Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL «Buxoro sport majmuasi» maydoni yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2023 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazadigan «Buxoro» futbol klubi qishki transfer oynasi yakuniga 19 kun vaqt qolgan bo‘lsada o‘z smetasini kelishish masalasida O‘FA bilan aloqaga chiqqani yo‘q. Buning o‘rniga «Buxoro» qator yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi va Antaliyaga jo‘nab ketdi.

Liga mutaxassislari 26 yanvar kuni «Buxoro sport majmuasi» hamda klub qarorgohini o‘rgandi. Katta majmua o‘z faoliyatini davom ettirishi ko‘plab buxorolik sport muxlislarini xursand qilgan bo‘lsada, futbol nuqtai nazaridan bu erda maydon masalasiga professional yondoshuv mavjud emas. Respublika bo‘ylab sovuq havo harorati hukm surayotganidan kelib chiqib, qator futbol klublari o‘z maydoni maysasi ustini maxsus qoplama bilan o‘rab chiqishga ulgurgan. Ammo qayta foydalanishga topshirilganiga bir yil ham to‘lmagan «Buxoro sport majmuasi»da bu ish paysalga solingan. Oqibatda yana o‘n yillar xizmat qilishi lozim bo‘lgan maydon maysasi holatida salbiy tomonga o‘zgarish mavjud.



Liga o‘tgan yilning 30 oktyabr sanasida O‘zbekiston kubogining final uchrashuvini aynan Buxoro shahrida tashkil etgandi. Shundan keyin 29 noyabr kuni Liga rasmiy sayti maydonlar masalasi yuzasidan katta material chop etdi. Bunda Buxorodagi markaziy maydon masalasiga ham to‘xtalingan bo‘lib, endilikda uni yaxshi holatda saqlash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim ekanligi borasida so‘z borgan. Biroq «Buxoro» futbol klubi ham, «Buxoro sport majmuasi» ham katta ehtimol bilan bunga vaqt ajrata olmagan.

Shundan kelib chiqib, «Buxoro sport majmuasi» parvarishi uchun ajratilishi lozim bo‘lgan summa hamda maydon texnikasi uchun yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan summa «Buxoro» futbol klubi smetasiga kiritilmagan taqdirda mazkur klub shartnomalari Liga tomonidan qabul qilinmaydi. Shuningdek, mazkur smetadan «Buxoro» futbol klubiga qarashli qarorgohni kapital ta’mirdan chiqarish masalasi ham o‘rin olishi shart. O‘z qarorgohi maydoni va uning moddiy texnik bazasi talabga mutlaqo javob bermaydigan futbol klubining xorij yig‘inida ishtirok etishi hamda legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashi Liga so‘nggi uch yildan buyon futbol klublariga qo‘yib kelayotgan talabga mutlaqo mos kelmaydi.
 


O‘zbekiston Professional futbol ligasi Buxoro viloyati hokimligi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbariyatidan klubdagi vaziyatga jiddiy e’tibor qaratishni so‘raydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:49, 27.01.2023. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик