Italiya kubogining 1/8 finalida «Inter» 10 yanvar, seshanba kuni «Parma»ni mehmon qildi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Stanko Yurich hisobni ochdi. 88-daqiqada esa Lautaro Martines muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy bo‘limlari 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.
110-daqiqada esa Franchesko Acherbi milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va «nerazzurilar» g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, «Inter» Italiya kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.