etiladi. Futbolchi odatda oilasidan sal uzoqroqda bo‘ladi. Bunga ko‘nikmay iloj yo‘q.

- 2022 yildan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Albatta, ko‘nglim to‘ldi. «Sevinch» yana oradan bir necha yil o‘tib, o‘z mavqeyiga qaytdi. Yuqorida aytganimdek, vazifani bajarib, rahbariyat oldida ham muxlislarimiz oldida ham yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

- Hayotda nimadan zavqlanasizu, qaysi jihatlardan qoniqmaysiz?

- Oilangiz tinch, sog‘lom bo‘lishsa, o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ishingiz bo‘lsa, mehnatingizga yarasha natijaga ega bo‘lsangiz, bu menimcha hayotda zavq bilan yashashga munosib jihat. Aslida inson hayotda baxtli yashashi uchun unchalik ko‘p narsa kerak emas. Boridan zavqlanib yashashni ham bilish kerak. Inson juda ko‘p narsani hohlaydi, orzu va xayollarga berilaversangiz, hayotda qoniqmaydigan bo‘lib qolishingiz mumkin. Ammo qanoatli yashagan ma’qul.

- Yangi mavsumdan nimalarni kutayapsiz?

- Kelasi mavsum ham bu yilgi natijani takrorlashni xohlayman. Buning uchun yanada ko‘p mehnat qilishimiz va o‘z ustimizda ishlashimiz kerakligini ham yaxshi bilaman. Yangi yilda ham tinchligimiz barqaror bo‘lsin! Hamma sog‘-salomat bo‘lsin! Hayotimiz yanada faravon bo‘laversin! 

- Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat. 2022 yilgi zafarli odim, yangi 2023 yil muborak bo‘lsin! «Charm to‘p»ga oshnolik sizni hech qachon tark etmasin!

- Rahmat!

MAHLIYO SARIQOVA 

STATISTIKASI:

O‘yinlar soni - 17

Jami o‘ynagan daqiqasi - 1105

Urgan gollari - 15

Golli uzatma - 15

Sariq kartochkalar – 1

Husan Temirov suhbatlashdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:30, 30.12.2022. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик