05:00 "Заплыв длинною в жизнь". Специальный репортаж. 05:15 "География спорта". Красногорск. 05:40 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия. 07:30 "Вопреки всему". 08:00 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. 09:40 Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 3. Вечерняя сессия. 11:00 Д/ф "Владимир Петров. Центр нападения". 12:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". SMP GT4. Гонка 1. 12:30 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". SMP TCR. Гонка 1. 13:00 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". Туринг-лайт. Гонка 1. 13:35 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". SMP GT4. Гонка 2. 14:10 "Я вырасту чемпионом!". Специальный репортаж. 14:30 "Непридуманные истории". Ульяновская область. 15:05 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. 1/2 финала. 17:10 "Парусный спорт". 17:35 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. 19:20 "Вопреки всему". 19:45LIVE Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция. 22:05 "Формула-1. Гаснут огни". 22:30 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 2 в Сириусе, Россия. Юниорки. 00:25 "Непридуманные истории". Ульяновская область. 00:55 Настольный теннис. Командный чемпионат России в Верхней Пышме. Мужчины. 1/2 финала. 02:50 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". 03:25 Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 4. Вечерняя сессия.
06:00 Новости. 06:05 Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 3. Вечерняя сессия. 08:00 "Футбол на все времена". 08:30 "Век нашего спорта". 09:00 Новости. 09:05 Все на Матч! Прямой эфир. 11:00 Новости. 11:05 Специальный репортаж. 11:25 "Что за спорт?". "Экстрим". 12:30 Смешанные единоборства. ACA 150 в Москве. Артём Резников против Андрея Кошкина. 13:35 Все на Матч! Прямой эфир. 14:35 Специальный репортаж. 14:55 Новости. 15:00 Есть тема! Прямой эфир. 16:25 Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Игора Драйв". 16:55 "Футбол на все времена". 17:25 Новости. 17:30 Все на Матч! Прямой эфир. 18:25 Смешанные единоборства. UFC 308 в Абу-Даби, ОАЭ. Илия Топурия против Макса Холлоуэя. 19:45LIVE Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 4. Вечерняя сессия. Прямая трансляция. 22:05 Все на Матч! Прямой эфир. 23:00 Бильярд. Кубок мэра Москвы. Финал. 00:55 Все на Матч! Прямой эфир. 01:45 Смешанные единоборства. UFC 280 в Абу-Даби, ОАЭ. Чарльз Оливейра против Ислама Махачева. 03:30 "География спорта". Красногорск. 04:00 Футзал. Бетсити Суперлига. Финал. "Газпром-Югра" (Югорск) - "Ухта".
06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал. 07:00 Снукер. World Open в Юйшане, Китай. Финал. 09:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри. 10:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри. 11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf". 12:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал. 12:30 Снукер. World Open в Юйшане, Китай. Финал. 14:30 Велоспорт. "Велошоу". 15:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Лучшие моменты. 16:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри. 17:00LIVE Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Женщины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция. 18:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри. 19:00LIVE Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. Прямая трансляция. 20:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Лучшие моменты. 21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Берне, Швейцария. Мужчины. Болдеринг. Финал. 22:25LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал. Прямая трансляция. 01:00 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Мужчины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 02:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Лучшие моменты. 03:00 Велошоссе. Чемпионат Франции в Лез-Эрбье. Женщины. Индивидуальная гонка с раздельным стартом. 04:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Мужчины. Болдеринг. Финал.
ITALIYA «D» SERIYASIDA KUZATILGAN YARIM SOATLIK SHOU DETALLARI.
Bunaqasi oldiga hech qanday jahon chempionati ham tusholmaydi. Aslida Italiya quyi divizionlarida har hafta shunday o‘ynashadi, lekin yaqinda aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada hayratlanarli o‘yin emas, spektakl namoyish etildi. «D» seriya har biri 18-20ta klubni o‘z ichiga olgan turli 9ta guruhdan iborat. Guruhlar g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori ligaga ko‘tariladilar, ba’zi klublar «pley-off» o‘yinlarida qatnashadi. Guruhlarda oxirgi 2ta o‘rinni band etgan jamoalar esa daraja bo‘yicha 5-divizionga tushib ketadi.
Ajabtovur shouga kelsak, u «A» guruhi autsayderi ishtirokidagi bahsda kuzatildi. Quyi ligaga tushib ketishga yaqin turgan «Fossano» klubi o‘rtamiyona «Dertona»ga qarshi safar uchrashuvidan oldin atigi 6 ochkoga ega edi. 17ta o‘yinda g‘alaba bilmagan jamoa so‘nggi pog‘onada, albatta, yana uning o‘rni o‘ta «mustahkam». Endi tassavvur qiling, shunday umidsiz klub 60-daqiqagacha 4:0 hisobida oldinda borib, yakunda qanaqasiga yutqazishi mumkin? Vaholanki, «Fossano» bu uchrashuvdan oldin qatorasiga 2ta bahsda durang qayd etib, uzoq muddat davom etgan mag‘lubiyatli seriyasini uzishga muvaffaq bo‘lgandi. Xullas, autsayder 26000 aholisi bor Tortona shaharchasiga nisbatan yaxshi kayfiyatda yo‘l oldi. Keyin u yerda «Dertona»ga qarshi o‘yinning dastlabki 60 daqiqasida dahshatli ko‘rindi - final hushtagi yangrashiga yarim soat qolgan vaqtda 4ta gol farqi bilan g‘alaba qozonayotgandi. Chempionatdagi birinchi g‘alaba yaqin, ammo keyin...
... Keyin maydonda hammasi 180 darajaga o‘zgarib ketdi. Mana, 60-daqiqadan so‘ng kuzatilgan asosiy voqealar xronologiyasi:
62-daqiqa: «Dertona» futbolchisi uzoq masofadan zarba yo‘llab, birinchi javob goli muallifiga aylandi.
66-daqiqa: mezbonlar penalti vositasida hisobni qisqartirishdi - 2:4.
76-daqiqa: «Dertona» vakilidan yurish. U 3 nafar raqibini aldab o‘tib, zarba berishda ham adashmadi - 3:4.
79-daqiqa: burchak to‘pi va navbatdagi gol, hisob allaqachon teng.
88-daqiqa: jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba, 5:4 va «Dertona»ning dahshatli g‘alabasi! Oddiy aytganda, aqlga sig‘mas «kambek».
Aytish joiz, «Fossano» futbolchilari 4-golni o‘zgacha nishonlashgan edi. Hattoki, zaxira vakillari ham maydonga tushib ketishdi - qandaydir yovvoyi ehtiroslar... Jamoa shundan so‘ng chamasi 30 daqiqa ichida naq 5ta gol qo‘yib yuborgach, mehmonlar qanday ahvolga tushishganini tavsiflashga til ojiz. Yana bir tomoni, «Dertona» bunga qadar bir oydan ko‘proq vaqt davomida g‘alaba qozonolmagandi (3ta durang va mag‘lubiyat). Omadsiz seriyani shu qadar dramatik tarzda yakunlash... Bunaqasi bir umr esda qoladi. «Dertona» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda bu o‘yinni JCH-2022 finali (Argentina - Fransiya) va CHL tarixidan joy olgan «Barselona» - «PSJ» to‘qnashuvi bilan tenglashtirmoqdalar. Mundial finali hali hammaning yodida. CHL o‘yiniga kelsak, kataloniyaliklar Parijdagi 0:4dan keyin o‘z maydonlarida 6:1 hisobini qayd etib, butun futbol olamini karaxt qilib qo‘yishgandi. «Fossano» rasmiy sahifalarida esa bir necha alamli izohlar bor, xolos.
Qiziq, katta ligalarda ham bunaqasi kuzatilganmi? Ha. Misol uchun, «Bavariya» va «Marsel» 0:4dan keyin o‘yinga qaytib, yakunda g‘alabani tantana qilgan. Buyuk Bill Shenklining jamoasi esa shunday ustunlikni qo‘ldan chiqarib, mag‘lubiyatni tan olgandi. Keling, endi ajoyib «kambek»lardan ayrimlarini eslaymiz:
*** «Boxum» bugun «Bavariya» oldida 0:7 hisobida «kuyib» qoladigan holatda. 1976 yili esa shu kamtarin klub surbetlik qilib, Myunxen drujinasi darvozasina naq 5ta gol urgandi. Boz ustiga, «Boxum» 53-daqiqagacha hisob 4:0 bo‘lishini ta’minlagandi, ammo... Xullas, «Bavariya» keyingi 23 daqiqada 5ta gol uradi - Karl-Xayns Rummenigge, Uli Xyoness va Gerd Myuller porlashadi. Yakunda raqiblar yana 1 martadan darvozani ishg‘ol qilishadi va «Bavariya» 6:5 hisobida g‘alaba qozonadi.
*** Yana bir nemischa supero‘yin, faqat Yevropa darajasida. 1986 yilgi Kubok egalari kubogi. Chorak final. «Bayer» (Yurdingen) - «Dinamo» (Drezden). Dastlabki uchrashuvni 0:2 hisobida boy bergan «Bayer» o‘z maydonida ham 1:3 hisobida ortda boradi - umumiy natija - 1:5. Mutlaqo umidsiz holat. Yurdingenliklar shunga qaramay, atigi yarim soat ichida 6ta gol urishadi va 7:3 hisobida zafar quchib, yarim finalga chiqishadi. Darvoqe, «Bayer» o‘sha mavsum finalda Kiyev «Dinamo»siga ro‘baro‘ kelishi mumkin edi, ammo «Atletiko» to‘sig‘idan o‘tolmaydi.
*** 1998/1999 yillar mavsumi boshi. Tarkibida Uilyam Gallas, Loran Blan, Rober Pires, Kristof Dyugarri va Fabrisio Ravanelli kabi ijrochilarni jamlagan «Marsel» «Velodrom»da «Monpelye»dan atigi 34 daqiqa ichida javobsiz 4ta gol qabul qiladi, qolaversa, keyingi deyarli yarim soat davomida ham maydonda aytarli hech nima ko‘rsatolmaydi. 61-daqiqadan so‘ng esa 5ta gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘diradi: Dyugarrida «dubl», Blanda esa penaltidan urilgan g‘alaba goli. «O‘yinni shunchaki yomon emas, mutlaqo noshud boshladik. Hattoki, matbuot anjumanida muxlislarimizdan uzr so‘rash uchun nutq tayyorlashga kirishdim. To‘g‘risi, o‘sha lahzalarda nechog‘li uyalganimni tasvirlab berolmayman», - degandi uchrashuvdan so‘ng «Marsel» bosh murabbiyi Rolan Kurbis. Blan esa yana bir yildan so‘ng «Barsa» Ispaniya kubogida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda qayd etgan «kambek» (birinchi bo‘limda 0:3, yakunda 5:4 hisobida g‘alaba)da ishtirok etadi va darhol «Marsel» ko‘rsatgan qahramonlikni esga oladi.
*** Angliya Liga kubogi turnirida ham xuddi shunday o‘yin kuzatilgan. Unda Andrey Arshavin (assistentlik bobida o‘zini ko‘rsatgan) va Pavel Pogrebnyak (gol urgan) bir-biriga qarshi o‘ynagandi. Uchrashuvning 37-daqiqasiga qadar oxirgi jahon chempionati qahramonlaridan biri Emiliano Martines 4ta gol qo‘yib yuboradi. Aniqroq aytsak, «Arsenal» kamtarin «Reding» bilan bahsda 0:4 hisobida orqada borib, yakunda barchasini qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chiradi va Pogrebnyak «Reding»ning 5-golini urganiga qaramay, g‘alabani tortib oladi - 7:5.
*** Angliya futbolidan yana bir aqlga sig‘mas misol. 1957 yili «Charlton» va «Xaddersfild» Ikkinchi divizion (hozirgi Chempionship) doirasida o‘zaro uchrashadi. Bu jamoalarning birinchi davradan o‘rin olgan o‘yini ham dramatik tus olgandi - «Charlton» 3:0 hisobida oldinda borib, yakunda 3:3 ko‘rinishidagi durangga ko‘ngan. Ikkinchi davra o‘yini esa 12 ming muxlis qarshisida boshlanadi, biroq 13ta gol urilgan mo‘’jizaviy shouni tomosha qilish hammaga ham nasib etmaydi. Chunki mezbon jamoaning noshud futboli tufayli ko‘pchilik stadiondan erta chiqib ketadi. Xullas, birinchi bo‘lim o‘rtalarida «Charlton» sardori jarohatlanadi va jamoa maydonda ozchilik bo‘lib qoladi. Shu tariqa 64-daqiqagacha hisob 1:5ga aylanadi. Shundan so‘ng qoyilmaqom «kambek» kuzatiladi. Jumladan, tanaffusda butsasini almashtirgan «Charlton» hujumchisi Jonni Sammers «penta-trik»ka erishadi va uning jamoasi 7:6 hisobida g‘alaba qozonadi. Bu futbolchi yana 5 yildan keyin saraton tufayli 34 yoshida hayotdan ko‘z yumadi. Tarixiy uchrashuvning yana bir ishtirokchisi - «Xaddersfild» bosh murabbiyi Bill Shenkli esa ko‘p o‘tmay, «Liverpul»da ish boshlaydi: superklub shakllantirish va barcha zamonlarning afsonasiga aylanish uchun.