Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Navbahor” o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan jamoalardan biri”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov bugun namanganliklar bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi “Navbahor” PFK matbuot xizmati uchun qisqacha intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

– Temurxo‘ja, avvalo “Navbahor”ga xush kelibsiz? Jamoamiz safiga qo‘shilishingiz qay tarzda yuz berdi?

Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat. Meni “Navbahor”ga klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov va jamoa bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan taklif qilishdi.

Ta’kidlash joizki, “Navbahor”dan tashqari, yurtimiz hamda xorij klublaridan ham takliflar bor edi. Ammo bir qator omillarni hisobga olgan holda, “Navbahor” taklifini qabul qildim. Jumladan, “Navbahor” yangi  mavsumda 3 ta frontda (Soca Cola Superligasi, O‘zbekiston kubogi va OCHL)  kurash olib boradigan, o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan jamoalardan biri. Qolaversa, “Navbahor”ni 2011 yilda “Paxtakor” tarkibida oliy ligada (2018 yildan Superliga) debyut qilishimda menga ishonch bildirib, katta yordam bergan mutaxassis Samvel Vyacheslavovich boshqarmoqda.

Shuningdek, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligi, muxlislar to‘la stadionda o‘ynashning gashti boshqachaligi, jamoaning har bir chizig‘ida raqobat borligi va raqobat bor joyda o‘sish bo‘lishini ham inobatga oldim.

O‘z navbatida shuni aytish lozimki, Samvel Vyacheslavovichga oliy ligada debyut qilishimda ulkan yordam berganliklari bois, o‘sha yaxshiliklarini qaytarish, ya’ni, yangi mavsumda “Navbahor”ning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida qo‘limdan kelganicha, bor kuchimni ishga solgan holda, yordam berishga harakat qilaman.

O‘tgan mavsumda jamoa chempionlik unvoni va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishiga bir qadam qoldi hamda biroz omad yetishmadi. Bu yil jamoadoshlarim bilan o‘tgan yilgi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga intilamiz.       

- Ayni  paytda yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida olib borayotgan yangi jamoadoshlaringiz safiga qachon qo‘shilasiz?

Xudo xohlasa, ertaga Antalyaga jo‘nab ketaman va yangi jamoam tarkibiga qo‘shilaman.  

-  “Navbahor” muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

Yangi mavsumda jamoani doimo, har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turishsin. Bu bizga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va biz ularning ishonchlarini oqlashga intilamiz. Baxtimizga muxlislar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.  

Bizning ma’lumot

Temurxo‘ja Abduxoliqov  – 1991 yil, 25 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Futbol bilan 9 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Toshkentdagi MHSK futbol maktabida millionlar o‘yinidan tahsil olgan.

Birinchi murabbiyi: otasi – Zoir Abduxoliqov.

Ampluasi: hujumchi.

Futbolchilik faoliyati: “Bunyodkor” (o‘rinbosarlar, Toshkent, 2007-2010 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2011-2013 yillar), “Xayduk” (Split, Xorvatiya, 2014 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2015-2016 yillar, 2018 yilning 2-davrasi – 2019 yilning 1-davrasi, 2020-2021 yillar), “Al-Sayliya” SK (Doxa, Qatar, 2017 yil - 2018 yilning 1-davrasi), “Xor-Fakkan” (Xor-Fakkan, BAA, 2019 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2022 yil) klublarida o‘ynagan.

2023 yildan “Navbahor”da.

Oilali. Uch farzandning otasi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:56, 12.01.2023. O'qildi: 1700 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик