Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 33 40
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 35
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Miralem Pyanich Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynamoqchi

Baho:
+ | -
OSIYO / Milliy chempionatlar / BAA Pro-Ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

Bosniyalik Miralem Pyanich 2016-2020 yillar oralig‘ida «Yuventus» bilan qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarini g‘urur bilan eslaydi.

 Faoliyatini BAAning «Sharja» klubida davom ettirayotgan futbolchi Turinda 4 marta skudetto sohibiga aylanishdan tashqari, Italiya kubogi (2 bora) va superkubogini ham boshi uzra baland ko‘targandi. «Murabbiy Allegri har doim takrorlaganidek, vaqt o‘tishi bilan g‘alaba qozonish g‘ayrioddiy narsa ekanligini tushunasiz. Afsuski, biz barchasini oddiy qabul qila boshlagandik...», - dedi Miralem Turin superklubi rasmiy saytiga bergan intervyusida. Umuman, «Yuventus» hamon uning qalbida, deylik, hozir BAAda ham jamoani muntazam kuzatib boradi.

- Miralem «Sharja»da faoliyatingiz qanday ket­yapti?

- Hammasi zo‘r: Dubayda yashayapman. Muhimi, g‘ayratim baland: bor kuchimni berish va imkoni bor har qanday sovrinlarga ega chiqish, xususan, OCHLda o‘ynashni xohlayman. Bu turnir darajasi ancha yuqori. Ha, Yevropanikidan farq­lanadi, lekin menga juda yoqdi. Umuman, Amirliklarda hammasi a’lo: klubning tashkiliy ishlari juda yaxshi, ajoyib murabbiy ham bor. To‘g‘risi, bu yerdagi muhitdan biroz hayratdaman - gap yo‘q.

- Ronaldu ham yaqinda arab diyoriga yuzlandi...

- Krishtianu katta ambisiyaga ega «Al-Nasr»ga o‘tdi. Ishonchim komil, Yaqin Sharqda futbol kelajagi zo‘r. Zero, aksariyat mamlakatlarda imkoniyatlar yetarli, faqat hozircha ularning barchasidan foydalanilmagan. Qisqasi, Krishtianu tanlovidan umuman hayron qolmadim, Sau­diya Arabistoni futboli darajasi odamlar o‘ylagandek past emas. Menimcha, u mamlakat futboliga yanada kuchli turtki beradi. Bunda Saudiya imidji va arab bolalarida qiziqish ortishini nazarda tutyapman.

- «A» seriya haqida nima deya olasiz, chempionat o‘yin­lariga hali ham qiziqasizmi?

- Albatta! Muntazam kuzat­yapman, deylik, «Yuve»ning deyarli barcha o‘yinlarini ko‘rdim.

- «Byankonerlar»ning g‘alabali seriyalari sizni ajablantirdimi?

- Yo‘q! Xuddi shunday bo‘lishini sezgandim. Ha, yigitlar avvaliga qiyinchilikka duch kelishdi. Bunday payt qaysi raqib bilan o‘ynashingning ahamiyati yo‘q: «PSJ» bo‘ladimi yoki «A» seriya autsayderi - hammasi bir xil ko‘rinadi. O‘ylashimcha, jamoa qo‘rquv va noaniqlik ta’sirida shunday holatga tushadi ko‘pincha. Lekin har doim aytganman, Allegridan boshqa hech kim bu vaziyatni o‘zgartirolmasdi. Mana, umumiy holat yana barqarorlashdi, chunki Allegri «Yuve»ni to‘g‘ri yo‘lga qaytardi. Ammo ehtiyotkorlikni unutmaslik kerak: mavsumning eng qiyin qismi oldinda. Har qanday holatda, oyoqqa turib olgach, muvozanatni ushlash, barqaror tarzda ochko to‘plash va ishlashda davom etish talab etiladi. Menimcha, mart oyiga borib, ko‘p narsa oydinlashib qolsa kerak.

- Xo‘sh, Allegri murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini qanday topdi?

- Avvalo, mavsum davomida hamisha qiyinchilik yuzaga kelishini hisobga olgani hisobiga. Albatta, har bir murabbiy hammasi silliq kechishiga umid bog‘laydi, shuning barobarida ehtimoliy omadsizliklarga qarshi chora ham izlaydi, albatta. «Yuve»da yana tashqi bosim ham kuchli: jamoa hamisha g‘alaba qozonishi, yetakchilar qatorida yurishi shart. Asosiysi, Allegri futbolchilar ruhiyatiga qanday ta’sir o‘tkazishni yaxshi biladi, «bo‘ron» payti ham xotirjamlikni saqlaydi. Uning Italiya futboli tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri ekanligi bejiz emas. G‘alaba va mag‘lubiyatlar o‘z yo‘liga, Massimiliano turli holatlarga tayyor turadi, jamoada muvozanatni yaxshi ushlaydi. Yana bir tomoni, Allegri na jarohatlar va na boshqa muammolardan shikoyat qiladi. Faqat ixtiyoridagi tarkib bilan kifoyalanadi hamisha. Shuning evaziga rahbariyat almashgan paytdagi ulkan inqirozni bartaraf etdi. Qisqasi, «Yuve»ning kurashga qayt­ganida murabbiyning xizmati katta.

- Spalletti haqida qanday fikrdasiz?

- Ochig‘i, menga shu murabbiy masalasida omad kulib boqmadi, axir u bilan atigi 6 oy ishladim. Muhimi, shu qisqa vaqtda chinakamiga rohatlandim. Spalletti futboli chindan ham, juda qiziqarli. «Napoli»ning hozirgi natijalarida ajablanadigan tomoni yo‘q. Har doim uning jamoasi o‘yinini tomosha qilish yoqimli. «Napoli» haqli ravishda 1-o‘rinda bormoqda. Bor gap shu.

- Spallettining asosiy sifatlarini ayta olasizmi?

- Bosh belgisi - himoya va hujumda bir xil ishlash. Luchanoda o‘yin tuzilmalari va futbolchilar manyovrlari bo‘yicha rejalar sanoqsiz, shuning hisobiga maydonda quvnoq futbolni yo‘lga qo‘yadi. Shogirdlari esa qanday harakatlanish kerakligini yaxshi bilishadi. O‘yinda muammo yo‘qmi, demak, bu Spallettining jamoani puxta tayyorlaganidan dalolat. Bu murabbiy o‘ta talabchan, shuning barobarida futbolchilarga ko‘p narsa beradi ham. Spallettining yana bir jihati, nomlarga aslo qaramaydi - unga sizning kimligingiz mutlaqo ahamiyatsiz. Faqat qanday o‘ynashingizga qaraydi, tamom.

- Pirlo ortidan Pyanich... «Yuventus» siz ketganingizdan buyon munosib dirijyor qidirmoqda. Allegri ayni payt e’tiborini ko‘proq Lokatelliga qaratmoqda, garchi Paredes ham bo‘lsada. Bu borada biror maslahatingiz bormi?

- Ha, mendan oldin Pirlo bor edi, aynan shu pozisiyada faoliyatimning yuqori nuqtasiga chiqdim: skudetto yutdik, CHL finalida o‘ynadik. O‘ylaymanki, futbolchi bu rolda mas’uliyatni to‘liq zimmasiga olishi, faqat jamoa uchun ishlashi kerakligini tushunishi kerak. Bunda kreativlik kiritishingiz, o‘zgacha harakatlanishingiz, asosiysi, maydonda ustunlikni ta’minlash uchun tezkor qaror qabul qilishingiz talab etiladi. Yana ba’zi xatolarga qaramay, faqat oldinga intilishingiz muhim. Qolgani Allegri ko‘rsatmalarini qanday bajarishingizga bog‘liq.

- Pyanichni Italiyada yana ko‘rishimiz mumkinmi?

- Ha! Hali qaytaman, chunki Italiyani yaxshi ko‘raman. Qishki transferlar bozoridami? Bilmayman, hali hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q...

- Hozir Dubay - deyarli orzular makonida yashayapsiz. Barchasi urushlar domidagi Bosniyada boshlanganini o‘ylasak...

- Hayotda cho‘qqilarni zabt etish yo‘lida qancha ter to‘kkanim o‘zimga ayon. Bunga butun borlig‘imni bag‘ishladim. Bugun boshqa qit’adaman, asosiysi, hamon o‘zimga yoqqan ish bilan mashg‘ulman. Butsalarimni mixga ilganimdan ke­yin ham futbol olamida qolaman. Hammasi tush kabi. Axir Yevropaning eng katta klublarida o‘ynadim: Fransiya, Italiya, Ispaniya va Turkiyada. Qanday yo‘lni bosib o‘tganimni aslo unutmayman - bu yoqimli tajriba. Bosniyadagi urushdan qochib, Lyuksemburgga bordim, shu mitti mamlakatda katta ishtiyoq bilan ishga kirishdim, yakunda «Lion», «Roma», «Yuventus», «Barselona», «Beshiktosh» klublarini ko‘rdim. Bu o‘zim va oilam uchun - sharafli yo‘l. Endi BAAda yashab, o‘g‘limga qadriyatlarni yetkazishga harakat qilyapman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:30, 26.01.2023. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик