Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Beylning faoliyatidagi eng yorqin lahzalar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Uelslik hujumchi faoliyatini yakunladi, u voqealarga boy bo‘lgani aniq. Ularning eng yorqinlarini eslab o‘tmoqchimiz. U umrining yarmidan ko‘pini katta futbolda o‘tkazdi: u "Sautgempton"da o‘ynadi, keyin esa "Tottenxem"ning yulduzi hisoblandi va "Real"da o‘zining 9 yilini o‘tkazdi. Beyl ko‘tarilishlar va pasayishlarga boy martabaga ega bo‘ldi.

2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida qaychi usulida urilgan gol

Finalda Madridning “Real” klubi Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida “Liverpul” bilan kubok uchun kurash olib bordi. O‘shanda Beyl maydonga 61-daqiqada tushdi. O‘sha paytga kelib uchrashuvda hisob 1:1 edi: avval Karim Benzema gol urdi, keyin Sadio Mane hisobni tenglashtirdi. Hujumchi darhol o‘yinga qo‘shildi. Uch daqiqa o‘tgach, tablodagi hisob "Real Madrid" foydasiga o‘zgardi. Bu golni o‘sha uchrashuvni ko‘rgan muxlislar eslaridan chiqrishmasa kerak.
83-daqiqada Beyl dubl qayd etdi va "Real Madrid" yakunda 13-chempionlikni qo‘lga kiritdi, shuningdek, tarixda ketma-ket uchta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi.

"Barselona" bilan Ispaniya kubogi finalidagi gol

“Real” 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda standartdan gol o‘tkazib yubordi. Biroq, 85-daqiqada Beyl aql bovar qilmaydigan ish qildi: u to‘pni maydonning o‘z yarmida qabul qilib, Mark Bartra shunchaki unga yetib ololmasligi uchun yugurdi, shundan so‘ng u to‘pni darvozaga yo‘lladi. Va bularning barchasi nechidir soniyalarda hal bo‘ldi!

Hatto Useyn Bolt ham o‘shanda uni tabriklagandi: “Bu ajoyib gol edi. U himoyachilarni aylanib o‘tishda katta tezlik va to‘pni darvozabon oyog‘i ostidan uzatishda xotirjamlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Beyl hozir dunyoning eng tezkor futbolchisi. Futbolda tezlik belgilovchi sifatdir”.

"Inter" darvozasiga xet-trik

Beylning "Tottenxem"dagi faoliyati haqida u bilan birga klubga la’nat olib kelgani aytilgandi: jamoa u ishtirok etgan ketma-ket 24 uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.

2010/2011 yilgi mavsumda u porladi. "Tottenxem" "San-Siro"da "Inter" bilan o‘ynadi va bu halokatli o‘yin bo‘ldi. Tanaffusgacha londonliklar 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va ikkita futbolchisiz qoldi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Beyl haqiqiy shou ko‘rsatdi: u uchrashuvda xet-trik qayd etdi. “Tottenxem” yakunda mag‘lub bo‘ldi, biroq Beylning bir kishilik o‘yinini hamma yodida qoldirdi.

Yevro 2016

Beyl tom ma’noda o‘z jamoasini Yevroga olib chiqdi va bu katta yutuq bo‘ldi. UYEls 1958 yildan beri yirik turnirda ishtirok eta olmagandi. Turnirning yakuniy qismida u jamoasini oldinga boshladi. Avvaliga Slovakiya, keyin Angliya, keyin esa Rossiya darvozasiga gol urdi. Uels oxir-oqibat guruhdan chiqdi va hatto yarim finalga qadar yetib bordi va champion Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi.

2014 yilgi Chempionlar ligasi finalidagi gol

"Real Madrid" 90-daqiqagacha "Atletiko"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib turdi - Serxio Ramosning goli o‘yinni qo‘shimcha vaqtga o‘tishiga sabab bo‘ldi. Beyl 110-daqiqada ikkinchi golni urdi, bu aslida eng muhimi bo‘ldi. Shundan so‘ng "Real Madrid" yana ikkita gol urdi va g‘alaba bilan kubokni boshi uzra ko‘tardi.

16 yoshidagi debyut

Beyl 16 yoshu 275 kunligida "Milluoll"da 2:0 hisobida g‘alaba qozongan "Sautgempton"da debyut qildi va u Teo Uolkottdan keyin klub tarixidagi eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi. O‘sha yilning may oyida u birinchi marta Trinidad va Tobago bilan o‘rtoqlik o‘yinida UYEls terma jamoasi libosida maydonga tushgan edi.

Eng qimmat futbolchi

2013 yil avgustida Madridning “Real” klubi transfer bozorini “portlatib” yubordi: “Tottenxem” Beyl uchun 100 million yevro olgan, bu o‘sha paytda futbol tarixidagi eng qimmat transfer edi.

Kiritildi: 12:52, 10.01.2023. O'qildi: 3216 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик