«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasidagi o‘z maydonida o‘tgan bahsda «Orlando»ga imkoniyatni boy berdi — 3:4.
Birinchi bo‘limda mezbonlar 3:0 hisobida oldinda borishyotgan edi. Gollarni Ien Frey, Telasko Segoviya va Lionel Messi kiritdi. Shuningdek, Messi hisobida bitta golli uzatma ham bor.
Biroq keyinchalik «Inter Mayami» ketma-ket to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Ulardan uchtasini Martin Oxeda (bittasini penaltidan) o‘z nomiga rasmiylashtirdi. G‘alaba to‘piga esa 90+3-daqiqada Tayriz Spayser mualliflik qildi.
«Inter Mayami» (11 o‘yindan so‘ng 19 ochko) Sharqiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Orlando» esa (11 o‘yindan so‘ng 10 ochko) xuddi shu konferensiyada 13-pog‘onani egallab turibdi.
«INTER MAYAMI» — «ORLANDO SITI» — 3:4
Gollar: Ian Frey 4 (1:0), Matias Segoviya 25 (2:0), Lionel Messi 34 (3:0), Martin Ojeda 39 (3:1), Martin Ojeda 68 (3:2), Martin Ojeda 78-pen (3:3), Tyrese Spicer 90 (3:4).